Erdonov Muhammadamin SamISI “Real iqtisodiyot kafedrasi” assistenti
Tel: +99894 245 24 74
Ismoilov Shoxrux SamISI talabasi
Real sektor sohasini rivojlantirishda raqamlashtirish muammosi va uning yechimlari
Annotatsiya:Ushbu maqolada Real sektor sohasini rivojlantirishda IT sohasini mukammal o’rganish orqali muammolarga yechim topishga harakat qilindi.
Kalit so'zlar: Raqamlashtirish, raqamli iqtisodiyot, transformatsiya, axborotlar almashinuvi, real sektor korxonalari, komputer savodxonligi.
Annotation: This article seeks to solve problems in the development of the real sector through a thorough study of the IT sector.
Keywords: Digitalization, digital economy, transformation, information exchange, real sector enterprises, computer literacy.
Аннотация: В данной статье ставится задача решить проблемы в развитии реального сектора путем тщательного изучения сферы ИТ.
Ключевые слова: цифровизация, цифровая экономика, трансформация, информационный обмен, предприятия реального сектора, компьютерная грамотность.
Bugungi texnologiyalar zamonida albatta barchamiz birdek raqamlashtirishga va uni kengaytirishga imkon darajada harakat qilmoqdamiz. Raqamlashtirish biz uchun yangi va kashf qilinmagan qirralarni ochib beradi va albatta biz uchun muhim bo'lgan axborotlarni yetkazishda eng muhim o'rin kasb etadi. Raqamlar bilan ishlash Iqtisodiyot sohasining barcha sohalarini jumladan Real sektor sohasini ham qamrab olmoqda.O'zbekiston Respublikasi Davlat rahbarining Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2020-yilning “Ilm, maʼrifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili”, deb eʼlon qilinishi hamda shu boʻyicha “Yoʻl xaritasi” ishlab chiqilgani ham yuqoridagi ustuvor yoʻnalishlar roʻyobida salmoqli rol oʻynamoqda. Chunonchi, kelasi besh yil ichida raqamli iqtisodiyotga oʻtish vazifasi qatʼiy maqsad sifatida belgilab qoʻyilgani nafaqat xalqaro ekspertlar hamjamiyati tomonidan qizgʻin kutib olindi, balki bugungi pandemiya davrida ham nihoyatda ratsional qaror boʻlganini koʻrsatmoqda. Shunday ekan, yaqin yillarda biznes yuritish muhiti boʻyicha dunyoning eng old ellik davlati safiga kirsak, ajabmas.Iqtisodiyotni raqamlashtirish kelajakda real raqobatbardoshlikni uzoq muddatga saqlab qolish imkoniyatidir. Ayniqsa, quruqlik bilan oʻralgan va jahon portlariga chiqish yoʻli uzoq boʻlgan Oʻzbekistondek davlat uchun bu muhim masala.
Raqamli iqtisodiyot elektoral madaniyatning yuksalishi hamdir. U taraqqiy etsa, biz ana shu aqliy qoloqlikdan qutulamiz. Aqliy qoloqlikdan qutulish orqali vaqtdan, ogʻir yoki ortiqcha mehnatdan xalos boʻlamiz, sifat koʻrsatkichiga ega chiqamiz, ilgʻor davlatlar va xalqlarga yaqinlashamiz, jumladan, kambagʻallik ham kamayadi.
Shu oʻrinda alohida taʼkidlash joiz, raqamli iqtisodiyot korrupsiya va “yashirin iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir.
Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi, kerak paytda maʼlumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biron maʼlumotni yashirish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida toʻliq axborot bermaslikning iloji yoʻq, tizim hammasini namoyon qilib qoʻyadi.
Aytish joizki raqamli transformatsiya ko'plab imkoniyatlarni ochib beradi Birinchidan tushum usadi, bu bizness mahsulot va xizmatlarning yangi yunalishlarini ishga tushirish hisobiga yuz beradi. Ikkinchi ijobiy samara operatsion xarajatlarning pasayishi va jarayonlar samaradorligi oshishida namoyon bo'ladi. Bu borada " korxonalar nimalarga duch kelishi va nimalarga tayyor turishi kerak?" degan savol yuzaga chiqishi mumkin. Real sektor korxonalari avval boshidayoq faqat malum vaqtdan keyingina o'zini oqlaydigan katta harajatlarga tayyor turishi lozim. Bazida korxonalar darxol samara bo'lishini kutadilar buning esa har doim ham iloji yuq. Jarayonlar bosqichma bosqich yulga quyiladi. Hodimlar yangicha ishlashga kunikadilar va albatta bu sohada ilmiy tajribalarini oshirishga tug'ri keladi. Mijozlar esa joriy etilgan mahsulotlar tug'risida habardor buladilar va ulardan foydalana boshlaydilar.
Ikkinchidan rahbariyat va hodimlarning raqamli savodxonligini oshirish ustida ishlashga tug'ri keladi. Bu undovlar noyob narsa emas. Butun jahondagi kampaniyalar bunga doimiy ravishda duch keladilar. Ishlab chiqarilgan mahsulotni haridor qo'liga yetkunga qadar bo'lgan jarayonni raqamlashtira olgan korxonalarda korrupsion holat yirik darajada pasayadi yoki umuman oldi olinishi ham mumkin. Chunki barcha raqamlashgan sohalar sizga jarayon tug'risida aniq malumotlarni soniyalarda yetkazib turadi. Bu esa real sektor korxonalarining samarasini oshirishga hamda bir muncha vaqtning tejalishiga foyda keltiradi.
Bugungi kunda raqamlashtirish sohasining oldida turgan eng katta muammolardan biri bu IT sohasida savodxonligining yetarli darajada emasligi. Ha albatta katta muammo , ammo barcha masalaning yechimi bulganidek bu muammoning ham yechimini turt tomondan kurib chiqishimiz kerak. Birinchidan yetarli darajada ya'ni bir ishchi hodim uchun kerak buladigan komputer savodxonligini urganish va kunlik amaliy kunikmalarni hosil qilish.
Ikkinchidan yangi turdagi raqamlashtirishga oid bilimlarni bosqichma bosqich urganish va amalyotda qullay olish.
Uchinchdan jahon tajribalarini kunlik kuzatib borish va barcha yangiliklarni imkon darajada korxonaga yetkazish va hodimlarga malaka darajasida yordamlashish.
Turtinchidan real sektor korxonalari, xususiy korxonalar, xizmat ko'rsatish va boshqa barcha sohalarda kamchiliklarni qayd etib borish va kelgusida ularni bosqichma bosqich bartaraf etish.
3.O'zbekistonda davlat ishtirokidagi kampaniyalar iqtisodiyotning katta qismini egallaydi . Shuning uchun ularni raqamlashtirish mamlakat YAIM ning usishiga bevosita tasir kursatadi. Boshqacha qilib aytganda davlat sektorining raqamli transformatsiyasi O'zbekistonda iqtisodiy usishning drayverlaridan biri bo'la oladi. Jahonda raqamli transformatsiya davom etmoqda hattoki katta sohalarda ham amalga oshirilmoqda. Ba'zi sohalar allaqachon Axborot texnologiyalarining anchagina tasiriga uchragan (moliyaviy xizmatlar, telekommunikatsiyalar,reteyl(chakana savdo),media sektori) bu yulning boshida turibdi va raqamli texnologiyalarni ayrim jarayonlargagina(neft -gaz va tog' kon tarmog'i qishloq xujaligi,mudofaa sanoati) joriy etmoqda.Bu bilan birinchilardan bo'lib jadal raqamlashtirish ular uchun raqobatbardoshlikni oshirish hamda kelgusidagi havf hatarlarga tayyor turishi kerakligini kuzatishda yordam beradi.Xulosa qilib aytadigan bo'lsam real sektor korxonalarida raqamlashtirish qisqa muddatda o'z natijalarini ko'rsatadi va aholiga yuqori darajadagi qulayliklarni yaratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |