YUNESKO Birlashgan maktablar tarmog’i
1953-yilda asos solingan YUNESKO ning Birlashgan maktablar dasturi tarmog’I YUNESKO ning ta’lim sohasidagi asosiy dasturi hisoblanadi. Ushbu dasturning asosiy maqsadi xalqaro hamjihatlik, tinchlik, madaniayatlararo muloqot va barqaror taraqqiyot g’oyalarini targ’ib etish hamda ta’lim sifatini oshirilishga qaratilgan.
Ushbu tarmoqni O’zbekistonda rivojlantirish bo’yicha YUNESKO ishlari bo’yicha O’zbekiston Respublikasi Milliy komissiyasi faol ish olib bormoqda. 1996-yildan buyon, ushbu tarmoqqa O’zbekistonning 45ta ta’lim muassasasi (o’rta ta’lim maktab,akademik litsey va kasb-hunar kollejlari) a’zo bo’lgan. Ushbu ta’lim muassasalari bir qator xalqaro dasturlarda muvaffaqiyatli qatnashib, “Ta’lim barcha uchun” maqsadlarini va BMTning barqaror taraqqiyot ta’limi o’n yilligini targ’ib etib kelmoqda.1997-2007-yillarda BMT tizimi tashkilotlari, xalqaro, mintaqaviy va milliy nodavlat notijorat tashkilotlari bilan hamkorlikda Birlashgan maktablar tarmog’iga a’zo muassasalar uchun Markaziy Osiyo mintaqasi yoshlar yozgi lageri tashkil etib kelindi. Ushbu o’quv lagerlarining asosiy maqsadi hozirgi global muammolar haqida yoshlarning xabordorligini oshirish, umuminsoniy va umuminsoniy va milliy qadriyatlar haqida bilimlarni oshirish va ijtimoiy islohatlarda yoshlarning faol va bunyodkor o’rnini targ’ib etishdan iborat. O’quv lageri barqaror madaniy merosi kabi mavzularni qamrab olgan.
Lager misolida yoshlar orasida tinchlik madaniyati, xalqaro hamjihatlik g’oyalarini targ’ib etgani uchun, O’zbekiston Respublikasi YUNESKO ishlari bo’yicha milliy komissiyasi YUNESKOning “Tinchlik qo’limizda” sovrini bilan 2001-yilda taqdirlandi. 2000-yilda esa O’zbekiston mutaxasisi Osiyo va Tinch okeani mintaqasida Birlashgan maktablar tarmog’ining eng ilg’or milliy muvofiqlashtiruvchisi deb topildi.
Birlashgan maktablar tarmog’I doirasida O’zbekiston maktablari UNESKOning turli dasturlarida faol qatnashib kelmoqda, jumladan,”Patrimonito”,”Mondialogo” va o’quvchilar almashinuv dsaturlari. Turli YUNESKO nashrlari o’zbek tiliga tarjima qilinib, tarmoq maktablari orasida tarqatildi: “butunjahon merosi yoshlar qo’lida”,”Bag’rikenglik tinchlik sari olg’a qadam”, “Demokratiya: 80 savolga 80 javob”, “Har bir inson…”.
Birlashgan maktablar tarmog’iga a’zo Zarafshon shahridagi 1-sonli ixtisoslashgan maktabi YUNESKO Mondialogo maktab tanlovida g’olib deb topildi (2006-yil). Toshkent shahridagi 17-son maktabi “Barqaror taraqqiyot ta’limi” mavzusidagi YUNESKOning Osiyo va Tinch okeani mintaqasi tanlovida g’olib deb topildi, maxsus faxriy yorliq bilan taqdirlandi(2006-yil).
“Suv va tabiiy manbalarni boshqarish” (Toshkent shahridagi 17-sonlimaktabi) va “Sahroda oazis yaratish”(Zarafshon shahridagi 1-sonli ixtisoslashgan maktabi) loyihasi Osiyo va Tinch okeani mintaqasida barqaror taraqqiyot ta’limi doirasida 2009-yilning eng ilg’or tajriba loyihalari deb topildi.
O’zbekiston ta’lim tizimiga yangi innovatsion uslublarni joriy etish maqsadida bir qator o’quv seminarlar o’tkazildi:
YUNESKOva UNISEF qo’shma FRESh loyihasi doirasidagi “Ta’lim muassasalarida sanitariya va gigeniya” mavzusidagi o’quv seminarlar (2005-yil noyabr, 2007-yil sentabr oylarida);
“Ta’limda boshqaruv va axborot tizimlari” mavzusidagi milliy seminar (2005-yil dekabr);
Xalq ta’limi vazirligi, YUNESKOning Toshkentdagi vakolatxonasi, UNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan “Ta’lim barcha uchun” harakat dasturining o’rta muddatli tahlili bo’yicha milliy forum (2006-yil 18-avgust);
Osiyo va Tinch okeani mintaqasi YUNESKO madaniy markazi bilna hamkorlikda Inklyuziv ta’limni joriy etish uchun bolallar bog’chasiva o’rtya ta’lim maktablarida sinov guruhlarini shakillantirish” bo’yicha o’quv kurslari (2006- 2007yillar). Loyihaning davomi sifatida 2007-yilning 10-12-sentabr kunlari Toshkent shahrida inklyuziv ta’lim bo’yicha Markaziy Osiyo mintaqaviy seminari YUNISEFning O’zbekistondagi vakolatxonasi va Xalq ta’limi vazirligi bilan hamkorlikda):
OITV/OITSni oldini olish bo’yicha “Tengdosh tengdoshga” usulida milliy o’quv seminar (2007-yilning aprel-may oylarida.
Do'stlaringiz bilan baham: |