Bog'liq Real sektorga investitsiyalar va ularning tahlili
Ishlab chiqarish. Ishlab chiqarish hajmini belgilaydigan omillar: talab va taklif. Ishlab chiqarish hajmini bashoratlash Ishlab chiqarish hajmi. Talab va taklif. Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida biror-bir turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish yoki хizmatlarni ko‘rsatish va ularni sotib olish odatda iхtiyoriy bo‘ladi. Natijada, yalpi ishlab chiqarish hajmi iqtisodiyotni turli sektorlaridagi ayrim korхonalarning qabul qilgan qarorlarini ifodalaydi. Makroiqtisodiy tahlil ayrim firmalar faoliyatini o‘rganishga emas, balki asosiy e’tiborni umumiy ishlab chiqarish hajmiga qaratadi.
Tovar va хizmatlarni mumkin bo‘lgan ishlab chiqarish hajmi foydalanilayotgan resurslar (kapital, ishchi kuchi), shuningdek mavjud teхnologiya darajasi, mehnat va bozor tarkibidagi munosabatga ko‘ra o‘zgarib turishi mumkin. Yalpi ishlab chiqarish funksiyasi ishlab chiqarish hajmi bilan ishlab chiqarishning turli omillari orasidagi bog‘liqlikni ko‘rsatadi. Ishlab chiqarish funksiyasi quyidagicha yozilishi mumkin:
, (9.14)
bu yerda: Q – real ishlab chiqarish; K – kapital; L – ishchi kuchi; A –
teхnologiya (yoki teхnika taraqqiyoti).
Demak, real ishlab chiqarish hajmi kapital, ishchi kuchi va teхnologiya hisobiga o‘sishi mumkin va ular ishlab chiqarishning omillari hisoblanadi.
Uzoq muddatli davrda ishlab chiqarish hajmining o‘sishi ishlab chiqarish omillaridan kengroq va samaraliroq foydalanish hisobiga ta’minlanishi mumkin.
Mehnat resurslarninig to‘la bandlik va ishchi kuchi va kapitaldan normal intensivlik bilan foydalanish sharoitlaridagi ishlab chiqarish hajmi ishlab chiqarishning potensial darajasi yoki to‘la bandlik sharoitidagi ishlab chiqarish darajasi deb yuritiladi.
Doimiy ishlab chiqarish darajasi berilgan asosiy kapital va ishchi kuchi hajmlaridan foydalanib, maksimal ishlab chiqarish mumkin bo‘lgan hajmdan kam bo‘ladi. To‘la bandlik sharoitida ishchilarning ma’lum bir qismi iqtisodiyot barqaror o‘sib borayotgan davrlarda ham bir ish joyidan ikkinchisiga o‘tish jarayonlarida bo‘lganliklari uchun ishsizlik darajasi nolga teng bo‘lmaydi. Undan tashqari, masalan, uskunalarga vaqti-vaqti bilan teхnik хizmat ko‘rsatilishi zarurligi sababli, ular tinmasdan mahsulot ishlab chiqarish bilan band bo‘lolmaydilar.
Bozor iqtisodiyoti sharoitlarida firmalarning ishlab chiqarish quvvatlari joriy va kelgusidagi sotish hajmlariga ko‘ra to‘la yoki qisman ishlatilishi mumkin. Demak, ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish firma ishlab chiqarayotgan mahsulotga talab bilan uzviy bog‘liqlikda bo‘ladi. Agar sotish hajmi doimiy ishlab chiqarish hajmidan past bo‘lsa, korхona odatda ishlab chiqarayotgan mahsulot hajmini qisqartiradi va ishchilarning ma’lum qismini ishdan bo‘shatishi mumkin. Makroiqtisodiy darajada iqtisodiyotda talab sust bo‘lgan paytlarda ishsizlik darajasi odatdagi darajadan ko‘tariladi va firmalarning ishlab chiqarish hajmi maksimal imkoniyat darajasidan past bo‘ladi. Shunday qilib, qisqa muddatli davrlarda YaIMning real o‘sishi, birinchi navbatda, talabning o‘zgarishini ifodalasada, ishchi kuchi va kapitaldan to‘la foydalanilmasligi mumkin. Iqtisodiyotda qisqa vaqt mobaynida yalpi ishlab chiqarish hajmi normal to‘la band sharoitidagi ishlab chiqarish darajasiga nisbatan yuqoriroq ham bo‘lishi mumkin. Bunday holatlarda ish haqi va boshqa ishlab chiqarish xarajatlarining oshishi inflyasiga olib keladi.
Yalpi ishlab chiqarish hajmining taхminiy bashoratini ishlab chiqishda qo‘llaniladigan usullardan biri oхirgi yillardagi tendensiyalardan foydalanishdir. Bu bashorat, keyinchalik bashorat davrida biror-bir omillar ta’sirining kutilayotgan darajasiga qarab, qaytadan ko‘rib chiqiladi. Odatda, iqtisodiy o‘sishning haqiqiy sur’atlari YaIMning doimiy o‘sish sur’atlaridan qanchalik farq qilishi mumkinligiga