Referat fakultet: kompyuter injeneringi Fan: Elektronika va sxemalar Mavzu



Download 151,19 Kb.
bet1/5
Sana24.01.2022
Hajmi151,19 Kb.
#408279
TuriReferat
  1   2   3   4   5
Bog'liq
Bakiev X RC va RL zanjirlarda


O’zbekiston Respublikasi Toshkent Axborot Texnalogiyalari

Universiteti Urganch filiali




REFERAT


Fakultet:kompyuter injeneringi

Fan:_Elektronika va sxemalar

Mavzu: RC va RL zanjirlarda o'tkinchi jarayonlar Bajardi:_Bakiev Xursandbek Mamatsaloevich



Tekshirdi:

Urganch 2021 yil

Reja:


1. Elektr zanjirlarida o‘tkinchi jarayonlar 

2.O‘tkinchi jarayon masalasini o‘zgarmas 

koeffitsiyentli chiziqli differensial tenglamalar yechimiga keltirish Tok va kuchlanishlarning turg‘un va erkin tashkil etuvchilari

3.Kommutatsiya qonunlari va boshlang‘ich 

shartlar 

4. O‘tkinchi jarayonlarni hisoblash usullarining

 xususiyatlari 

Xulosa


Foydalangan adabiyotlar

1.ELEKTR ZANJIRLARIDA O‘TKINCHI JARAYONLAR 

 Avvalgi  boblarda  yig‘iq  parametrli  chiziqli  elektr  zanjirlarida  turg‘un, ya'ni kuchlanishi va toki o‘zgarmas (o‘zgarmas tok zanjirlari) yoki sinusoidal tok va kuchlanishli (sinusoidal tok zanjirlari) jarayonlar o‘rganilgan edi. 

Aytaylik, o‘zgarmas kuchlanish manbayiga ketma-ket rezistor va induktiv 

g‘altak ulangan bo‘lsin (1- rasm, a). 

Nazariy jihatdan bunday zanjirda tok cheksiz katta vaqt davomida, amalda esa  cheklangan  vaqtda  turg‘un  qiymatga  ega  bo‘ladi  (1-  rasm,  b).  Agar 

zanjirdagi  tok  turg‘un  qiymatga  ega  bo‘lganidan  so‘ng  kuchlanish 

o‘zgartirilsa, u holda tok mos ravishda yana o‘zgaradi. Bir turg‘un rejimdan 

boshqa turg‘un rejimga o‘tish ma'lum vaqt davomida sodir bo‘ladi. 



Elektr zanjirlarida bir turg‘un holatdan ikkinchi turg‘un holatga o‘tishda 
paydo  bo‘ladigan  elektromagnit  jarayon  o‘tkinchi  jarayon  deb  ataladi

O‘tkinchi jarayon tugashi bilan elektr zanjiri holati oldingi holatidan, masalan, 

sxemaga ta'sir etuvchi EYK, sxema parametrlarining qiymati, kuchlanish yoki 

tok  amplitudasi,  fazasi,  shakli  yoki  chastotasi  o‘zgarishi  bilan  farq  qiladi. 

Elektr zanjirlarida o‘tkinchi jarayonlar kommutatsiya natijasida sodir bo‘ladi. 
Kommutatsiya - bu elektr zanjirida ulash (2- rasm, a) yoki uzish (2- rasm, b) 
jarayonidir. 

Kommutatsiya oniy 

 vaqt davomida sodir bo‘ladi. 

Fizik  jihatdan  o‘tkinchi  jarayon  zanjirning  kommutatsiyagacha  bo‘lgan 

energetik  holatidan  kommutatsiyadan  keyingi  energetik  holatiga  o‘tishdir. 

Agar  zanjirda  energiya  yig‘uvchi  elementlar,  ya'ni  induktiv  g‘altak  va 

kondensator bo‘lsa, o‘tkinchi jarayon ma'lum vaqt davom etadi. Zanjirning har 

bir  ishchi  holatiga  uning  elektr  va  magnit  maydonlarida  ma'lum  energiya 

zahirasi  mos  keladi.  Zanjirning  bir  holat(rejim)dan  ikkinchi  holat(rejim)ga 

o‘tishi unda to‘plangan energiyalar o‘zgarishi (ortishi yoki kamayishi) ga olib 

keladi.  Zanjir  induktiv  g‘altagida  to‘plangan  magnit  maydoni  energiyasi 

 va kondensatorda to‘plangan elektr maydoni energiyasi 

 o‘z  qiymatlarini  sakrab  o‘zgartira  olmaydi,  chunki  bunday  o‘zgartirish uchun manbadan cheksiz katta quvvat iste'mol qilish talab qilinar edi. Bu esa fizik nuqtai nazaridan mumkin emas. Shuning uchun ham induktiv elementga ega bo‘lgan shoxobcha uzilganida uzilish joyida elektr yoyi  hosil  bo‘ladi  va  unda  induktiv  elementda  to‘plangan  magnit  maydoni energiyasi  sarf  bo‘ladi.  Xuddi  shunga  o‘xshash  zaryadlangan  kondensator 

qismalari  o‘zaro  qisqa tutashsa, shu joyda elektr  yoyi  hosil bo‘ladi va unda ham kondensator elektr maydonida to‘plangan energiya sarf bo‘ladi. Amalda 

o‘tkinchi jarayon vaqti elektrotexnik zanjirlarda soniyalar ulushini tashkil etsa, 

nazariy jihatdan o‘tkinchi jarayon vaqti 

 gacha davom etadi. 

Elektr  zanjirining  kommutatsiya  (boshlang‘ich)  ondagi  rejimi 

boshlang‘ich holati deyiladi va shu holatga nisbatan o‘tkinchi jarayon odatda 

analitik yoki ossillografik tahlil etiladi. O‘tkinchi tok, kuchlanish, EYK va h.k. 

lar kichik harflar bilan, ularning aniq   vaqtdagi qiymatlari esa 

 shaklda  ko‘rsatiladi.  Tokning  kommutatsiyadan  bevosita  avvalgi  qiymati 

  kommutatsiya  paytidagi  qiymati   va  o‘tkinchi  jarayon  tamom bo‘lishidagi  qiymat  esa   shaklda  ko‘rsatiladi.  Elektr  zanjirlaridagi o‘tkinchi  jarayonlar  ma'lum  bir  foydali  maqsadlarda  qo‘llanishi  (masalan,  radiotexnika qurilmalari, avtomatik boshqarish tizimlari va boshqa zanjirlarda)  yoki zararli oqibatlarga olib kelishi mumkin (masalan, katta induktivlikka ega zanjirlar uzilishida izolyasiya uchun xavfli bo‘lgan o‘ta kuchlanishlar paydo 

bo‘ladi,  kondensatorli  zanjirlarda,  transformatorlar  va  elektr  mashinalardagi 

qisqa tutashishda toklar qiymati bir necha barobar sakrashi mumkin). Shunday 

qilib,  o‘tkinchi  jarayonlar  oqibatini  tahlil  etish  muhandislik  muammolarini 

yechishni taqozo etadi. 


Download 151,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish