МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
56
Ключевые слова:
история педагогики, воспитание, образовательные учреждения, семья,
педагог,
общество, поведение.
Key words:
history of pedagogy,
upbringing, educational institutions, family, teacher, society,
behavior.
Uzoq va mashaqqatli tarixga ega bo’lgan o’zbek xalqining
hozirgi kunga qadar
yetib kelgan qadriyat, urf-odatlarga boy qadimiy ma’naviyatimiz buyuk siymolar avlodi
ekanligimizdan dalolatdir.O’zbek oilasida eng muhim qadriyatlarimiz va an’analarimizdan
biri bu-farzand tarbiyasidir. Oradan yillar o’tsada farzandlar ta’lim muassasalarida taxsil
olishganda ham pedagoglar uchun eng muhim ma’suliyat bu-o’quvchiga o’z vaqtida
ta’lim-tarbiya berishdir. Tarixchi-pedagoglarni ta’kidlashicha, ibtidoiy jamiyat davrda bola
o’zi uddalay oladigan faoliyatiga qo’shilib hayot kechirishni, mehnat qilishni o’rganish
iuchun o’g’il bolalar ekaklar bilan bajariladigan ov mashqlarini bajarar, qizlar esa ayollar
mehnati bilan tanishar edi.Albatta, tarbiya oiladan boshlanadi, oilada bo’lmagan tarbiya
mahallada ham, jamoada ham bo’lmaydi. Shu bilan birgalikda xalq o’rtasida tartib qoida
bo’lmaydi. Buyuk allomalar ta’lim-tarbiya to’g’risida bildirgan fikrlar buning isbotidir.
Yusuf Hos Xojib ta’kidlaganidek, “O’g’il-qizning xulq-atvori yaramas bo’lsa, bu
yaramas ishni ota qilgan bo’ladi, undan boshqa narsa emas”.
Haqiqattan ham tarbiyani mukammal qilib berish zimmasi birinchi ota-onaga bog’liq
bo’ladi. Lekin ma’suliyatni his qilmaydigan ayrim ota-onalar bolani o’z vaqtida moddiy
tomondan ta’minlashni tarbiyalash deb hisoblashadilar. Bir
siqim tuproq bilan yerga
qadayotgan niholni to’g’ri eksak, to’g’ri bo’lib, noto’g’ri eksak, o’z vaqtida parvarish
etmasak, o’smay qoladi. Pedagogika tarixidan to hozirgi kungacha o’z vaqtida yaxshi
tarbiya bermaslik dolzarb muommolardan biri bo’lib kelmoqda.
Chunki bunday
muommolar bo’lishining asosiy omillar ma’naviyatiga va psixologiyasiga ta’sir etuvchi
illatlar kuchayib bormoqda. Pokiza xulq – odamiylik hisoblanadi . Yaxshi tarbiya ko’rgan
ota –onalar farzandlariga ham yaxshi tarbiya berishadi.
Farobiy bolalarni fe’l atvoriga qarab tarbiya jarayonida “qattiq” yoki “yumshoq”
usullardan foydalanish kerak deb hisoblaydi. Tarbiyalanuvchilar o’qish va o’rganishga
moyil bo’lsa , ta’lim –tarbiya jarayonida “yumshoq’ usul qo’llaniladi .Tarbiyalanuvchilar
o’z boshimcha, itoatsiz bo’lsa, “qattiq” usul qo’llanilishi lozim deb fikr bildiradi. Shu
bilan birga yuqoridagi bu fikrlar o’z vaqtida bajarilsa maqsadga muvofiqdir. Shu qatarda
bobomiz Alisher Navoiy yozib qoldirgan so’zlarni keltirib o’tirsak maqsadga mofiq bo’lar
edi. ,,Bolaning voyaga yetishida, kamol topishida tarbiyaning kuchi va qudratiga alohida
e’tibor beradi. Tarbiya natijasida bolaning foydali va yetuk kishi bo’lib o’sishiga ishonadi.
Yosh bolaning juda kichik yoshidan boshlab tarbiyalamoq zarur. Tarbiya insonga
o’zidan yaxshi odat va fazilatlar hosil qilishiga yordam beradi.
Odam shaxsi kishilar
bilan munosabatda,ayniqsa kishilarning bir – birlariga bo’lgan ruhiy ma’naviy ta’sirlari
natijasida tarkib topadi deb voyaga yetkazishda asosiy omillardan biri- tarbiya” ekanligini
uqtiradi. Milliy qadryatlarimiz va urf- odatlarimizda tarbiyaning ro’li yaqol ko’rishimiz
mumkin.O’zbek xalqi farzandiga uch narsa tushuntiradi va shu orqali tarbiyalaydi.
Uyat bo’ladi, xarom bo’ladi, uvol bo’ladi shu narsani farzand qay darajada anglani uni
qiliyotgon ishlarida namoyon bo’ladi. Appel kampaniyasi asoschisi Stiv Jobs shunday
so’zlari borki undan olam- olam ma’no topishimiz mumkin: ,,Farzandlarigizni boy
bo’lishi uchungina voyaga yetkazmang, ularni baxtli bo’lishi uchun tarbiyalang, shunda