FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI:
1.
Muhammad Yusuf. Saylanma. – Toshkent. 2014.
2.
Muhammad Yusuf. Xalq bo’l elim. – Toshkent. 2017.
[257]
ABDULLA ORIPOVNING “AYOL” SHE’RIDA SADOQAT TIMSOLI
Tojamatova Sarvinoz Rustambek qizi
Andijon viloyati Shahrixon tumani
Andijon davlat universiteti
filologiya (o’zbek tili) fakulteti III bosqich talabasi
Telefon: +998 94 385 06 01
sarvinoztojamatova@gmail.com
Annotasiya:
Ushbu maqolada Abdulla Oripovning ayol sheʼrida ifodalangan sadoqatli
ayol tasviri haqida soʻz boradi.
Kalit soʻzlar:
Abdulla Oripov sheʼriyati, sheʼrlarida urush mavzusi, sadoqatli ayol,
sheʼrdagi qiyosiylik.
Abdulla Oripov she’rlari rang-barangdir. Istiqlol, Vatan, xalq va millat, muhabbat va
armon, tabiat va fazo, ideal inson va ma’naviy dunyo, Ona va ayol, tarix va bugun, bashorat
va fantaziya, do‘stlik va xiyonat, keng ma’nodagi ona zamin va insoniyat taqdiri, urush va
tinchlik, umr mohiyati va «u dunyo» Abdulla Oripov asarlarining mavzuyi, mazmunini
tashkil etadi. Bu mavzularga murojaat qilar ekan, shoir ezgu tuyg‘ularini ulug‘lash «Ishonch
ko‘priklari , «Tiriklik», «Inson manzarasi» to‘plamlarida o‘z aksini topgan. Shoir asarlarida
insonparvarlik g‘oyalari doimo xalq dardi, xalq qalbi bilan chambarchas bog‘langan. Bunga
misol qilib “Ishonch ko‘priklari” to‘plamini misol qilib keltirishimiz mumkin.. Xalqqa
tayanish, har qanday mushkulotni uning o‘zigina hal qilishiga sobit ishonch Abdulla Oripov
insoniy qarashlarining asosini tashkil etadi va pirovardida, asarlari xalqchilligini belgilaydi.
Abdulla Oripovning mukarram zotga mehr va shafqat tuyg‘usi, muruvvati nechog‘li
cheksiz ekani uning, ayniqsa, ayol sha’nini ulug‘lashga bag‘ishlangan she’rlarida yorqin
ko‘rinadi.
«Ayol»nomli she’ri Abdulla Oripov, balki, umuman XX asr o‘zbek she’riyatidagi bu
muqaddas siymo sha’niga bitilgan eng go‘zal va shukuhli she’rlardan biridir.
Shye’r ayol shafiqligi, irodasi, sadoqati va ma’naviy go‘zalligi kuylangan zavol bilmas
qo‘shiqdek jaranglaydi. Uning mazmuni oddiy va sodda: urushdan qaytmagan yorga cheksiz
sadoqat ko‘rsatgan ayol kuta-kuta, hayotdan tanho o‘tadi. Shu pokiza mazmunga shoir kuchli
hayotiy ziddiyatlarni, qalb va vijdonda kechishi mumkin bo‘lgan talotumlarni, ularni yengib
o‘ta oluvchi irodani jo etadi. Bu oddiylik zamirida Abdulla Oripov o‘zi takrorlashni xush
ko‘radigan Gyote aytgan haqiqiy san’at asariga xos tarzda soddaligi (oddiylik, murakkablik
[258]
va yana oddiylik) yotadi. Shye’rning mohiyati va qimmatini uning mazmuni emas, shu
mazmun qatiga singdirilgan dard belgilashiga mana shu “Ayol’’ she’ri misol bo‘la oladi.
O‘n to‘qqiz yoshida beva qolib, sadoqat tufayli, muhabbat tufayli o‘z vijdoniga qarshi
borolmay, butun umr tanho yashayotgan Ayol qalbida nimalar ro‘y berishi mumkin?
Shoir shu Ayol vujudidagi kechinmalarni ma’naviy go‘zallik, ma’naviy qudrat
darajasida yuksaltirib talqin etishga erishadi.
Sevgidan yetim-u umrdan yarim,
Qurigan ko‘ksida yolg‘iz belanchak.
Abadiy firoqni, hayhot, do‘stlarim,
Abadiy visol deb bildi kelinchak…
Yillar ham o‘tdilar, hamon u yolg‘iz,
Mung‘ayib termular botuvchi kunga.
Ey, nomard tabiat, bormi senda his,
Qaytadan baxt bersang bo‘lmasmi unga?!
Nahot, ishq qismati buncha berahm,
Bunchalar buyuksan vafo shevasi.
Sengadir hurmatim, senga sharafim,
Qahramon jangchining sodiq bevasi.
Abdulla Oripov “qahramon jangchining sodiq bevasini tasvirlar ekan, tabiatga qarshi
isyon qiladi, qayta baxt berishini talab qiladi. Endi she’rning keyingi qismlariga o‘tsak,
keying misralarda Abdulla Oripov sadoqatli ayolni ulug‘lamaydi, bu jihatdan ham tabiatning
achchiq haqiqatini unutmaydi. Ayollar orasida o‘zining sha’niga dog‘ tushirib yurganlar
yo‘qmi oramizda? Yori hayotda o‘tgan bo‘lishiga qaramay, uning xotirasiga cheksiz sadoqat
ko‘rsatib kelayotgan bu Ayolga qarama-qarshi o‘laroq atrofimizda o‘zini ming bitta
bozordan olib – ming bitta bozorga solib yurgan, tirnoq bo‘yatish uchun soatlab navbat
kutuvchi, biroq yorini bir daqiqa kutishda besabrlik qiluvchi bevafolar ozmi dunyoda? Bejiz
Abdulla Oripov ayollarning ikki xildagi obrazini bu she’rda yozmaydi bu orqali shoir
sadoqatli ayolning darajasi naqadar baland ekanligini ko‘rsatib beradi. Bu shoirona qiyos
asarning ta’sir kuchini oshiradi, sodiq beva timsolidagi ayol obraziga mehrimizni yanada
kuchaytiradi. Badiiy obrazlardagi milliylik va tiniqlik, tuyg‘u va ehtiroslar samimiyligi,
[259]
ohangdorlikdagi shiddat va hayajon, syujet va kompozitsiyadagi yaxlitlik «Ayol» she’riga
alohida go‘zallik bag‘ishlaydi.
Hatto zeb-ziynatni yulqib ziyoda
Haykal ham qo‘yingiz bamisli xayol
Shundaylar bo‘lmasa agar dunyoda
Bunchalar muhtaram bo‘lmasdi ayol.
“Yomonni ko‘rmaguncha yaxshining qadrini bilmaysan” degan naql bor xalqimizda.
Yuqorida aytib o‘tganimizdek, agar yomon ayollar bo‘lmaganda bu sadoqat ramzi bo‘lgan
ayolning bu qadar muhtaram ekanligini sezmas edik. Abdulla Oripov bunday ayollarga
haykal qo‘yish kerakligini aytib, ularning vafosi va sadoqatiga o‘z ehtiromini namoyon
qiladi. Abdulla Oripovning “ Ayol” she’ri urush yillaridagi ayollar haqidagi haqidagi
go‘zal qo‘shiq, o‘lmas madhiyadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |