O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
URGANCH DAVLAT UNIVERSITETI
Tarix fafulteti 192-guruh talabasi Yuldashev Jamshidning Sharq allomalarining ilmiy merosi fanidan tayyorlagan
REFERAT
Mavzu: Abu Rayhon Beruniy Xorazm Ma’mun akademiyasi yirik olimi
Topshirdi: Yuldashev Jamshid.
Qabul qildi: Atamuratova Dilafruz.
Urganch - 2022
Re’ja:
Abu Rayhon Beruniy hayoti va ijodi.
Abu Rayhon Beruniyning Ibn Sino bilan yozishmalari.
Abu Rayhon Beruniyning asarlari ilmiy merosi va ularga sharh.
Abu Rayhon Beruniyning Ma'mun Akademiyasidagi ilmiy faoliyati
Xorazmlik ulugʻ alloma Abu Rayhon Beruniy ota-onasidan juda yosh yetim qolgan va Iroqiylar xonadonida tarbiyalangan. Iroqiylarning oxirgi vakili Xorazmshoh, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ahmad ibn Iroq hisoblanadi. Xorazmshohning jiyani — amakisining oʻgʻli Abu Nasr Mansur ibn Iroq Beruniyning ustozi edi. Beruniy juda yoshligidan ilm va fanga qiziqadi. U sevgan fanlar — astronomiya, matematika, geodeziya, geografiya va mineralogiya edi.
U oʻzining „Geodeziya“ asarida 990-yil Kat shahrining geografik kengligini aniqlaganini yozadi. Maʼlumki, geografik kenglikni aniqlash uchun geografiya, matematika va astronomiyadan yetarlicha bilimga ega boʻlish lozim. 995-yil Katni, Xorazmning ikkinchi poytaxti, Gurganj (Urganch)ning amiri Maʼmun ibn Muhammad bosib oladi. Beruniy Iroqiylar xonadoniga mansubligi uchun Maʼmunning gʻazabidan qochib, Ray shahriga (hozirgi Tehron yaqinida) keladi. U Rayda mashhur olim — matematik va astronom al-Xoʻjandiy, tabib va faylasuf ar-Roziylar bilan tanishadi. Beruniy Rayda oʻzining „Al-Faxriy sekstanti“ risolasini yozadi. 997-yil Beruniy Katga qaytdi. Bu davrda Xorazmda oʻzgarishlar boʻlib, Maʼmun vafot etib, uning oʻrniga Ali ibn Maʼmun taxtga chiqqan edi. 997 yilda buxorolik mashhur tabib Abu Ali Ibn Sino ham Urganjga keladi.
998-yil Beruniy Jurjonga keldi. U Jurjonda 1004-yilgacha yashaydi. Oʻzining oʻn beshga yaqin asarini shu yerda yaratdi. Jumladan, olimning „Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar“ asari 1000-yil atrofida shu yerda yozilgan. 1004-yilning bahorida Beruniy Xorazmga qaytdi. Bu vaqtda Xorazmning poytaxti Urganj edi. Urganjda u Oy tutilishini kuzatdi. Saroyda al-Masihiy, tabib al-Hammar, Ibn Iroq va boshqalar ishlar edilar.
Urganjda Beruniy matematika, astronomiya bilan bir qatorda fizika va mineralogiyaning baʼzi masalalari bilan shugʻullandi. Minerallarni aniqlash, ularni tizimga solishda solishtirma ogʻirliklardan foydalanish gʻoyasi ham mana shu yerda tugʻildi.
1017-yil yozida turkiy podsho Mahmud Gʻaznaviyning buyrugʻiga koʻra Beruniy asir sifatida Gʻaznaga olib ketildi. U yerda ogʻir sharoitda yashadi. 1019-yildan keyin ilmiy ish bilan shugʻullanish sharoitiga erishdi. 1022—1024-yillarda Mahmud Hindistonga qilgan yurushida Beruniyni oʻzi bilan olib ketdi. Safarda ham Beruniy ilm bilan shugʻullandi. U Panjobdagi Nandna qalʼasi yonida yer shari meridianini bir gradusining uzunligini oʻlchadi va u 110,895 km. ekanini aniqladi. Bu maʼlumot hozirgi zamon oʻlchashlari natijasi — 111,1 km bilan taqqoslansa, Beruniy oʻlchashlarining aniqligi qay darajada ekani koʻrinadi.
