Reandpub. Uz


FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI



Download 4,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet120/137
Sana18.07.2022
Hajmi4,14 Mb.
#818338
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137
Bog'liq
Ta\'lim fidoyilari-22.05.2022-2-qism

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
1.
Iqbol Mirzo.Sizni kuylayman. - Toshkent,2007.-B.69. 
2.
Bahodir Karimov. Yoshlik jurnali.2017 9-son 
3.
Abdulla Qodiriy. “Mehrobdan chayon”, Sharq nashriyoti,2018 
7
Iqbol Mirzo.Sizni kuylayman.-Toshkent,2007.-B.69. 


[254] 
 MUHAMMAD YUSUF IJODIDA VATAN MADHI 
Tojamatova Sarvinoz Rustambek qizi
Andijon viloyati Shahrixon tumani
Andijon davlat universiteti
filologiya (o’zbek tili) fakulteti III bosqich talabasi 
Telefon: +998 94 385 06 01
sarvinoztojamatova@gmail.com
 
Annotasiya:
Ushbu maqolada Muhammad Yusufning Vatan va xalq mavzusidagi 
sheʼrlari xususida soʻz yuritiladi.
Kalit soʻzlar:
Muhammad Yusuf sheʼriyati, vatan, ona yurt, xalq mavzusidagi sheʼriy 
toʻplamlari va sheʼrlari. 
Muhammad Yusuf ijodi o’zining xalqona ohanglarga boyligi, tilining soddaligi, shirali 
ekanligi va ravonligi, oson o’qilib, o’quvchiga oson yetib borishi bilan alohida ajralib turadi. 
Uning sevgi – muhabbat, ona, yoshlar, xalq va Vatanga bag’ishlangan she’rlari 
Muhammad Yusuf ijoding katta qismini tashkil qiladi. Uning mahalla, xalq, Vatanga 
bag’ishlangan she’rlari uning ijodida salmoqli o’rin egallaydi. Muhammad Yusuf ijodining 
eng o’tkir qirralaridan biri ona yurt, el, vatan haqida hech kimga o’xshatmay yoza olishidir. 
Shoir shunchaki maqtovlar tizmasini tizmaydi, balandparvoz gaplardan foydalanmaydi. U 
ko’ngildagi yurtga bo’lgan muhabbatini, sadoqatini, millatga bo‘lgan mehri, fidoyi 
tuyg‘ularini qo‘shiq qilib kuylaydi. “Bizdan ozod vatan qoladi”, “Fidoyilar”, “Vatan”, 
“Inshoolloh”, “Tilak”, “Ona Turkiston”, “Vatan madhi”, “Alpomishlar yurti bu diyor”, 
“Hayrat”, “Izhori dil”, “Bobodehqonim”, “O‘zbekman”, “Vatan yagonasan”, “Tavallo”, 
“O‘zingdan qo‘ymasin xalqim”, “Mening vatanim”, “Sizga aytsam”, “Hur o‘lkam”, 
“O‘zbekiston” va yana boshqa ko‘plab vatan mavzusidagi she’rlarida shoir 
balandparvozlikdan qochib, samimiy satrlarda yurtiga dil izhori qiladi. “Iqror” (2007-yilda 
chiqqan shoir “Saylanma”sida bu she’r “O‘zbekiston” nomida berilgan) she’ridagi quyidagi 
satrlar qaysi ko‘ngilga surur bag‘ishlamaydi deysiz: 
O, ota makonim, 
Onajon o‘lkam, 
O‘zbekiston, jonim to‘shay soyanga. 
Senday mehribon yo‘q, 
Seningdek ko‘rkam, 
Rimni alishmasman bedapoyangga


[255] 
Shoir shu ruhda davom etib: “Parijning eng go‘zal restoranlarin, bitta tandiringga 
alishmasman men. Bahorda Baxmalda tug‘ilgan qo‘zing, arab ohusidan azizroq menga” deya 
ko‘nglini ocharkan she’rni o‘zbekona kamtarlik hamda g‘urur bilan: “Seni bilganlarga 
qilaman ta’zim, seni bilmaganga rahmim keladi” deb tugatadi.Shoirning buningdek ta’sirli 
misralar bilan kitobxon ko‘nglidagi yurtsevarlik daraxtining ildizi yanada mustahkamlanadi, 
barglari ko‘rkamlashadi. Zotan, yaxshi she’r mudroq ko‘ngillarni uyg‘otishi, uyg‘oq
ko‘ngillarning shiddatini oshirishi darkor. 
Vatan haqida umumiy ruhda yozilgan she’rlar adabiyotimizda istagancha topiladi. 
Muhammad Yusuf she’rlarinig ulardan farqli jihati, bu hassos shoirning vatan haqidagi 
she’rlarini o‘qiganingizda bevosita O‘zbekiston haqida so‘z ketayotganini sezib turasiz. 
Shoir she’rni “O’zbekiston” deb nomlashining o’ziyoq unga berilajak ta’rifning yorqinroq 
his qilinishi uchundir. Har bir banddagi har bir mubolag‘a, o‘xshatishni badiiy topilma 
deyish mumkin. O‘xshatish, qiyoslash, mubolag‘a kabi badiiy tasvir vositalaridan ketma-ket, 
o‘rinli tarzda O‘zbekistonning suvratini so‘zlar-la chizgan muallif endi O‘zbekistoning 
xarakterini ochish uchun, o‘zbekka xos fe’liy xususiyatlarga o‘tadi: 
Dunyo ichra 
Tengsiz dunyo, 
Zarchapon qalb 
Yalagto‘shim. 
Qo‘li ochiq, 
Mehri daryo, 
Mushti qattiq, 
Ko‘ngli bo‘shim. 
O‘g‘liga ot bo‘lib cho‘kib, 
Qizlariga alla aytgan, 
Belbog‘iga borin to‘kib, 
To‘yga borib to‘ymay qaytgan. 
O, bolafe’l, 
O, bolajon- 
O‘zbekiston, O‘zbekiston! 
Shoir ehtiros bilan bekorga “O, bolafe’l, o, bolajon” demaydi. Bolafe’llik — ko‘ngil 


[256] 
sofligi, ishonuvchanlik, boshqalarni-da o‘zidek o‘ylashning alomati. Bolajonlik – nihoyatda 
bolani yaxshi ko‘rish, o‘zi yemay yedirish, o‘zi kiymay bolasiga kiydirish degani. Shoir 
O‘zbekistonni mana shunday bir insonga qiyoslayotir. Shu 15 misranining so‘ngisidagina 
shoir O‘zbekiston nomini ataydi, ammo avvalgi 14 misradayoq siz so‘z o‘zbek haqida, 
O‘zbekiston haqida ketayotganini his qilib turasiz. Mana shoirning mahorati. “To‘yga borib 
to‘ymay qaytgan” misrasiga e’tibor bering. Nima to‘yda ovqat bermaydimi? O‘zbek 
bo‘lmagan odam buni tushunishi qiyin. O‘zbek hech qachon to‘yda bo‘kkunicha ovqat 
yemaydi. Sharqda to‘ygami yo biror mehmondorchilikkami borib o‘tirishning, 
ovqatlanishning o‘z odobi bor. Shoir ana shunday odob — o‘zbekona kamsuqumlik haqida 
gapirayotir. Bir satrda butun millatning tiynatini ko‘rsatayotir.Muhammad Yusuf vatanni 
shunchaki madh qilmaydi. Vatan tarixida o‘chmas iz qoldirgan, yurtparvar ulug‘larini eslab, 
xotirani uyg‘otadi. Elim degan er millat bayrog‘ini yurakka qadashini “Vatan madhi” 
she’rida poetik qiyosda shunday aytadi: 
O‘ping, ko‘zingizga suring tuprog‘in, 
Har so‘zin muqaddas duodek seving. 
Qadang yuraklarga millat bayrog‘in 
Vatanni Najmiddin Kubrodek seving. 
Shoir tarixiy shaxs Najmiddin Kubro nomini eslash bilan shonli tarixga ishora qilsa
“duo” arxaik so‘zini qo‘llash bilan she’rning ta’sirchanligini orttirayotir. Duo har bir o‘zbek 
uchun muqaddasligi ayon. Muhammad Yusuf bu she’ri orqali yoshlarni Vatanni sevishga 
chorlamoqda. Ularga misol qilib Najmidddin Kubro keltirilmoqda. Muhammad Yusuf 
she’rlari o’zligimizni anglashdagi o’rni beqiyos. Uning she’rlari yoshlarimizni Vatanga, 
millatga bo’lgan muhabbatini anglashda ulkan xizmat qiladi. 

Download 4,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   137




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish