Bog'liq Real sektorga investitsiyalar va ularning tahlili
Asosiy o‘zaro bog‘liqliklar. Yalpi daromad va talab bilan to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi saldosi. Yalpi jamg‘arish va investitsiyalar bilan to‘lov balansining joriy operatsiyalar hisobi saldosi. Milliy daromadni hisoblash tamoyillari makroiqtisodiy tahlilda hal qiluvchi rol o‘ynaydigan va shuning uchun alohida e’tibor berish lozim bo‘lgan ikkita muhim o‘zaro bog‘liqliklarga olib keladi. Bu fundamental o‘zaro bog‘liqliklar YaIMni uni xarajatlar usuli bilan bog‘laydigan ayniyatdan kelib chiqadi. Birinchisi yalpi daromad va yalpi xarajatlarni to‘lov balansi joriy hisoblar hisobining saldosi bilan aloqasini ifodalaydi, ikkinchisi esa yalpi jamg‘arma hajmi bilan yalpi investitsiya hajmini yana to‘lov balansining joriy hisoblar hisobining saldosi bilan aloqasini ifodalaydi.
Yalpi daromad va yalpi xarajatlarni to‘lov balansining joriy hisoblar hisobining saldosi bilan bog‘liqligi MHT va to‘lov balansi (TB) orasidagi birinchi turdagi o‘zaro aloqalarni YaIM, YaMD va YaEMD lar orasidagi ayniyatlardan keltirib chiqarish mumkin.
.
Yuqoridagi ayniyat TB ni tahlil qilishda yalpi talab usulining asosi hisoblanadi. Ayniyatning mazmuni shundan iboratki, TBning joriy operatsiyalar hisobidagi kamomad – ushbu davlat daromadga qarab buromad qilmayotganligini, ya’ni ishlab chiqarganiga nisbatan ko‘proq iste’mol qilganligini anglatadi. Boshqacha aytganda, TB joriy operatsiyalar hisobining kamomadi yalpi talabning yalpi daromadlardan ko‘p bo‘lganligini ifodalaydi. Ushbu kamomadni qisqartirish uchun daromadlarni oshirish yoki yalpi talabni kamaytirish lozim. Qisqa fursatlarda ishlab chiqarish hajmini (mos ravishda daromadlarni) ko‘paytirish hozirgi paytda foydalanilmayotgan ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish hisobiga, o‘rta muddatli davrlarda esa chuqur o‘ylangan tizimiy siyosat yuritish orqali amalga oshirilishi mumkin. Yalpi ichki talabni qisqartirish pirovard iste’mol (S) yoki yalpi investitsiyalarni (I) kamaytirish evaziga sodir bo‘lishi mumkin. Yalpi talab va daromadni qamrab olgan ayniyat barqarorlashtirish dasturini ishlab chiqishda katta ahamiyatga ega bo‘lsada, u faqat hisob-kitob shaklidir va joriy operatsiyalar hisobi nazariyasining almashuv kursi, foiz stavkalari va tashqi muhit ta’siri kabi omillarini ifodalamaydi.
Yalpi jamg‘arma va investitsiyalar hajmi va joriy operatsiyalar hisobining saldosi MHT agregatlari bilan joriy operatsiyalar hisobining saldosi orasidagi o‘zaro munosabatlarni belgilashning ikkinchi vositasi bo‘lib mamlakat jamg‘arma va investitsiyalar balansi hisoblanadi. Joriy operatsiyalar hisobining saldosi (SAV) mamlakatdagi jamg‘arma (S) va investitsiyalar (I) orasidagi farq sifatida aniqlanadi.
yoki
Mamlakat iqtisodiyotidagi jamg‘arma va investitsiyalar orasidagi farq =Joriy operatsiyalar hisobining saldosi= = Хorijiy jamg‘armalardan foydalanish
(9.10)
Boshqacha aytganda, mamlakat iqtisodiyotidagi jamg‘arma va investitsiyalar bilan joriy operatsiyalar hisobi saldosi orasidagi balansni hukumatni хorijiy investitsiyalardan foydalanishi sifatida qarash mumkin.
Yopiq iqtisodiyotda yalpi jamg‘arma hajmi yalpi investitsiya hajmiga teng bo‘ladi. Ochiq iqtisodiyotda esa yuqoridagi ikkita ko‘rsatkich orasida farq mavjud bo‘ladi va u joriy operatsiyalar hisobining saldosiga teng bo‘ladi. Boshqacha aytganda, har qanday yalpi investitsiyalar hajmining mamlakatdagi yalpi jamg‘armadan ortgan qismini хorijiy jamg‘armalar hisobiga qorejaishi lozim bo‘ladi. Shunday qilib, joriy operatsiyalar hisobining saldosini kamaytirish uchun jamg‘armalarni ko‘paytirish yoki investitsiyalarni qisqartirish kerak. Agar investitsiyalar jamg‘armalardan katta bo‘lsa, mamlakat bu farqni qoplash uchun хorijdan qarz olishi, ya’ni хorijiy jamg‘armalardan foydalanishi talab qilinadi.
Shunday qilib, jamg‘arma va investitsiyalar orasidagi farqni joriy operatsiyalar hisobining saldosi bilan bog‘lovchi ayniyat yalpi daromad va yalpi talab aytiyatidan kelib chiqar ekan.
Ayniyatlar haqiqiy ahvolni ifodalasada, mamlakat iqtisodiyotida mavjud bo‘lgan deformasiyalarni, iqtisodiy agentlarning ushbu deformasiyalardan manfaatdorligini ifodalovchi хulqini tushuntirib bera olmaydi. Lekin bu ayniyatlardagi o‘zaro aloqalarni tushunish va bilish ichki va tashqi hodisalar orasidagi aloqalarni tahlil qilish uchun zarurdir, chunki ular orqali iqtisodiyot sektorlari orasida moliyaviy resurslar oqimini ochib berish imkoniyati yaratiladi.
Yalpi daromad va yalpi talab hamda joriy operatsiyalar hisobining saldosi orasidagi o‘zaro aloqalar. Bandlik va ishsizlik. Quyida ishsizlik darajasini tahlil qilishda qo‘llaniladigan muhim konsepsiya va tushunchalarni keltiramiz.
Ishchi kuchi – ta’rifga ko‘ra mehnatga layoqatli yoshdagi (erkaklar – 16 yoshdan 60 yoshgacha, ayollar – 16 yoshdan 55 yoshgacha) ishlayotgan va ish qidirayotgan barcha kishilar. Ishchi kuchi tarkibidagi doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan va ish izlayotgan shaхslar ishsiz deb hisoblanadi.
Ishsizlik darajasi – doimiy ish joyiga ega bo‘lmagan va ish ilayotgan shaхslarning umumiy ishchi kuchidagi foizlarda hisoblangan salmog‘i. Demak,
.
Bandlik darajasini tahlil qilishda ish topishdan umidini uzganlar tushunchasi muhimdir. Uzoq muddat davomida band bo‘lmagan va ish topa olmagan shaхslar ko‘pincha ish qidirishga barham berib, ishchi kuchi tarkibidan chiqib ketadilar va shuning uchun ular ishsizlar deb hisoblanmaydi. Natijada, iqtisodiyotdagi haqiqiy ishsizlik darajasi pasaytirib ko‘rsatiladi.