Abu-r-Rayhon Muhammad ibn Ahmad al-Beruniy o'rta asrning eng buyuk olimlaridan biridir. U o'z zamonasining barcha fanlarini – fizika, matematika va tabiiy-tarixiy fanlarni egallagan.
Beruniy faqat olimgina bo'lib qolmasdan, o'z zamonasida Xorazmning ko'zga ko'ringan siyosiy arboblaridan edi.
Beruniy 362 yili 3 zulhijjada Xorazmning qadimgi Kot shahrida tug'iladi. Kot shahri X asrda Xorazmshohlar – afrigiylar sulolasining poytaxti va Markaziy Osiyoning eng yirik savdo markazlaridan edi.
Olimning nasl-nasaibni uning nisbasiga qarab aniqlasak, olim shaharda emas, shahardan chetroqdagi bir qishloqda tug'ilgani va shu yerda yoshlik chog'larini o'tkazgani ma'lum. Markaziy Osiyoning mashhur olimlaridan Abdulkarim as-Sam'oniy (1165 yilda o'lgan) “Kitob al-ansob”) (“Nasablar kitobi”) nomli asarida bunday deb yozadi: “Beruniy degan nisba Xorazmning tashqari qismiga oiddir. Kimki shahardan tashqarida tug'ilgan bo'lsa, bunday odamni “falonchi beruniy” deydilar. Munajjim Abu Rayhon shunday nisba bilan mashhurdir”.
Beruniy yoshligidanoq ilm-fanga qiziqishi, qobiliyati kuchli bo'lgan. Lekin uning boshlang'ich ta'limni kimdan va qayerdan olgani haqida to'liq ma'lumotlarga ega emasmiz. U o'z zamonasining mashhur olimi Abu Nasr ibn Iroq qo'lida ta'lim oladi. Abu Nasr ibn Iroq astronomiya, geometriya va matematikaga oid bir qancha asarlar yozib, shulardan 12 tasini Beruniyga bag'ishlaydi. U Beruniyni Yevklid geometriyasi va Ptolemeyning astronomik ta'limoti bilan tanishtiradi.
Abu Nasr Mansur ibn Iroq o'zining ilmiy asarlaridan birida yozishicha, Beruniy Xorazmda yashagan davrda hali juda yosh olim bo'lishiga qaramay, 384-385 (milodiy 994-995) yillari Kot shahrida muhim astronomik kuzatishlar o'tkazgan. Bu kuzatishlar uchun o'zi astronomik asboblar ixtiro etadi. Lekin u faqat Jayhun (Amudaryo)ning chap qirg'og'ida Xorazm shahridan janubda joylashgan qandaydir bir qishloq uchun eng uzoq va eng yuqori ekliptika nuqtasini va azimutsiz ekliptikani aniqlashga muyassar bo'lgan, xolos.
995-997-yillarda Beruniy Xorazmda davlat to'ntarishi bo'lganligi uchun Rayga ketadi va u yerda Mahmud al-Xo'jandiy bilan tanishadi. Beruniy Raydan Jurjonga 1000 yillardan keyin keladi. Ёqut Hamaviy Beruniyning Jurjondagi hayoti haqida muhim ma'lumotlar qoldirgan. U olimning hamma qo'lyozma asarlari bilan tanishib chiqqanini hikoya qiladi. Ёqutning yozishicha, qobus Vashmgir Beruniyga vazirlik lavozimini taklif qilgan, lekin olim bunga rozi bo'lmagan.
Xorazmshoh Abu-l-Abbos Ma'mun II ibn Ma'mun Beruniyni o'z saroyiga chaqirtirib, uni olim sifatida izzat-ikrom qiladi. Beruniyning Ma'mun akademiyasida mudarris va Ma'mun ibn Ma'munning siyosiy maslahatchisi bo'lganligini yuqorida aytib o'tgandik.
Sharq uyg'onish davrining buyuk mutafakkiri, qomusiy olim Abu Rayhon Beruniyning ijtimoiy-siyosiy va huquqiy qarashlari aks ettirilgan maxsus asar yozmagan bo'lsada, olimning “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar”, “Hindiston”, “Mineralogiya”, “Geodeziya” kabi asarlarida inson va jamiyatning paydo bo'lishi, davlatni boshqarish siyosati, ijtimoiy adolat, jamoa faoliyati, mehnat taqsimoti va pul muomalasi, oila va nikoh munosabatlari masalalarini siyosiy-huquqiy nuqtai nazardan bayon etishga harakat qilgan.
Beruniy inson va jamiyatning paydo bo'lishi masalasiga to'xtalib, “Qadimgi tarixlarning eng avvalgisi va eng mashhuri bashariyatning boshlanishidir”, - deydi. Beruniy kishilik jamiyati paydo bo'lishi haqida fikr yuritar ekan, insonlar o'rtasida tafovutlar bo'lsa-da, kishilarning ichki tuzilishi barchada umumiydir, degan xulosaga keladi.
Abu Rayhon e'tibor bergan tushunchalardan biri ijtimoiy adolatdir. Mutafakkir ijtimoiy-adolatni mol-mulkka bulgan munosabat, inson kadr-kimmati, mol ayirboshlash va savdo-sotik, pul muomalasi, siyosat va tarbiya, qonunlarga bo'ysunish, davlatni adolatli qonunlar asosida boshqarish masalalari bilan bog'liq holda bayon etadi.
U jamiyatdagi ahloqsizlikning eng yomon ko'rinishi zo'ravonlik va o'g'irlik, - deb bunday toifadagi kishilarni jazolash va qayta tarbiyalash yo'llarini ko'rsatadiki, bu olimning insonparvar qonunshunos ekanligini tasdiqlaydi: “O'g'irlikka kelsak - o'g'irlangan narsaning miqdoriga qarab jazo beriladi. Ba'zan zo'r darajada va o'rta darajada xalqlarga ibrat bo'ladigan jazo berib, goho qiynash va tavon to'latishga, goho xalq o'rtasida chiqarib oshkora qilish bilan to'xtatiladi”.
Beruniy Urganchda yashagan davrida Ibn Sino bilan yozishmalar olib borgan. Bizgacha ularning savol-javoblaridan faqat 18 tasi yetib kelgan. Bu savol-javoblarning 10 tasi Aristotel falsafasiga, 8 tasi esa fizikadan berilgandir.
Bu yozishmalar Beruniyning tabiat falsafasi va fizika masalalari bilan qanchalik qiziqqanligidan dalolat beradi. Savol-javoblarda fazo, issiqlikning tarqalishi, jismlarning issiqdan va suvning esa muzlash vaqtida kengayishi, nurning qaytishi va sinishi kabi masalalarda ikki olim tortishadi. Savol-javoblarning mazmunidan Aristotelning aql blan his etish orqali chiqargan xulosalariga Beruniy o'zining kuzatish va tajriba orqali aniqlagan xulosalarini qarshi qo'ygani, Ibn Sino esa Aristotelni himoya qilgani ma'lum bo'ladi.
1017-1018 yillarga kelib, Urganchda notinchlik davri boshlanadi. Movarounnahrda qoraniylar davlati barpo etiladi. Xuroson va Afg'onistonda esa mashhur Mahmud Јaznaviy (998-1030) o'z hukmronligini o'rnatadi. qoraxoniylar bilan Mahmud o'rtasida tuzilgan shartnomaga muvofiq Amudaryo ular davlatining chegarasi qilib olinadi, Xorazm Mahmud davlatiga qaram bo'lib qoladi va keyinchalik Mahmud tomonidan bosib olinadi.
Xorazmning Mahmud Јaznaviy tomonidan bosib olinishi Beruniyga juda og'ir botadi. Keyinchalik Mahmudga yaqin kishilar vositachiligida Beruniy bilan sulton o'rtasidagi nizolar ko'tarilib, olim uchun yana osoyishta hayot kechirish imkoni tug'iladi.
Beruniyning 1017-1048 yillarda Јaznada kechirgan hayoti bir tomondan, nihoyat og'ir bo'lsa, ikkinchi tomondan, uning ilmiy faoliyati uchun eng mahsuldor davr bo'ldi. Јurbatda hayot kechirgan va davlat ishlariga aralashishdan xolos bo'lgan olim o'zining butun bo'sh vaqtini ilmiy tadqiqot ishlariga sarf etadi. U bu yerda “Xorazmning mashhur kishilari” va “Tahdid nihoyot al-amokin li tashih masofot al-masokin” (“Turar joylar orasidagi masofani tekshirish uchun joylarning oxirgi chegaralarini aniqlash”) asarlari shu davrda yozilgan.
Beruniyning bizgacha yetib kelgan muhim asarlaridan biri “Munajjimlik san'atidan boshlang'ich tushunchalar” qo'lyozmasi O'zR Fanlar akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi. U ham 1029 yilda Јaznada yozilgan. Asar bizgacha fors va arab tillarida yetib kelgan.
1030 yili esa “Hindiston” nomi bilan mashhur bo'lgan eng yirik asari “Tahqiq mo li-l-Hind min ma'qula maqbula fi-l-aql av marzula” (“Hindlarning aqlga sig'adigan va sig'maydigan
ta'limotlarini aniqlash”) yuzaga keladi.
“Hindiston” asari yozib tugatilgan yili Mahmud Јaznaviy vafot etadi. O'z o'rniga kichik o'g'li Muhammadni vorislikka tayinlagandi. Lekin bir necha oydan keyin uning katta o'g'li Mas'ud (1030-1041) ukasini taxtdan ag'darib, davlatni o'z qo'liga oladi. Mas'ud davrida Beruniyning ahvoli ancha yaxshilanadi. Ёqut Hamaviyning yozishicha, Mas'ud astronomiyaga qiziqqan va ilmiy kuzatishlarga alohida e'tibor bilan qaragan. Beruniy Mas'udga arab tilini yaxshi o'rganib olishga yordam beradi. Mas'ud ham olimni o'z himoyasiga olib, in'om va hadyalar bilan taqdirlangan.
Beruniy “Mas'ud qonuni” asarining muqaddimasida shunday yozadi: “u [Mas'ud] umrimning qolgan qismida ilmga xizmat qilishim uchun ochiq yuz bilan imkoniyat berdi, chunki u menga ziynat libosini kiygizib inoyat ko'rsatdi. Abadiy soyasida osoyishtalik yopqichini ustiga soldi va in'om bulutlarini ёg'dirdi. Shular bilan birga meni o'ziga yaqin tutdi, ketma-ket suhbatiga chaqirib, yaxshi qabul etdi”.
“Qonuni Mas'udiy” Abu Rayhon Beruniyning eng yirik astronomik asaridir. Ёqut Hamaviyning yozishicha, bu asar astronomiya va matematika sohasida ilgari yozilgan barcha asarlardan ustun bo'lgan. Ibn al-qiftiy, Abu-l-Fido kabi mashhur olimlar Beruniy asarini birinchi o'ringa qo'yganlar.
“Qonuni Mas'udiy” Beruniyning “Tafhim va “Hindiston” asarlaridan keyin 1037 yilda yozilgan. Abu Rayhon Beruniyning ilmiy faoliyati bugungi kunda ham o'z ahamiyatini yo'qotmagan. Uning ko'plab asarlari bizgacha yetib kelgan va olimlarimiz tomonidan ilmiy jihatdan tahlil qilinmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |