Raxmonqulova Niginaning 10-sinflar uchun namunaviy dars ishlanmasi



Download 26,65 Kb.
bet4/5
Sana24.02.2021
Hajmi26,65 Kb.
#59686
1   2   3   4   5
Bog'liq
2 5296390129957472167

Yangi mavzu bayoni. Dastlab, 10-sinflar uchun tayyorlangan " Okeaniya davlatlari” mavzusidagi slaydlar yordamida monitor orqali namoyish etiladi. Shundan so‘ng o‘qituvchi darslik, devoriy xarita va o‘quv atlasidan foydalangan holda mavzuni tushuntirib beradi.

Okeaniya Tinch okeanining janubi-g‘arbiy va markaziy qismlarida joylashgan orollar guruhidan tashkil topgan bo‘lib, uning umumiy maydoni – 1,26 mln km² ni tashkil etadi. Mazkur mintaqada 11 mln kishidan ortiq aholi istiqomat qiladi. Uning tarkibida 40 ga yaqin turli davlat, mamlakat va hududlar mavjud bo‘lib, ularning 13 tasi mustaqil davlat hisoblanadi. Okeaniya siyosiy xartasida 1 federativ davlat (Mikroneziya Federativ shtatlari), 1 ta monarxiya davlati (Tonga) va turli davlatlarning qator mustamlaka hududlari (masalan: Amerika Samoasi, Guam, Kingmen rifi (AQSH), Pitkern (Buyuk Britaniya), Norfolk, Ashmor va Kartye orollari (Avstraliya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniya (Fransiya) va b.) mavjud. Okeaniya davlatlari tarkibiy jihatdan Melaneziya, Polineziya va Mikroneziya mintaqalariga ajratiladi .

Asosan ekvatorial, subekvatorial, tropik, subtropik va mo‘tadil mintaqalar hududida joylashgan. Yog‘in miqdori 1500–4000 mmni, o‘rtacha harorat esa +24° C; +28° C ni tashkil etadi. Yirik tog‘li orollarda qizil, tog‘ laterit, tog‘ o‘tloq, jigarrang qo‘ng‘ir, jigarrang tuproq turlari tarqalgan. Atollarda esa nisbatan past unumli, g‘ovaksimon, suvni o‘zida saqlash imkoniyatiga ega bo‘lmagan tuproqlar mavjud. Suv resurslari bilan yaxshi ta’minlangan. Sepik (1126 km), Flay (1050 km), Uaikato (425 km) Okeaniyaning eng yirik daryolari hisoblanadi. Orollarda mineral resurslardan nikel (Yangi Kaledoniya), neft va gaz (Papua-Yangi Gvineya, Yangi Zelandiya), mis (Papua-Yangi Gvineya), oltin (Papua-Yangi Gvineya, Fidji), fosfat (Nauru), dengiz hudularidagi iqtisodiy zonalarda temir-marganes qotishmalari, kobalt kabilar qazib olinadi.

Okeaniya orollari davlatlarining asosiy qismi aholi soni kam bo‘lgan davlatlar hisoblanadi. Aholisi, asosan, avstraloid kichik irqiga mansub polinez, melanez, mikronez va papuaslardan tashkil topgan. Milliy tarkibida turli qabila va urug‘ vakillarining salmog‘i yuqori. Ular papuas va avstronez oilalariga mansub. Lekin, mahalliy tillar deyarli muomalada emas. Asosan, muloqotda ingliz va fransuz tillaridan foydalaniladi. Xristian diniga e’tiqod qiluvchilar salmog‘i yuqori, bundan tashqari, qabilalarda an’anaviy dinlarga e’tiqod qiluvchilar ham bor.

Okeaniya davlatlari orasida Yangi Zelandiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot darajasiga ko‘ra oldingi o‘rinda turadi. Rivojlanish xususiyatiga ko‘ra “ko‘chirilgan kapitalizm” davlati hisoblangan ushbu davlat ikkita yirik (Shimoliy va Janubiy orollar) va 700 dan ortiq kichik orollardan tashkil topgan. Hududining 75% i dengiz sathidan 2000 m balandda joylashgan bo‘lib, hududida mineral resurslardan oltin, kumush, tabiiy neft, ko‘mir, turli rangli metallar tarqalgan. Suv resurslariga bilan yetarlicha ta’minlangan bo‘lib, bu yerda 40 dan ortiq daryo va 3280 ta ko‘llar mavjud. Iqtisodiyoti rivojlanishida bu yerda tarqalgan to‘q qo‘ng‘ir, sariq-qo‘ng‘ir, tog‘ tipli tuproqlar katta ahamiyatga ega. 2 mln gektarga yaqin o‘rmon hududlari ham bor. Shu bilan birga tabiiy rekreatsion resurs imkoniyatlari yuqori. Iqtisodiyoti industrial tipda bo‘lgan Yangi Zelandiya sanoatida konchilik, metallurgiya, yoqilg‘i energetika va oziq-ovqat tarmoqlari yaxshi rivojlangan. Chorvachilikda sut chorvachiligi va qo‘ychilik, dehqonchilikda esa bog‘dorchilik va uzumchilik asosiy qishloq xo‘jalik sohasi hisoblanadi. Transportida quruqlik transport turlari bilan birga dengiz transportining ahamiyati katta. Oklend (Yangi Zelandiyaning yagona millioner shahri), Gamilton, Vellington shaharlarini davlatning eng yirik iqtisodiy markazlari sifatida ko‘rish mumkin.

Yangi mavzuni mustahkamlash. Yangi mavzuni mustahklamlash yangicha "Meni farqlab ol ” o‘yini asosida o‘tkaziladi. Bunda o‘quvchilarga turli Okeaniya davlatlari nomlari aytiladi. O‘quvchilar esa bu davlat Okeaniya davlatlatining qaysi tarkibiga kirishi haqidama‘lumot berishadi. Yangi va qiziqarli ma‘lumotlar bilan qopshimchalar kiritush esa yangi ballarni o‘quv-chilarga taqdim etadi. Masalan, Norfolk, Ashmor va Kartye orollari (Avstraliya), Fransuz Polineziyasi, Yangi Kaledoniyakabilar




Download 26,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish