МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
99
Noma’lumlar soni qancha ko`p bo`lsa, masalalar shartiga mos tenglama yoki tengsizlik
tuzish shuncha osonlashadi.
Shuni unutmaslik kerakki, tenglama tuzish uchun noma’lum sifatida x, y, z, v, u, w, s, t
va hokazolarni kiritish mumkin. Lekin masala matnidan kelib chiqqan holda noma’lumlar
kiritish maqsadga muvofiq. Bu tuzilgan ifodani bir qarashda nimaning ifodasi ekanligini
bilish imkoniyatini beradi. Yo‘l - S, tezlik - v, vaqt - t, unumdorlik - N, konsentratsiya - p,
ish - A, va hokazo.
Masalani birinchi o`qish uni tushunish uchun bo`lsa, ikkinchi o`qish noma’lum tanlash
uchun. Bunda biz sonlarga va boshqa narsalarga e’tibor bermaymiz.
Tenglama tuzish. Noma’lumlarni tanlagandan so`ng, biz masalani uchinchi marta
o`qib uni mantiqiy qismlarga ajratamiz. Bu qismlar har biri biror xulosa yoki cheklashlar
beradi. Odatda biz noma’lumlar va tenglamalar soni teng bo`lgan tenglamalar sistemasiga
kelamiz. Agar tenglama soni noma’lum sonidan kam bo`lsa va bunda masala shartidan
to`liq foydalangan bo`lsangiz yana bitta tenglama tuzishga harakat qilish shart emas, balki
masalani yana bir marta o`qib nimani topish kerak ekanligini aniqlab olish. Topilishi kerak
bo`lgan noma’lumni boshqalari orqali ifodalashga harakat qilish. Agar masala shartidan
to`liq foydalanilgan bo`lsa, kerakli noma’lumni albatta topish mumkin. Algebraik usulda
masala savoliga javob tenglama tuzish va еchish natijasida topiladi. Harf bilan belgilash
uchun noma’lum tanlashga, mulohazalar yuritish yo`llariga bog’liq ravishda ayni bir masala
bo`yicha turlicha tenglamalar tuzish mumkin.
1-masala.
Kosa va ikkita chinni piyolaga 740 g suv ketadi. Kosaga piyolaga qaraganda
380 g ko`p suv ketadi. Kosaga necha gramm suv ketadi? Yechish.
1-usul.
Kosaga x g suv ketsin, u holda masala shartiga ko‘ra bitta piyolaga g ikkita
piyolaga esa g suv ketadi, kosa va ikkita piyolaga g suv ketadi. Kosa va ikkita piyolaga
740 gsuv ketgani uchun tenglama tuzish mumkin.
Uni еchib ya’ni kosaga g suv ketishi topiladi.
Javob:Kosaga 500 g suv ketadi.
2-usul.
Piyolaga x g suv ketsin, u holda kosaga g suv ketadi, ikkita piyolaga g suv
ketadi. Kosa va ikkita piyolaga g suv ketadi. Kosa va ikkita piyolaga 740 g suv ketganligi
uchun tenglama tuzish mumkin.
Uni еchib, topiladi. Kosaga qancha suv ketishini toppish uchun ning topilgan qiymatini
ifodaga qo‘yiladi. U holda
Javob: Kosaga g suv ketadi.
2-masala.
Agar savdogar molining 1 kg ini 16,5 so`mdan sotsa, 81,4so`m zarar ko`radi.
Agar 1 kg ini 19,8 so`mdan sotsa, 162,8 so`m foyda ko`radi. Savdogarda necha kg mol bor?
Yechish.
Do'stlaringiz bilan baham: |