24/05/2011
BMTTD boshqaruvchisi Helen Klark O’zbekistonga qilingan uch kunlik tashrifini yakunladi. U kecha O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov bilan uchrashib, uchrashuvda Prezident BMTTDning O’zbekiston rivoji yo’lidagi faoliyatini qo’llab quvvatlashini e’tirof etdi.
O’zbekistonga tashrif davomida Helen Klark shuningdek Bosh Vazir Birinchi O’rinbosari va Moliya Vaziri Rustam Azimov, Bosh Vazir O’ribosari va Tashqi Ishlar Vaziri Elyor G’aniyev, Tashqi Iqtisodiy Aloqalar, Moliya va Savdo Vaziri Galina Saidova, O’zbekistondagi BMT vakillari, rivojlanish bo’yicha hamkorlar, Nodavlat Tashkilotlaridagi va madaniyat va san’at sohasida faolioyat yuritayotgan ayollar bilan uchrashdi.
BMTTD O’zbekistonda turmush tarzini oshirish, atrof muhit va energetika va samarali boshqaruv masalalari bo’yicha faoliyat olib boradi. Ushbu tashrif Helen Klark uchun Prezident va yetakchi vazirlar bilan birgalikda BMTTDning faoliyatini muhokama qilish, va BMTTD ishtirok etayotgan bir necha tashabbuslarga voqif bo’lish uchun hizmat qildi.
Helen Klark Toshkent shahridagi Sergeli tumanida joylashgan BMTTDning “Yagona Oyna Markazi” deb nomlangan va aholiga onlayn tizimida hizmatlar ko’rsatadigan markaziga tashrif buyurdi. Ushbu markaz ko’p vaqt va qog’oz ishlarini talab etadigan tizim o’rniga onlayn tizimida ish olib borib, go’daklarni bolalar bog’chasiga joylashdan tortib nafaqa olish uchun ariza topshirish, ishsizlik nafaqasi va yangi korhonalarni ro’yhatdan o’tkazish kabi ishlar bilan shug’ullanadi.
Hukumat endilikda bu tizimni butun O’zbekiston hududida tadbiq etishga qaror qildi.
“Avvallari men barcha hujjatlarni birgalikda olib yurardim. Hozir ushbu markaz hizmatlardan foydalanishni ancha yengillashtirdi” – deb bir ayol markazda Helen Klarkka murojaat qildi. “Men BMTTDning kompyuter kurslariga qatnashdim va men hozir sertifikatga ega bo’ldim. Bir o’ylab ko’ring, mening yoshim 68 da va men kompyuter kursida ishtirok etdim! Endilikda men nabiralarimga men sizlarning buvingizman va kompyuterdan qanday foydalanishni bilaman deb aytaman!”
Samarqand shahrida Helen Klark BMTTD tomonidan qo’llab quvvatlanadigan “ijtimoiy korhona”ga tashrif buyurdi va bu yerda mahalliy korhonalar bilan hamkorlikda oyoq kiyim tikish kasbini o’zlashtirayotgan nogiron yoshlar bilan tanishdi. Ushbu tashabbus doirasida video qo’llanmalar ham ishlab chiqilgan. Shuningdek O’zbekistonning to’rt viloyatida BMTTD bilan hamkorlikda 9 ta ijtimoiy korhona tashkil qilindi.
Helen Klark shuningdek qishloq tibbiy klinikasiga tashrif buyurib, BMTTD tomonidan yaratilgan zahiraviy elektr tizimini kuzatdi. Ushbu tizim elektr ta’minoti bo’lmagan vaqtda ham klinikaning to’liq faoliyat olib borishiga imkon beradi va bunday tizimsiz, emlash vositalari va tekshiruv natijalari noto’gri ko’rsatkichlarga olib kelishi mumkin.
O’zbekistonga qilingan ushbu tashrif Boshqaruvchining Markaiy Osiyoga uyushtirgan safarining yakuni bo’lib ushbu safarda shuningdek Turkmaniston, Qirgiziston, Qozog’iston va Tojikistonga ham tashrif buyurildi.
Tashrif davomida BMTTD ning o’lkamizdagi faoliyatining natijalari tahlil qilingan. Kelgusida aynan qaysi sohalarga e’tibor qaratish lozimligi ham misollar orqali o’rganilgan. Nogiron yoshlarning ish bilan taminlanishiga qaratilgan loyihalarni Respublikaning barcha hududlarida ayniqsa chekka tumanlarda yo’lga qo’yish rejalashtirilgan. Bu bilan ular jamiyatning teng huquqli a’zosi ekanligini anglatish va ularga ijtimoiy yordam ko’rsatishni yo’lga qo’yish vazifa qilib belgilangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |