O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT FARMATSEVTIKA INSTITUTI
R E F E R A T
Mavzu: Nostandart dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo’q qilish tartibi
Bajardi: Abdusalomov. Fayzullo.
Tekshirdi: Shokirova Gulhayo
Mavzu: Nostandart dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo’q qilish tartibi Reja: 1.Ishlatishga yaroqsiz bo’lgan dori vositalarini yo‘q qilish tartibi 2. Nostandart dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish qanday hollarda amalga oshirili-shi mumkin. 3.Nostandart dori vositalari va tibbiy buyumlar-ni yo‘q qilish tartiblari. 4.Nostandart dori vositalari va tibbiy buyumlar-ni yo‘q qilishga ruxsat etilmaydigan holatlar.
Ishlatishga yaroqsiz bo’lgan dori vositalarini yo‘q qilish tartibi bo’yicha vaqtinchalik yo‘riqnoma O’zbekiston Respublikasi “Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida”, Davlat sanitariya nazorati va Tabiatni qo‘riqlash to‘g‘risidagi qonunlargaasosan ishlab chiqilgan bo‘lib, bu yo‘riqnomaga muvofiq ishlati-shga yaroqsiz bo’lgan, qal-baki dori vositalari va tibbiy buyumlarni yo‘q qilish bo‘yi-cha yagona tartib belgilangan. Mazkur yo’riqnoma standart talablarga javob bermaydigan va la-boratoriya tajribalarida aniqlangan dori vositalari va tibbiy bu-yumlar partiyalari, shuningdek, qalbaki dori vositalari va tib-biy buyumlar uchun qo‘llanadi.
Yo‘riqnomada quyidagi tushunchalar qo’llanilgan:
dori vositalari_kelib chiqishi tabiiy va sun’iy bo’lgan bir yoki bir necha dorimoddasi (substantsiya) hamda yordamchi moddalar asosida hosil qilingan, kasal-likning oldini olish, tashhis qo‘yish va davolash uchun qo’llashga ruxsat etilgan vositalar. Ular jumlasiga :immuno_biologik, radiofarmatsevtik va parafarmatsevtik preparatlar, gomeopatik, tashhi qo’yish va sterilizatsiya vositalari kiradi;
tibbiy buyumlar - kasallikning oldini olish, tashhis qo‘yish va davolash uchun tibbiyotda qo’llanadigan buyumlar. Ular jumlasiga bog’lash va tikish materiallari, shpritslar, qon va infuzion eritmalarni quyishga mo’ljallangan sistemalar, bemorlarni parvarish qilishda qo’llanadigan ashyolar va materiallar kiradi.
yo‘q qilish - dori vositalari va tibbiy buyumlarni har xil usullar yordamida yaroqsiz holga keltirish holati boiib, bunda yoqib yuborish, maydalab tashlash,bo‘lib tashlash, kuydirib tashlash yoki ko‘mib tashlash mumkin. Mazkur vaqtinchalik yo'riqnoma talablari O‘zbekiston Respublikasi hududidagi dori vositalari va tibbiy buyumlar muomalasi bilan shug'ullanuvchi barcha davolash - profilaktika muassasalari va boshqa tashkilotlar uchun majburiydir.
Do'stlaringiz bilan baham: |