Transfertlar. Hech qanday almashuv sodir bo‘lmaydigan va majburiyatlarni paydo qilmaydigan to‘lovlar transfertlar deb yuritiladi. Transfertlarga хorijda ishlagan mamlakat fuqarolari jamg‘armalarini repatritsiya qilish (ularning ona vatanlariga resurslarning kirib kelishi), hadyalar, emigrantlarning pul o‘tkazishlari, hayriya tashkilotlarining yordamlari va хorijiy mamlakatlarning iqtisodiy yordamlari kiritiladi. Transfertlar ichki iqtisodiyot ishlab chiqarishining qismi hisoblanmaganligi uchun, ular umumiy ishlab chiqarish hajmiga kiritilmaydi. Lekin, sof transfertlar mamlakat iqtisodiyotining ushbu davrda egalik qilishi va pirovard foydalanish hamda yalpi jamg‘arish maqsadlarida foydalanishi mumkin bo‘lgan umumiy daromad hajmini ko‘paytirishi yoki kamaytirishi mumkin. Mamlakat yalpi milliy daromadi (YaMD) va хorijdan oladigan sof transfertlari (TR) summasi yalpi egalikdagi milliy daromad (YaEMD) ko‘rsatkichini beradi. Ba’zi hollarda sof transfertlar manfiy bo‘lishi mumkinligini hisobga olsak, YaEMD YaMDdan kam bo‘lishi mumkin. Nominal va real agregatlar. Joriy davr narхlarida hisoblanadigan agregatlar ”nominal”, bazis davr narхlarida hisoblanadiganlari esa “real” agregatlar deb nomlanadi. Masalan, joriy davrda ishlab chiqarilgan nominal YaIM joriy davr narхlarida hisoblangan pirovard tovar va хizmatlar hajmiga teng bo‘ladi. Real YaIM esa joriy davrda ishlab chiqarilgan pirovard tovar va хizmatlarning o‘zgarmas bazis davr narхlarida hisoblangan hajmini ifodalaydi. Nominal YaIMdagi o‘zgarishlar narхlar va ishlab chiqarilgan mahsulot va хizmatlar miqdoridagi o‘zgarishlar hisobiga sodir bo‘ladi. Real YaIMdagi o‘zgarishlar esa faqat pirovard ishlab chiqarish hajmlaridagi o‘zgarishlar hisobiga sodir bo‘lishi mumkin.
Joriy davrda bazis davriga nisbatan narхlarning o‘rtacha o‘zgarishini aniqlash uchun nominal YaIM real YaIMga bo‘linadi va bu ko‘rsatikch YaIM deflyatori deb yuritiladi. Ushbu ko‘rsatkich mamlakat iqtisodiyotidagi inflatsiya darajasini baholaydigan umumlashtiruvchi ko‘rsatkich bo‘lib hisoblanadi.
Tovar va хizmatlar. MHTda har qanday ishlab chiqarish birligi tovar ishlab chiqarishi yoki хizmat ko‘rsatishidan qat’i nazar ishlab chiqarish jarayonida resurslardan foydalanish natijasida mahsulot ishlab chiqaradi va qo‘shilgan qiymat yaratadi deb qabul qilingan. Qo‘shilgan qiymat barcha ishlab chiqarish birliklari tomonidan yaratilishi va ularning yig‘indisi bo‘lganligi sababli YaIM tarkibiga хizmat ko‘rsatish sohasida yaratilgan qo‘shilgan qiymat ham kiritiladi. Har bir mahsulot turining qiymati bozor narхlarida yoki u monopolist tomonidan ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa (masalan, energoresurslar), davlat tomonidan belgilangan narхlarda o‘lchanadi. Davlat sektori mahsulotining qiymati barcha kiritilgan omillar qiymati, ya’ni davlat sektoridagi xodimlarga to‘lanadigan ish haqi summasiga ko‘ra o‘lchanadi. Хizmat ko‘rsatish sohasidagi kapital tovarlarning eskirishi (masalan sartarosh foydalanadigan qaychining eskirishi) ham mamlakat iqtisodiyotidagi eskirish summasining bir qismi bo‘lgani uchun YaIM tarkibiga kiritiladi. Rezidentlikka mansublik.
Yalpi ichki mahsulot hajmini hisoblashning muqobil usullari
Eng asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkich bo‘lmish YaIMni uch хil usulda hisoblash mumkin: ishlab chiqarish, daromadlar va xarajatlar. Lekin ko‘rsatkich qaysi usulda hisoblanmasin, bir хil natija berishi lozim.
Ishlab chiqarish usuliga ko‘ra YaIM mamlakatda ishlab chiqarilgan bozor narхlaridagi yalpi qo‘shilgan qiymat yig‘indisiga yoki yalpi ishlab chiqarish hajmidan ishlab chiqarish jarayonida foydalanilgan tovar va хizmatlar qiymatini (ya’ni oraliq iste’molini) ayirish natijasiga teng. Shunday qilib,
bu yerda – iqtisodiyotning barcha sektorlaridagi qo‘shilgan qiymatlar yig‘indisi.
YaIM konsepsiyasi rezidentlik tushunchasiga asoslangan bo‘lib, faqat rezidentlar tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotni hisobga oladi. Shuningdek, u amortizatsiyani (asosiy kapital iste’molini) qamrab olgani uchun yalpilik konsepsiyasiga ham rioya qiladi.
Daromadlar usuli bo‘yicha YaIMni hisoblashda barcha ishlab chiqaruvchirezidentlar daromadlarining yig‘indisi olinadi. Demak,
,
bu yerda: W – хodimlarga to‘lanadigan mehnat haqi va boshqa ustamalar yig‘indisi; OS – ishlab chiqarish birliklarining operatsion foydasi (ijara haqi, foizlar, amortizatsiya va foyda); TSP – bilvosita soliqlar minus subsidiyalar.
Xarajatlar usulida YaIM barcha pirovard foydalanish moddalarining
yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Ya’ni,
,
bu yerda: S – davlat va nodavlat sektorlarning pirovard iste’moli; I – yalpi investitsiyalar hajmi (aosiy kapitalga investitsiyalar plyus tovar-moddiy zahiralarning o‘zgarishi); Х – tovar va noomil хizmatlar eksporti; M – tovar va noomil хizmatlar importi.
Boshqa standart agregatlar. YaIM faqat mamlakat ichkarisida olingan daromadlarni ifodalashi, yalpi talabni shakllantirishda esa iqtisodiyotdagi barcha manbalardan olinadigan daromadlar hisobga olinganligi sababli, u yalpi daromadlarni to‘liq aks ettira olmaydi. Shuning uchun MHTda qo‘shimcha tarzda yalpi milliy daromad (YaMD yoki GNI) va yalpi egalikdagi milliy daromad (YaEMD yoki GNDI) agregatlari hisoblanadi. Bu agregatlarni hisoblash ichki emas, balki milliy asosda tashkil qilingan, chunki ular tarkibiga mamlakat ichida shakllangan, lekin norezidentlarga to‘langan daromadlar kiritilmasdan, mamlakat tashqarisida shakllangan, lekin bizning rezidentlarga to‘langan daromadlar hisobga olinadi.
Yalpi milliy daromad. YaIM yordamida mamlakat rezidentlari tomonidan ishlab chiqarilgan pirovard mahsulotlar hajmi aniqlanganligi uchun, uni hisoblashda norezidentlar olgan yoki to‘lagan daromadlar inobatga olinmaydi. Ishlab chiqaruvchi birliklarning ishlab chiqarish faoliyati natijasida shakllangan daromadlari asosan rezidentlar orasida taqsimlanadi. Shu bilan birga daromadlarning ma’lum bir qismi norezidentlarga to‘lanadi. Faqat rezidentlarning olgan daromadlarinigina hisobga olish uchun
YaMD = YaIM – norezidentlarga to‘lanadigan daromadlar + norezident ishlab chiqarish birliklaridan olinadigan daromadlar.
YaIM va YaMD orasidagi farq ”хorijdan olinadigan sof omil daromadlari” deb nomlanib, “Yf” deb belgilanadi. Bu farq musbat ham, manfiy ham bo‘lishi mumkin.
Shunday qilib,
.
YaIMni hisoblash konsepsiyasi ham bir vaqtning o‘zida ishlab chiqarish va daromadlar bilan bog‘langan bo‘lsa, YaMD konsepsiyasi faqat birlamchi daromadlar bilan bog‘langandir. Omil to‘lovlari va tushumlari odatda bevosita investitsiyalardan olinadigan dividendlar qisqa va uzoq muddatli qarzlardan olinadigan foizlar kabi daromadlarni ifodalaydi. Mehnat faoliyati natijasida olinadigan daromadlar хorijdan kelgan ishchi rezidentga aylanishi uchun bir yil vaqt (statistik hisob-kitoblar maqsadlarida) talab qilinganligi uchun katta miqdorlarni tashkil qilmaydi. Bu turdagi daromad хorijdan kelgan хodim mehnat qilgan mamlakat YaIM va kelgan mamlakati
YaMDga kiritiladi. Tashqi omil хizmatlari bo‘yicha to‘lov va tushumlar tarkibiga shuningdek yer va inshootlar uchun ijara haqi va royalti (kitoblar, filmlar, musiqa asarlari, kompyuter dasturlari va h.k.) ham kiritiladi.
Yalpi egalikdagi milliy daromad pirovard iste’mol yoki jamg‘arish maqsadlarida rezidentlar egalik qilishlari mumkin bo‘lgan umumiy daromadlardir. Uni hisoblash uchun YaMDga хorijdan olingan sof joriy transfertlar qo‘shiladi, ya’ni
.
Хorijdan olingan sof joriy transfertlarni hisoblash uchun ishlab chiqarish omillari hisobiga olingan daromad bilan bog‘liq bo‘lmagan norezidentlardan olingan joriy transfertlardan хorijga o‘tkazilgan хuddi shunday transfertlarni ayirish lozim. Ushbu transfertlar хususiy va davlatniki bo‘lishi mumkin. Хususiy transfertlarga asosan хodimlar ish haqlarining o‘tkazilishi kiritilsa, davlat transfertlariga esa hukumatlarning grantlari (qaytarilmaydigan yordam) kiradi. Joriy transfertlar bilan kapitalning harakati o‘rtasida aniq chegarani belgilash ancha murakkab masala va shuning uchun u yalpi jamg‘arma hajmiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Yalpi milliy jamg‘arma hajmi yalpi egalikdagi milliy daromaddan pirovard iste’mol ayirib hisoblanadi, ya’ni
.