DARSNING BORISHI:
Tashkiliy qism(salomlashish, davomatni aniqlash, sinf tozaligini va o‘quvchilarning darsga tayyorgarligini tekshirish).
O‘qituvchi darsga kirib kelib, o‘quvchilar bilan salomlashadi
Shundan so‘ng o‘qituvchi davomatni aniqlaydi, sinf tozaligini va o‘quv-chilarning darsga tayyorgarligini tekshiradi.
O‘tilgan mavzuni takrorlash. O‘tilgan " Aftika subregionlari" mavzusini yangicha “Guruhlar jangi " o‘yinidan foydalangan holda takrorlanadi. Avvalo o‘quvchilarni 5 ta guruhlarga bo‘lib olish kerak bo‘ladi. Keyin esa o‘quvchilarga quyidagi shartlar beriladi. Har bir guruhdan bittadan ishtirochi chiqib bu shartlarni bajaradi.
1. Subregion chegaralari hamda davlatlarini kartada ko‘rsatish.
2. Subregiondagi mamlakatlar davlat tuzimi.
3. Subregion davlatlarining iqtisodiy geografik o‘rni haqida.
4. Subregion davlatlarining iqtisodiyoti haqida.
Do'stlaringiz bilan baham: |