V.2. Makro-kreditlar:
Makrokredit - turli mulkchilik shaklidagi sub’ektlarga beriladigan eng kam ish haqining 1000 baravari miqdoridan oshadigan kreditlar.
V.3. Mono-kreditlar:
Mono kreditlar - 1-darajali bank kapitalining 25% idan oshadigan miqdorda yirik investitsion loyihalarini sinditsiyalash asosida beriladigan kreditlar.
Kreditlarni rasmiylashtirish va nazorat qilish tartibi
Kreditlar O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining me’yoriy hujjatlari va tijorat banklarining kredit siyosati hamda kredit berish to‘g‘risidagi amaldagi qonun va qoidalar asosida beriladi.
Kredit berish yuzasidan shartnoma tuzishdan avval tijorat banklari qarz oluvchining yuridik huquqini (statusini) va qarzni qaytarish qobiliyatini o‘rganib chiqishi zarur. Shuningdek, qarz oluvchi tomonidan taqdim etilgan biznes-rejada buyurtmalar portfeli tarkibi va bank kreditidan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tovarlar, ko‘rsatilgan xizmatlar bozorining mavjudligi asoslangan bo‘lishi va ushbu masalaga jiddiy e’tibor berilishi shart.
Kredit olish yuzasidan yuridik shaxsning iltimosnomasi zarur hujjatlar bilan birgalikda qabul qilinadi.Qarz oluvchi to‘g‘risidagi zarur ma’lumotlar, kreditni rasmiylashtirish hamda undan foydalanishni nazorat qilish chog‘ida olingan axborotlar qarz oluvchining maxsus kredit hujjatlar yig‘majildida jamlashtiriladi.
Real mol - mulk garovi ostida kreditlash amaliyoti o‘tkazilganda, garov ob’ektining mavjudligi va saqlanishi, joyida kredit berilgunga qadar, shuningdek, kreditlash jarayonida tekshirib borilishi lozim. Berilayotgan kredit miqdori garov yoki boshqa ta’minot summasining 80 (ayrim hollardan tashqari) foizidan oshmasligi kerak.
Kreditlar kredit shartnomasida ko‘zda tutilgan shartlarda beriladi.
Ssuda hisobvarag‘idan berilgan kreditlar barcha holatlarda loyihani amalga oshirish jadvallari hamda belgilangan so‘ndirish muddatlari asosida qarz oluvchining muddatli majburiyati bilan rasmiylashtiradi va bu majburiyatlar muddatlariga ko‘ra “ko‘zda tutilmagan holatlar” deb nomlangan 91901, 91905 va 91907 hisobraqamlarida hisobga olinadi.
Mijozning kredit olish uchun taqdim etgan hujjatlar yig‘majildi, mas’ul kredit xodimi tomonidan, tegishli xulosanoma bilan birgalikda bank kredit qo‘mitasiga (filial kredit komissiyasiga) yakuniy qaror qabul qilish uchun taqdim etiladi.
Mazkur xulosa quyidagilar yoritilgan bo‘lishi lozim:
a) kredit oluvchi to‘g‘risida to‘liq ma’lumotlar, ya’ni
yuridik shaxslar bo‘yicha - faoliyat davri, huquqiy bazasi, manzili, so‘nggi yillar davomida erishilgan yutuq va kamchiliklari, ta’sischilar va ularning ustav sarmoyasidagi ulushi, rahbar xodimlarning ma’lumoti va ish staji;
jismoniy shaxslar bo‘yicha - kredit oluvchi va uning oila a’zolarining mehnat faoliyati, erishgan yutuq va kamchiliklari, yashash manzili, ma’lumoti va ish staji.
b) bankning kredit mablag‘lari yo‘nalishining maqsadi va samaradorligi:
- yuridik shaxslar bo‘yicha: biznes rejaning iqtisodiy samaradorligi yuzasidan tahlili, hududda loyihaga bo‘lgan talab va taklif, buyurtmalar portfeli tarkibi va bank kreditidan foydalangan holda ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan tovarlar, ko‘rsatiladigan xizmatlar bozorining mavjudligi va kredit oluvchining hamkorlari to‘g‘risida ma’lumot, loyihani moliyaviy tahlili asosida kredit so‘ndirilishi istiqbollari va muddatlari, loyihani ijobiy va salbiy tomonlari tahlili;
- jismoniy shaxslar bo‘yicha: iste’mol bozorida kredit mablag‘lariga bo‘lgan talab va taklif, hududda kredit hisobiga harid qilinuvchi mahsulotlar narxi, oldi-sotdi shartnomasining shartlari.
v) kredit oluvchining daromad va harajatlari tahlili:
- yuridik shaxslar bo‘yicha: so‘nggi hisobot davriga moliyaviy hisobotining tahlili, balans ko‘rsatkichlarining real aks ettirilishi, debitor va kreditor qarzlarining aylanish davri hamda muddati o‘tgan qarzlari, pul oqimining tahlili, balansda aktiv va passivlarining tarkibi hamda hajmi, o‘z aylanma mablag‘lari manbasi, samaradorlik, qoplash, likvidlik va muxtoriyat koeffitsientlarining yil boshiga hamda hisobot davriga tahlili;
- jismoniy shaxslar bo‘yicha: o‘rtacha bir oylik daromad tarkibi, oila azolarining bir oylik daromadlari va harajatlari, oilaga qo‘shimcha daromad keltiruvchi manbalar tarkibi, kredit davriga rejalashtirilgan qo‘shimcha daromad va harajatlar, kreditni so‘ndirish manbalari tahlili, kreditni qoplash koeffitsienti, qaytarish istiqbollari;
g) kredit ta’minotini o‘rganish:
- olingan kreditni kaytarmaslik xatarini oldini olish maqsadida mijoz tomonidan taqdim qilingan ta’minot holati tahlili vag arov ob’ektini joyida o‘rganish natijalari to‘g‘risida ma’lumot, ta’minot turining bozor bahosi va bozorda unga bo‘lgan talab;
d) mijozning kredit tarixi, o‘z majburiyatlarini bajarish istiqbollari, xulosa va mijoz hamda moliyalashtirilayotgan loyiha to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumot.
Kredit portfelining monitoringi Kredit qo‘mitasi (komissiyasi) tomonidan amalga oshiriladi. Kreditlashni amalga oshiradigan mansabdor shaxslar kredit siyosati talablarining bajarilishi bo‘yicha shaxsan javobgardirlar. Kredit portfeli monitoringini amalga oshirish uchun Bosh bank Kredit Qo‘mitasiga zarur materiallarni “Kreditlash” boshqarmasi taqdim qiladi. Shu munosabat bilan bank filiallari “Kreditlash” boshqarmasi tomonidan joriy qilingan kundalik, haftalik, oylik, choraklik hisobotlarni mazkur boshqarmaga o‘z vaqtida yetkazilishini ta’minlashlari shart.
Shu o‘rinda alohida ta’kidlab o‘tish kerakki, muxtaram prezidentimiz Shavkat Mirziyoev yaratilayotgan imkoniyatlar, turli hil ajratilayotgan imtiyozli kreditlar, chet el davlatlaridan olib kirilayotgan texnika-texnologiyalarga bojxona bojlari bekor qilinganligi misol qilib keltirishimiz mumkin. Bu esa o‘z navbatida mamlakatimiz iqtisodiyotini rivojlantirish ishlab chiqarish sohasini kengaytirish axoli turmush darajasini yaxshilash, ish bilan bandlikni ta’minlash va dunyo bozorida raqobatlasha oladigan tovar va xizmatlarni yarata olish.
Do'stlaringiz bilan baham: |