Qarz va kredit qanday tasniflanadi?
Qarz shartnomasi bo‘yicha bir taraf (qarz beruvchi) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) pul yoki turga xos alomatlari bilan belgilangan boshqa ashyolarni mulk qilib beradi, qarz oluvchi esa qarz beruvchiga bir yo‘la yoki bo‘lib-bo‘lib, o‘shancha summadagi pulni yoki qarzga olingan ashyolarning xili, sifati va miqdoriga baravar ashyolarni (qarz summasini) qaytarib berish majburiyatini oladi. Qarz shartnomasi pul yoki ashyolar topshirilgan paytdan boshlab tuzilgan xisoblanadi.
Kredit shartnomasi bo‘yicha bir taraf - bank yoki boshqa kredit tashkiloti (kreditor) ikkinchi tarafga (qarz oluvchiga) shartnomada nazarda tutilgan miqdorda va shartlar asosida pul mablag‘lari (kredit) berish, qarz oluvchi esa olingan pul summasini qaytarish va uning uchun foizlar to‘lash majburiyatini oladi.
“Agrobank” ATBning muhim ma’lumotlari, kredit turlari hamda tashkilot faoliyatining qo‘shimcha xizmatlari bilan tanishish.
Tovar krediti
Taraflar bir tarafning kredit shartnomasi shartlari asosida turga xos alomatlari bilan belgilangan ashyolarni ikkinchi tarafga berish majburiyatini nazarda tutuvchi shartnomani tuzishlari mumkin.
Ashyolarni kreditga berish to‘g‘risidagi shartnomada boshqacha tartib nazarda tutilgan bo‘lmasa, shartnomaning berilayotgan ashyolarning miqdori, assortimenti, to‘liqligi, sifati, idishi va (yoki) o‘ralishi xaqidagi shartlari tovarlarni oldi-sotdi shartnomasi to‘g‘risidagi qoidalarga muvofiє bajarilishi shart.
Tijorat krediti
Bajarilishi uchun pul summalarini yoki turga xos alomatlari bilan belgilanadigan boshqa ashyolarni ikkinchi tarafga mulk qilib topshirish talab qilinadigan shartnomalarda, agar qonun xujjatlarida boshqa xol belgilab qo‘yilgan bo‘lmasa, kredit berish, shu jumladan bo‘nak, oldindan xaq to‘lash, tovarlarga, ishlar yoki xizmatlarga іaє to‘lashni kechiktirish va bo‘lib-bo‘lib to‘lash shaklida kredit berish (tijorat krediti) nazarda tutilishi mumkin.
Bank tizimiga xususiy kapitalni jalb etish bilan birga, banklarni korporativ boshqarish tizimini yanada mustahkamlashga doir chora-tadbirlar ham amalga oshirildi. Xususan, bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Aksiyadorlik tijorat banklarini faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1998 yil 2 oktabrdagi Farmonining qabul qilinishi muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Mazkur Farmon tijorat banklarini boshqarishda aksiyadorlar sonining oshirilishi, bank xodimlarini ishga yollashning shartnoma tizimiga o‘tkazish, kreditlar berish hamda ularning qaytarilishini ta’minlash uchun bankning rahbar va ijroiya organlari javobgarligini oshirishga doir chora-tadbirlar majmuini belgilab berdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |