O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI SPORTNI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI
O‘ZBEKISTON DAVLAT JISMONIY TARBIYA VA SPORT UNIVERSITETI
REFERAT
Mavzu:______________________________________________________________________
Bajardi:________________
Tekshirdi:______________
Chirchiq-2022
Mavzu: Sportchilar organizmining normal va patologik davrlarida ba’zi tizimlarining xarakteristikasi.
Tayanch iboralar: endokrinologiya, gipotalamus, gipofiz, qalqonsimon bez, timus, tuxumdon, gormon, gipotereoz, gipertireoz, qand kasalligi, endoskopiya, jigar-og‘riq sindromi, al'buminuriya.
Endokrin tizimning normal va patologik davrlardagi funksional holati.
Endokrin va nerv sistemasi birgalikda tirik organizm faoliyatini boshqaruvchi sistemalardir. Organizmdagi biror prosess ular ishtirokisiz amalga oshmaydi. Bu sistemalardan birortasini asosiy deyish qiyin, chunki ikkala sistema ham bir-biri bilan uzviy bog‘langan bo‘lib, ular funksiyasi buzilganda organizmda yaqqol o‘zgarishlar yuz beradi.
Endokrin sistemasini ichki sekresiya bezlari tashkil etadi, ularning o‘ziga hos xususiyati shundaki, tashqariga chiqarish yo‘llari bo‘lmaydi, shuning uchun ular moddalarni bevosita qon va limfaga chiqaradi. Bu moddalarni organizmning ichki muhitiga ajralib chiqish prosessi ichki yoki endokrin sekresiya (yunoncha “endos”- ichki va “krino”- ajrataman) nomini olgan. Endokrin sistema to‘g‘risidagi tushunchalarning rivojlanishi ichki sekresiya bezlari va ular ajratadigan biologik aktiv moddalar-gormonlarni tadqiq qilish bilan bog‘langan. Ichki sekresiya bezlarining tuzilishi, funksiyasi va faoliyatining buzilishini o‘rganadigan fan “endokrinologiya” nomini olgan.
Endokrin sistemasiga bilan uzviy bog‘langan markaziy nerv sistemasining bir qismi hisoblanuvchi gipotalamus (do‘mboq osti) gipofiz, g‘o‘rasimon bez (epifiz), qalqonsimon bez, qalqonsimon bez oldi bezlari, me'da osti bezining orolcha (inkretor) qismi, buyrak usti bezlari, me'da va ichak devorida joylashgan endokrin hujayralar, tuxumdon va moyak kiradi. Uzoq vaqtgacha endokrin sistemasiga ayrisimon bez (timus) ham kiritilardi, lekin so‘nggi yillarda bu bezning immun jarayonidagi ahamiyati ko‘proq namoyon bo‘ldi. Endokrin sistemani tashkil etuvchi ichki sekresiya bezlarniing shakli va katta-kichikligi turlicha bo‘lib tananing har xil qismlaridan joy olgan, gormonlar ajratish ular uchun umumiydir. Xuddi shuning o‘zi ichki sekresiya bezlariga yagona sistema deb qarashga imkon beradi.
Gormonlar - yuqori biologik aktiv moddalar bo‘lib, milligrammining mingdan bir ulushidan oshmaydigan juda kichik konsentratsiyasi ham ta'sir etadi, shu bilan birga ularning ta'sir ko‘rsatishi o‘sish va jismoniy rivojlanish, moddalar almashinuvi, jinsiy rivojlanish, shu jumladan ikkilamchi jinsiy belgilarning rivojlanishiga ham ta'sir ko‘rsatadi..
Bosh miyaning bir qismi hisoblangan va gipofiz bilan chambarchas bog‘langan gipotalamusning gormonlari aktivlik xususiyatiga ega bo‘lgan moddalar ajratishi 50-yillarning oxirida aniqlandi. Bu gormonlarning kimyoviy tuzilishi sodda bo‘lib, gipofizga ta'sir ko‘rsatadi va turli xil murakkab gormonlar ajratishga majbur qiladi. Rilizing-gormonlarning birinchi tadqiqotidan shu narsa ma'lum bo‘ldiki, gipofizni aktivlashtiruvchi gormonlar ortiqcha ajralganida qalqonsimon bez va jinsiy bezlar funksiyasi kuchayar ekan. Bu rilizing-gormonlarni klinika amaliyotida qo‘llash va ulardan qator endokrin kasalliklarga tashxis qo‘yishda foydalanish imkonini berdi.
Gipofiz (bosh miyaning pastki ortig‘i) – ichki sekresiyaning markaziy bezidir, u kalla suyagi asosidagi turk egaridan joy olgan bo‘lib, gipofizar oyoqcha deb atalgan mahsus tuzilma orqali bosh miya bilan birikkan.
Gipofizning oldingi, o‘rta va orqa bo‘lagi bor. Oldingi bo‘lak butun bezning 70% ni tashkil etadi. U qon tomirlari juda ko‘p bo‘lgan zich bezsimon to‘qimadan iborat.
Oldingi bo‘lak boshqa bezlarga qaraganda gormonlar hosil qilish jihatidan eng aktiv hisoblanadi, u yetti xil gormon ajratadi. Bular orasida organizmni o‘stiradigan gormon bor, u to‘qimalarda yuz beradigan bioximiyaviy jarayonlarga bevosita ta'sir ko‘rsatadi, gipofizning boshqa gormonlari ichki sekresiyaning boshqa bezlari orqali ta'sir etadi. Shu sababli ular trop gormonlar (yunoncha “tropos”- yo‘nalish) deb nomlanadi. Bu gormonlar jumlasiga buyrak usti bezlari po‘stlog‘ining faoliyatini stimullovchi adrenokortikotrop, qalqonsimon bez faoliyatiga ta'sir ko‘rsatuvchi tireotrop, jinsiy bezlarga ta'sir qiluvchi gonadotrop, sut bezlari funksiyasini stimullovchi prolaktin gormonlar va boshqalar kiradi.
O‘rta bo‘lak to‘qimalarida melanin pigmentining hosil bo‘lishi va taqsimlanishining, ko‘zining to‘r pardasida esa ko‘ruv purpurini tartibga solib turadigan gormon ishlab chiqaradi. Orqa bo‘lak ancha kichik va miya gipofizar oyoqchasining go‘yo davomi hisoblanadi. Unda bezsimon to‘qima bo‘lmaydi va tuzilishiga ko‘ra nerv to‘qimasiga juda o‘xshab ketadi. Shu sababli u neyrogipofiz deb ataladi. Gipofizning orqa bo‘lagi gormonlar ajratmaydi. U gormonlarning o‘ziga xos yig‘iladigan joyidir, bu yerda vazopressin va oksitosin gormonlari to‘planib boradi. Bular gipotalamus yadrolarida hosil bo‘lib, u yerdan gipofizning orqa bo‘lagiga tushadi...
Gipofizar pakanalik yoki gipofizar nanizm deb ataluvchi kasallik gigantizmning qarama-qarshi holati hisoblanadi. U o‘sish gormonining yetarli ajralmasligi bilan bog‘langan va o‘sishning keskin darajada to‘xtab qolishi bilan xarakterlanadi. Ayni vaqtda tana tuzilishi proporsionalligicha qolaveradi, lekin bo‘y mazkur yosh uchun eng past bo‘ydan 10-15 sm past bo‘ladi, o‘sishdan orqada qolishdan tashqari jinsiy rivojlanishning orqada qolishi, ikkilamchi jinsiy belgilarning bo‘lmasligi kuzatiladi. Odatda, pakanalik 2-5 yoshdan boshlanadi va shu sababli bolalarning o‘sishdan orqada qolishi ota-onalarning diqqat – e'tiborini jalb etishi lozim.
Kattalarda gipofiz funksiyasining yetishmovchiligi gipofizdagi yallig‘lanish prosesslari, ba'zan gipofizning o‘smadan zararlanishi, ayollarda esa, tug‘ruq davridagi qon yo‘qotishga aloqador bo‘lishi mumkin. U darmonsizlik, vaznning kamayishi, qon bosimining pasayishi, kamqonlik, shuningdek endokrin kasalliklar (hayz ko‘rmaslik, jinsiy aloqaning susayishi) da namoyon bo‘ladi.
Qalqonsimon bez ichki sekresiyaning boshqa bezlariga nisbatan bir muncha katta bo‘lib, u bo‘yin sohasida kekirdakning old tomonidan hiqqildoqdan biroz pastda joylashgan. Qalqonsamon bez shifokorlarga qadimdan ma'lum, ular qalqonsimon bez organizm hayot faoliyatida muhim rol' o‘ynaydi, deb hisoblashgan. Qadimgi xitoy shifokorlari quritilgan qalqonsimon bezdan buqoqni davolashda foydalanishgan.
Qalqonsimon bezning nomi qalqonsimon tog‘ayga ta'assub qilib qo‘yilgan, lekin u mutlaqo qalqonga o‘xshamaydi. Qalqonsimon bez toq organ bo‘lib, bo‘yincha bilan birikkan ikki palladan iborat. Katta yoshdagi kishilarda qalqonsimon bezning vazni 30-40g. Tuprog‘i, suvi va oziq-ovqat mahsulotlarida yod yetishmaydigan rayonlarda qalqonsimon bezning vazni birmuncha katta bo‘lishi mumkin va bu kasallik “Bo‘qoq” deb ataladi. Yosh ulg‘aygan sari bezning kichiklashishi kuzatiladi. Qalqonsimon bez ikkita gormon-tiroksin va triyodtironin ishlab chiqaradi. Bular bevosita qonga ajratiladi. Bu gormonlarning hosil bo‘lishi uchun tirozin aminokislotasi va yod zarur bo‘ladi.
Jinsiy bezlar erkaklarda moyak, ayollarda esa tuxumdondan iborat. Moyak erkaklarning jinsiy gormonlari hisoblangan androgenlar ishlab chiqaradi, bular ichida testosteron muhim o‘rin tutadi. Androgenlar erkaklardagi ikkilamchi jinsiy belgilar (mo‘ylov va soqol chiqishi, jinsiy mayil) ning rivojlanishini belgilab beradi. O‘g‘il bolalarda testosteron ortiqcha ajralganda barvaqt balog‘atga yetish kuzatiladi.
Erkaklarda jinsiy gormonlar yetarli ajralganda jinsiy moyillik yo‘qoladi, bo‘shashish, hafsalasizlik, tez qarish kuzatiladi. Agar erkaklarning jinsiy gormonlari ayollarda zo‘r berib ishlab chiqilsa (bu xol buyrak usti bezlari zararlangandan yuz beradi), ularda ikkilamchi erkaklik jinsiy belgilarning paydo bo‘lishi kuzatiladi: bu holat maskulinizasiya (latincha”maskulinas”- erkaklik) deb ataladi.
Ayollarning jinsiy bezlari (tuxumdon) estrogenlar va bir qator boshqa gormonlar ishlab chiqariladi, bular ayollar jinsiy organlari va ikkilamchi jinsiy belgilarining normal ravojlanishini ta'minlaydi, hayz ko‘rish sikli, homiladorlikning normal kechishiga imkon yaratadi va h.k. Ayollarda tuxumdon gormonlari sekresiyasi izidan chiqqanda jinsiy rivojlanish, hayz ko‘rish sikli buziladi, bola tashlash hollari kuzatiladi. Tuxumdondagi yallig‘lanish prosesslari ana shu kasalliklarning asosiy sababchisi hisoblanadi, shu tufayli tuxumdon yallig‘lanishini davolash gormonal buzilishlarning oldini olishda muhim ahamiyatga ega. Shunday qilib, esterogenlar organizmni boshqaruvchi eng muhim sistemadan biri hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |