МУҒАЛЛИМ ҲӘМ ҮЗЛИКСИЗ БИЛИМЛЕНДИРИЎ
31
boshlab xulq-atvor usullarini tanlash, huquq me’yorlarini bilishda yordam berish lozim.
Bugungi kunda aynan huquqiy tarbiya tizimida ham ta’lim oluvchining ehtiyoji muttasil
ortib bormoqda. Huquqiy tarbiya inson tabiatini muhim sifatini o‘stirishga, rivojlantirib
borishga yordam beradi. Ma’lumki, bolaning ijtimoiylashuvi amalda ijtimoiy ahamiyatga
ega bo‘lgan axloqiy va huquqiy ma’lumotlarni o‘zlashtirishdan boshlanadi. Umumiy
o‘rta ta’lim muassasalari o‘quv jarayonlarida o‘quvchilarga “yaxshi”, “adolat”, “vijdon”,
“sharaf”, “qadr-qimmat” va boshqa ahloqiy tushunchalar idrokini to‘g‘ri tushuntirish ularda
huquqiy madaniyatni shakllantirishga poydevor bo‘lib xizmat qiladi. Bu kabi tushunchalar
ilmiy va amaliy kundalik faoliyatda ko‘p qo‘llaniladigan tushunchalar bo‘lib, insonning
ma’naviy va moddiy hayotining ancha murakkab hodisalarini bildirish uchun ishlatiladi
hamda ularning mazmun-mohiyati va tuzilishi tilshunoslik masalalariga bog‘liq.
Boshlang‘ich sinf o‘quvchilarida “huquqiy ta’lim” tushunchasi ko‘proq ishlatiladi,
chunki bu bosqichda u aniq amaliy xususiyatga ega bo‘lib, insonparvarlik, qonunga
bo‘ysunuvchi shaxsni shakllantirish kabi tarbiyaviy vazifalarni hal qiladi. Boshlang‘ich sinf
o‘quvchilarida huquqiy madaniyatni shakllantirish jarayoni fuqarolik pozitsiyasi va o‘zini
o‘zi qadrlash kabi insoniy tushunchalar bilan boyitiladi . Madaniyat tushunchasini ilmiy keng
ma’noda insonning yashash shakli va usuli, u o‘zi uchun yaratgan sun’iy muhit bo‘lib, bu
ma’naviy va ahloqiy qadriyatlar, tarbiyaviy ishlar integratsiyasi bilan amalga oshiriladi. Har
bir tarixiy davr ijtimoiy taraqqiyot bilan o‘zgarib turadigan madaniyatning ma’lum bir turi
bilan tavsiflanadi. Madaniyatni tor ma’noda insonlarning hayot strategiyasidagi ma’naviy
salohiyati deyish mumkin. U faoliyati davomida ahloqiy, estetik va huquqiy rivojlanishning
turli aloqa usullari, shakllari va natijalarini o‘z ichiga oladi. Madaniyat ko‘plab insonlar
hamkorligida yaratiladi, ularning ijodiy harakatlari va o‘zaro muloqot samarasi madaniyatni
vujudga keltiradi va bunda eng asosiy vosita ta’lim hisoblanadi. Ushbu tushuncha mazmun
mohiyatini tushunishga nafaqat pedagogik, shuning bilan birga psixologik, huquqiy,
ijtimoiy, madaniy, falsafiy va antropologik bilimlar ham ta’sir ko‘rsatadi. Milliy ta’lim
tizimida o‘quvchi huquqiy madaniyatini rivojlantirish uchun o‘quv jarayonidagi pedagogik
vositalarni samarali qo‘llash bilan bir qatorda, o‘quvchining o‘zini individual namoyon
etishi, o‘zini o‘zi rivojlantirish uchun sharoit yaratish, buni amalga oshirishiga yordam
beradigan shaxsiy yondashuvini belgilab berish maqsadga muvofiq .
Guruhlar birlashgan tirik mavjudodlarning tizimini ishlab chiqish va atrof – muhitiga
barqaror tashkilotning biolagik turi bu madaniyatdir. Komponentlarni o`ziga hosligi
va kobinatsiylashganligi siyosiy, iqitisodiy, estetik ijtimoiy-madaniyat bular huquqiy
madaniyatning asosiy tushunchalaridir. Maktabgacha yoshdagi tarbiyalanuvchlar
huquqiy madaniyati shakllantirishning nazariy asoslari imkoniyati cheklangan bolalar
tashkilotlardagi maktabgacha ta’lim tarbiyalanuvchilarining huquqiy ta’lim rivojlanishiga
hissa qo`shgan olimlar o’smirlarning aksariyati tomonidan huquqbuzarliklarni sodir
etiganligini ta’kidlab o`tadi. Psixologiyada shaxsni huquqiy majburiyatlari huquqiy ongi
ob’yekti sifatida quyidagi tarbiyaviy bosqichlarga ajratiladi:
– o`zining huquqiy majburiyatlarini egalash vazifalari nimalardan iboratligini bilish;
– 18 yoshdan katta bolalarni huquqiy munosabatlarini rivojlantirish;
– o`zining huquqiy majburiyatlarini foydalanish.
Shaxsda yuzaga keladigan huquqiy ong va psixologiya unda mavjud eng asosiy ma’naviy
dunyoning ichki reaksiyasi hisobiga shakllanadi. Bu jarayonda inson psixologiyasi ongda
sodir bolayotgan reaktsiyalar hisobiga harakatga keladi.
Huquqiy madaniyat muhim xususiyatlari uning moddiy, ideal va ma`naviy tarkibiy
qismlaridan iborat o’ziga xos integratsiyadan iborat. O’quvchilarning huquqiy madaniyati
madaniyatning boshqa sohalari va uning o’ziga xos mazmuni bilan bog`liq. Insonning
Do'stlaringiz bilan baham: |