Rayonlari va yirik tabiiy-iqtisodiy mintaqalari



Download 300,96 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/5
Sana29.12.2021
Hajmi300,96 Kb.
#80463
  1   2   3   4   5
Bog'liq
12-Mavzu.Oʻzbekistonning iqtisodiy geografik rayonlari va yirik tabiiy- iqtisodiy mintaqalari



12-MAVZU: OʻZBEKISTONNING IQTISODIY GEOGRAFIK 

RAYONLARI VA YIRIK TABIIY-IQTISODIY MINTAQALARI 

 

1.  Iqtisodiy  rayonlashtirish  mintaqalar rivojlanishini  boshqarishning  muhim 



shakli sifatida 

2.  Respublikani iqtisodiy rayonlashtirish 

3.  Oʻzbekiston iqtisodiy rayonlarining oʻziga xos xususiyatlari 

 

1. Iqtisodiy rayonlashtirish mintaqalar rivojlanishini boshqarishning muhim 



shakli sifatida 

Iqtisodiy  rayon  (latinchada  «regio»  region-mamlakat,  oʻlka,  viloyat)-bu 

mamlakatning bir qismi boʻlib, uning ichidagi barcha iqtisodiy ob’yektlar bevosita 

yoki bilvosita ixtisoslashuvning biron bir funksiyasini bajaradi. 

A.S.Soliyev rayon ham hudud, ammo hududning maʻlum bir oʻxshashliklarga 

ega  boʻlgan  muayyan  bir  qismidir.  Tabiiy  geografiyada  rayon  turli 

komponentlarning  majmuasi  shaklida  vujudga  kelgan  landshaft  tipi,  iqtisodiy  va 

ijtimoiy  geografiyada  esa  u  hududiy  mehnat  taqsimoti  natijasida  shakllangan, 

iqtisodiy-ijtimoiy hayotning maʻlum soha yoki yoʻnalishlariga ixtisoslashgan aniq 

hududdir, deb taʻriflaydi (Soliyev A.S., 2007). 

N.N.Kolosovskiyning fikricha, rayonlashtirish nazariyasini rivojlantirib, uning 

fundamental  ahamiyati,  har  bir  fanning  eng  murakkab  tomoni  uning  maʻzmun 

mohiyatini  ifodalaydigan  tushunchasini  ochib  berishdir.  Matematikada  masalan, 

sonlar  haqidagi  taʻlimot.  Fizikada  materiya  va  energiya  haqidagi  taʻlimot, 

biologiyada xujayra, geografiyada esa rayon haqidagi taʻlimotdir (Pliseskogo Ye.L., 

2008). 


Rayonlashtirish  jamiyatni  iqtisodiy,  ijtimoiy,  siyosiy  va  milliy  jihatdan 

rivojlantirish  maqsadida  ajratiladi  va  unda  albatta  ichki  bir  butunlilik  tamoyili 

muhim  oʻrin  tutadi.  Iqtisodiy  rayonlashtirish-  mamlakat  hududlarini  iqtisodiy 

rayonlarga  ajratishdir.  Bu  oʻz  navbatida,  mintaqalar  iqtisodiyotini  rivojlantirishda 

boshqarishning muhim bir vositasi va asosi hisoblanadi. 

Rayonlarni  ajratish  murakkab,  rayonlashtirishning  oddiy  va  murakkab 

shakllari  mavjud.  Masalan,  mamlakat  hududini  turli  geografik  tomonlar  bilan 

nomlash  (Markaziy,  Gʻarbiy,  Sharqiy,  Janubiy,  Shimoliy  va  ularning  oraliqlari 

Shimoliy-sharqiy,  Janubi-sharqiy,  Shimoli-gʻarbiy,  Janubi-  gʻarbiy)  yoki  alohida 

orollar,  yarim  orollar,  anklav  va  eksklav  hududlarni  toʻgʻridan-toʻgʻri  iqtisodiy 

rayon  maqomida  koʻrish  rayonlashtirishda  uncha  qiyin  emas.  Haqiqiy 

rayonlashtirish alohida, rayonlar chegarasini aniqlash esa iqtisodiy makonni uning 

ichki  tuzilish  (tarkib)  xususiyati,  ishlab  chiqarishning  ixtisoslashuvi  va 

mujassamlashuvi, kombinasiyasi, rayon hosil qiluvchi markazlarning mavjudligini 

hisobga olgan holda ajratiladi (Soliyev A.S., 2007). 

Rayonlashtirish  mintaqaviy,  maqsadli  dasturlarni  amalga  oshirishda, 

mintaqaviy  siyosat  masalalarida,  moddiy  ishlab  chiqarish,  yoqilgʻi-energetika  va 

boshqa  sohalarda  muammolarni  hal  etishda  muhim  oʻrin  tutadi.  Shuningdek, 

rayonlashtirishda  quyidagi  rayon  hosil  qiluvchi  omillarga,  yaʻni  rayon  tarkibiga 

kirgan hududlar mamlakat milliy iqtisodiyotining bir qismi sifatida uni taraqqiyotida 




faol  ishtirok  etishi,  ulkan  mehnat  va  demografik  salohiyatga  ega  boʻlishi,  bir 

butunlilik  tamoyiliga  amal  qilishi,  rayon  hosil  qiluvchi  tarmoqlarning  mavjudligi, 

iqtisodiyotning  baʻzaviy  tarmoqlarining  rivojlanganligi,  transport  va  boshqa 

infrastruktura tizimining shakllanganligi va hakozolarga alohida eʻtibor qaratiladi. 

Qaysiki,  mehnat  taqsimotidagi  jiddiy  oʻzgarishlar,  yirik  masshtabdagi  yangi 

foydali qazilma konlarining topilishi va ishga. 

solinishi hamda boshqa hududiy siljishlar rayonlar chegarasining oʻzgarishiga yoki 

uni  qayta  koʻrib  chiqishga  sabab  boʻlishi  mumkin.  Masalan,  Gʻuzor  -  Boysun  - 

Qumqoʻrgʻon  temir  yoʻlining  qurilishi  bilan  Surxondaryo  va  Qashqadaryo 

viloyatlari  Janubiy  iqtisodiy  rayon  tarkibi  sifatida  koʻrila  boshlandi.  Ammo, 

mustaqillik  yillarida  ichki  hududiy  mehnat  taqsimoti,  iqtisodiy  va  mintaqaviy 

integratsiya jarayonlari, yangidan yangi konlarning ishga tushishi va uning negizida 

ishlab  chiqarishning  rivojlanishi,  transport  tizimidagi  islohotlar  respublikani 

iqtisodiy rayonlashtirishda yana oʻzgarishlar roʻy berishidan dalolat beradi. 

 


Download 300,96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish