tomon yo’naladi (postganglionar tolalar), boshqalari esa gangliylarni bosh yoki orqa miya bilan
bog’laydi (preganglionar tolalar).
Vegetativ nerv sistemasining tarkibiga markaziy neyronlar (preganglionlar talalar
ko’rinishidagi aksonlar bilan birga) periferik tugunlarda joylashgan periferik neyronlar kiradi.
Periferik neyronlarning aksonlari organ va to’qimalargacha
yetib borib, ular bilan sinapslarni hosil
qiladi. Preganglionnar tolalar miyelin parda bilan o’ralganligi uchun ularning bog’lovchi
tarmoqlarning rangi oq bo’ladi.
Postganglionar tolalar ingichkaroq bo’lib, ko’p xollarda ularning miyelin qobig’i bo’lmaydi.
Vegetativ nerv sistemasining periferik tugunlari ekstramural simpatik (vertebral va
paraverteblar gangliylar), bosh miyaning parasimpatik tugunlari va intrmural gangliylardan iborat.
Vegitativ nerv sitemasining gangliylaridaasosan uch xil neyronlar farq qilinadi : 1. Uzun asonli
neyronlar yoki 1 tip Dogel xujayralari, ularning o’simtalari bir necha kalta tarmoqli dendritlardan va
gangliydan tashqariga ketuvchi uzun neyritdan iborat.
2 Teng o’simtali neyronlar yoki II tip Dogel xujayralari. II tip
Dogel xujayralarining bir
necha teng o’simtalari bo’lib, tuzilishi jixatidan qaysi bir akson ekanligini aniqlab bo’lmaydi.
Hamma o’simliklar shoxlanmasidan gangliydan tashqariga ketadi. 1 tip hujayralar parasimpatik
nervlarning preganglionar tolalari tugallanadi. Shuning uchun ular bu
sistemaning reflektor yoyi
tarkibidagi ikkinchi harakatlantiruvchi yoki effektor neyronlari hisoblanadi. 2 tip hujayralarni
periferik vegetativ nerv sistemasining sezuvchi yoki affektor elementlariga kiritiladi.
3. 3 tip hujayralar oraliq yoki assosiativ
neyronlar hisoblanib, ularning o’siqlari qo’shni
tugunlar neyronlarining dendritlari bilan sinapslar hosil qiladi.
Vegetativ gangliylarning nerv hujayralari orasida ko’p miqdorda miyelinli va miyelinsiz nerv
tolalari bor. Ularning tarkibida shu gangliy neyronlarining o’simtalari va
sinapslarini hosil qiluvchi
yoki qo’shni gangliylarga o’tib ketuvchi preganglionar tolalar bo’ladi. Sinaptik tugunlarning
postganglionar tolalari organlarda sinapslar hosil qilib tugaydi.
Bu sinapslar asosan adrenergik,
qisman purenergik tabiatga ega. Parasimpatik gangliylarning postganglionar tolalari a’zolarda
xolinergik sinapslar hosil qilib yakunlanadi.
Me’da-ichak yo’li devorida 3 xil intramural chigallar (shilliq osti qavatida, mushak qavatida va
seroz qavat ostida) joylashgan bo’lib, ular o’ziga hos hususiyatga egadir. Bu chigallar tarkibida
harakatlantiruvchi (xolinergik), tormozlovchi (adrenenergik va purinergik) va a’zolar
faoliyatini
boshqaruvchi (peptidergik) neyronlar uchraydi.
Do'stlaringiz bilan baham: