№
|
Ish ketma- ketligi
|
Ishni bajarish bo‘yicha ko‘rsatma
|
Asboblar
|
Jihoz va moslamalar
|
O‘lchov
|
Ish
|
|
|
1
|
Ish o‘rni tashkil etiladi va kerakli xomashyo tayyorlab olinadi
|
|
Chizg‘- ich
|
Ombur
, o‘tkir tig‘li kes- kich picho- g‘i
|
Bir marta ishlatiladi- gan plastmassa idish, aluminiy sim.
|
2
|
Idishning yuqori qismi o‘tkir tig‘li keskich pichog‘i yordamida kesiladi
|
|
|
o‘tkir tig‘li kes- kich picho- g‘i
|
Bir marta ishlatiladi- gan plastmassa idish
|
3
|
Idishning yuqori
qismini o‘tkir tig‘li keskich pichog‘i yordamida kesib ajratib olamiz
|
|
|
o‘tkir tig‘li kes- kich picho- g‘i
|
Bir marta ishlatiladi- gan plastmassa idish
|
4
|
Idishning ikki yon tomonidan keskich yordamida teshik ochamiz
|
|
|
o‘tkir tig‘li kes- kich picho- g‘i
|
Bir marta ishlatiladi- gan plastmassa idish
|
|
|
|
5
|
Ochilgan teshiklardan aluminiy simning 2smni o‘tkazamiz
|
|
|
|
Bir marta ishlatiladi- gan plastmassa idish, aluminiy sim.
|
6
|
Ochilgan teshiklardan aluminiy simning 2smni o‘tkazib, ombur yordamida mustahkam- laymiz
|
|
|
Ombur
|
Bir marta ishlatiladi- gan plastmassa idish, aluminiy sim.
|
7
|
Savatchamiz bezak berish uchun tayyor holatga keldi
|
|
|
|
|
8
|
Savatchani bezash uchun kerakli xomashyo tayyorlab olinadi
|
|
Chiz- g‘ich
|
Qaychi
,
yelimli pistolet
|
Gofrili qog‘oz, savatcha, lenta
|
|
|
|
9
|
Gofrili qog‘ozni savatchaga yelimlaymiz
|
|
|
Yelim- li pistolet
|
Gofrili qog‘oz, savatcha
|
10
|
Yelimlab bo‘lgandan keyingi ko‘rinishi
|
|
|
|
|
11
|
Savatchaning dasta qismiga bezak lenta yelimlaymiz
|
|
|
Qaychi
,
yelimli pistolet
|
Lenta
|
12
|
Lenta yelimlab bo‘lingandan keyingi ko‘rinishi
|
|
|
|
|
13
|
Savatchaning pastgi qismiga bezak lenta yelimlaymiz
|
|
|
Qaychi
,
yelimli pistolet
|
Lenta
|
14
|
Yelimlab bo‘lgandan keyingi ko‘rinishi
|
|
|
|
|
|
Bu texnologik xaritaning afzalligi shuki: amaliy mashg‘ulot jarayonida o‘quvchilar o‘rtasida muammoli vaziyat yuzaga keldi. Bezash uchun turli xil qutilari mavjud lekin savatchalari yo‘q edi. Bu muammoli vaziyatdan chiqish maqsadida o‘quvchilardan ortiqcha xarajat talab qilmaydigan, chiqindiga tashlab yuboriladigan idishdan savatcha yasashning texnologik xaritasini tayyorladim.
“Mening innovatsion g‘oyam” metodi.
guruh. Savat bezash
guruh . Quti bezash.
Bu metodda har bir guruh o‘zining yangi innovatsion g‘oyasidan foydalanib bezaydi va so‘ngida g‘olib jamoa aniqlanadi.
Bu metodning afzalligi o‘quvchilar orasida tashabbuskor,
ijodkor, iqtidorli, qobiliyatli o‘quvchilarni aniqlash imkonini beradi va o‘quvchilarni yangi g‘oyalar sari intilib kreativ fikrlashga o‘rgatadi.
Mustahkamlash.
“Mening innovatsion g‘oyam ”metodi orqali mustahkamlanadi.
Uyga vazifa. O‘tilganlarni o‘qib boshqotirma tuzish.
TEXNOLOGIYA FAN TO‘GARAKLARI UCHUN
MAVZU: Zargarlik san’ati. Zirak tayyorlash texnologiyasi.
Darsning maqsadi:
Ta’limiy maqsad: O‘quvchilarga zargarlik san’ati, zirak tayyorlash texnologiyasi haqida ma’lumotlar berish.
Tarbiyaviy maqsad: O‘quvchilarni tozalikka, mehnatsevarlikka o‘rgatish. Turmushdagi ehtiyojlar va ulardan foydalanishni
tushuntirish. Texnika xavfsizligi qoidalari, ish o‘rnini tashkil qilish qonun qoidalarini tushuntirish, sanitariya - gigiyena
talablariga to‘liq rioya etishni o‘rgatish.
Rivojlantiruvchi maqsad: O‘quvchilar tasavvurida zargarlik san’ati, zirak tayyorlash texnologiyasi haqida bilim, ko‘nikma va malakalarni hosil qilish.
Tayanch kompetensiyalar:
texnologiya faniga oid atamalarni topishda media vositalardan foydalanib, didaktik topshiriqlarni bajarish axborot
manbalaridan (televizor, radio, audio-video yozuv, telefon) foydalana olish; fayllarni ochishda media-madaniyatga rioya qilish.
Fanga oid kompetensiyalar: texnologiya fanini o‘rganish; amaliy ishni bajarishda tozalikka rioya qilish, kattalarni gapiga quloq tutish,mehnatsevarlik, to‘g‘rilik, hurmat qilish kabi
sifatlarga ega bo‘lish, to‘g‘ri so‘z bo‘lish, o‘rtoqlarining xatosini tushuntirish, kattalarga, kichiklarga, o‘rtoqlariga yordam berish, o‘qib-o‘rganish orqali bilimini oshirib borish.
Dars turi: Yangi bilim beruvchi. Bilimlarni mustahkamlovchi. Kompetentlikni shakllantiruvchi
Dars uslubi: Tushuntirish, suhbat, tezkor savol – javob, amaliy mustaqil ishlar bajarish, munozara, muammoli topshiriq, ko‘rgazmali va boshqalar.
Dars metodi: guruhlarda ishlash, “Kim epchil-u, kim chaqqon”, “Ko‘rsam tezroq o‘rganaman”, “Muammo va yechim”, “Krossvord”, “Labirint”, “Tushunchalar tahlili” “Kubik” “Charxpalak”, “T-jadval”, “BLITS savol” va shu kabi metodlar (belgilangan metodlardan darsda qo‘llanilishi lozim bo‘lganining tagiga chizing).
Dars jihozi: texnologiya fani o‘quv xonasi, rasm va tarqatma materiallar, o‘quv qurollari, elekron materiallar, test materiallari, shablonlar, mehnat qurollari.
Darsning borishi: Tashkiliy qism:
Salomlashish b)Davomatni aniqlash
s) darsga tayyorgarlik ko‘rish
Uyga vazifani so‘rash:
Savol – javob o‘tkazish b)Topshiriqlarni tekshirish
s) o‘quvchilarni baholash
Yangi mavzu bayoni:
1880-yil Dalvarzintepadan mil.av.I-asrga tegishli zargarlik buyumi bo‘yin taqinchog‘i topilgan. Arxeologik topilmalar zargarlik qadimdan mavjudligini ko‘rsatadi. Buxoro,
Samarqand, Qo‘qon, Toshkent, Shahrisabz, Xiva va boshqa shaharlarda zargarlik san’ati juda keng rivojlangan.
19-asr oxiri 20-asr boshida o‘ziga xos ishlanishi , shakli, bezaklari, xususiyatlari bilan bir-biridan farq qilgan xilma-xil zargarlik buyumlari keng tarqalgan, ziynat buyumlari
to‘plamlari vujudga kelgan.
Zargarlik- badiiy hunarmandchilik sohasi bo‘lib, oltin , kumush, mis , qalay kabi rangli metallardan zebu-ziynat buyumlari (taqinchoqlar) , bezak buyumlari yasash kasbidir.
O‘zbekiston mustaqillikka erishganidan so‘ng zargarlik san’ati yanada jonlandi. Ijod qilayotgan ustalar asosan 2 yo‘nalishda : mahalliy zargarlik (unutib borilayotgan an’analarni qayta
tiklash) va zamonaviy uslubda zargarlik buyumlari yaratish ustida ijod qilmoqdalar.
Hozirgi kunda usta-zargarlar bilan bir qatorda bir necha
birlashmalar – “Fonon” va “Kumush” birlashmasi, “Nur” davlat zargarlik markazi , “Musavvir” , “Ustazoda” kabi markazlar ham ichki bozorni zargarlik buyumlari bilan to‘ldirmoqda .
Toshkentda 2001-yil aprelda “Zargarlik - 2000” , 2002-yil aprelda “Zargarlik- 2002” xalqaro ko‘rgazmalari namoyishi
o‘tkazildi. Ushbu ko‘rgazmada ko‘pgina davlatlarning zargar ustalari o‘z asarlari bilan qatnashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |