Ravshan rajabov jahon sivilizatsiyalari tarixi


J A M IY A T D A  IN S O N



Download 7,88 Mb.
Pdf ko'rish
bet84/126
Sana18.01.2022
Hajmi7,88 Mb.
#385540
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126
Bog'liq
jahon sivilizatsiyalari tarixi

J A M IY A T D A  IN S O N
1.  O 'rta asrlarda inson.  2.  M otivatsiya mexanizmi.
1. 
O 'r t a   a s r la r d a   inson.  Antik  davrdan  o ‘rta  asrlarga  o ‘tishda  er­
kin  fuqarolar  soni  kam aydi.  F eodallam ing  pog‘onaviy  toifasi  shakllandi 
(qirol,  gersog,  graf,  baron;  podsho,  amir,  bek,  dehqon).  Iqtisodiyotning 
asosi  boMgan  yem ing katta  qismi  feodallar,  cherkov  qoMiga  o ‘tdi.  Faqat 
bir  qism  yerlar erkin  dehqonlar  qoMida qoldi.  Sharqda  esa yerga  davlat­
ning oliy egaligi m ustahkam landi.  Ilgari erkin boMgan jam oa a ’zolarining 
ko‘pchiligi  ogMr  m ajburiyatlam i  bajaradigan  qaram   dehqonlarga  aylan­
dilar.
Yevropaga  qaraganda,  sharqda  Vizantiya,  Hindiston,  Xitoy,  0 ‘rta 
Osiyo  va  Eronda  tem ir  asri  odami  zam onaviylik  tom on  bir  m aromda, 
kamroq tebranishlar bilan yoM tutdi. Bu jam iyatlarda urf-odat an'analarga 
asoslangan turm ush tarzi  barqaror davom  etdi,  inson  hayoti  hech  qanday 
o'zgarishlarsiz bir m arom da kechdi. N atijada jam iyatda urf-odat, an’ana­
lar o ‘z ahamiyatini y o ‘qotm adi. 0 ‘rta asrlar bu hududlarda nisbatan uzoq 
davom   etdi.  Bu  m am lakatlar  keyinchalik  Yevropadagi  yetakchi  mamla- 
katlarga  qaram  m ustam laka,  yarim   m ustam lakalarga  aylandi.  Qachon- 
lardir jahon  progressining  oldingi  safida  boMgan  ilg‘or  xalqlari  qaram 
boMib  qoldilar.  U larning  ijtimoiy,  ma’naviy-m adaniy  hayoti  «noto‘g ‘ri» 
deb topildi  va ayovsiz y o ‘q  qilindi.  Ularning  iqtisodiy-ijtimoiy  va m ada­
niy taraqqiyoti  bir necha yuz yillarga orqada qoldi. Am erikaning qadimgi 
sivilizatsiyalari  m ustam lakachilar tom onidan  deyarli y o ‘q  qilindi.
Ikkinchi  tarixiy  supersiklning  uch  sivilizatsiyalari  davom ida  jam i­
yatda insonning  mavqeyi  siniq  chiziq tarzida o ‘zgarishi  kuzatiladi.  0 ‘rta 
asrlarda shaxsiy erkinlikdan  erksizlikka tom on harakat yuz  berdi.
Yevropada toifaviy -  ko‘p qatlamli jam iyat shakllandi (dunvoviy feodal- 
lar-qirol,  gersog,  graf,  baron;  diniy  cherkov  pog‘onasi  -  papa,  kardinal, 
arxiyepiskop,  yepiskop,  abbat,  oddiy  ruhoniylar).  Erkin  dehqonlar,  hu- 
narmandlar,  savdogarlar v a boshqa aholi  qatlam lari  shahar v a  qishloqda 
mavjud  edi.  Jam oada  teng  huquqli  boMgan  dehqonlar  feodalga  shaxsan 
qaram  boMdilar.  Feodallam ing  o ‘zi  oliy  syuzeren  (qirol)ning  vassali
148


Jahon sivilizatsiyalar! tarixi
edilar.  Vassallar o ‘z  harbiy  qismlari  bilan  qirol  qo‘shinida xizmat  qilib, 
uning  sudiga bo‘ysunar  edilar.  Oliy  tashkilotlar  (davlat hokimiyati,  sud 
hokimiyati,  cherkov)  mavjud  feodal  toifasiga  xizmat  qilar  edilar.  Cher- 
kovning o ‘zi katta yer mulklariga ega edi.
Industriya arafasi, renessans va m a’rifatparvarlik inson ruhining tan- 
tanasi,  shaxsning  ulugianishi,  fuqarolaming teng huquqligi,  erkinligiga 
yana  qaytish  edi.  Antik  fan,  san’at  va  demokratiyaning  g‘oyalari  yana 
qayta tug‘ildi.  Bu davrda  g ‘arbda  Venetsiya,  Florensiya,  Genuya, Ams­
terdam, Toledo vaboshqa shaharlar gullab yashnadi.
Shaharlar  madaniyat  markazlari,  hunarmand,  savdogar,  bankirlar, 
m e’mor-quruvchilar,  shoir-rassomlar  insonning  siyosiy  erkinligi  va  ru­
hining  parvozi  to'plangan joy  edi.  Universitetlar  hurfikrlik  markazlari 
edilar.
Shaxsiy  erkinlik  osongina  paydo  bo‘lmadi.  Feodal  hukmdorlar  o ‘z 
hokimiyatlarini  mustahkamlashga  harakat  qildilar,  qarshilik  ko'rsatgan- 
lami  yo‘q  qildilar,  muntazam  urush  olib  bordilar,  sud  qildilar.  Cherkov 
o‘z  hokimiyati  va  iqtisodiy  qudratini  mustahkamlashga  urinib,  cherkov 
sudi  orqali  inkvizitsiya  uyushtirib,  shakkoklar  va  g‘ayridinlami  qirg‘in 
qildi.  Shakkoklikda ayblangan o ‘n minglab kishilar,  ulaming  ichida bu­
yuk mutafakkirlar (Jordano Bruno) gulxanda yoqildilar, «qon to‘kmasdan 
qatl qilish»,  «autodafe»ga duchor qilindilar.
Industriya  arafasi  sivilizatsiyaning  so‘nishi  reformatsiya  va  kontre- 
fortmatsiya  davrlarida yana  qirolning  mutlaq  hokimiyati  mustahkamla- 
nishi,  inkvizitsiya  va  zulmning  kuchayishi  yuz  berdi.  Lekin  bu jarayon 
uzoq davom etmadi. Feodal toifaviy tuzum halokatga uchradi. Burjuaziya 
erkinliklari fuqarolaming teng huquqliklaridan shaxs ustuvorligi, raqobat 
kurashida teng imkoniyatlardan kelib chiqib, ingliz va fransuz inqiloblari, 
Shimoliy Amerikada mustaqillik uchun kurash natijasida g‘olibona qaror 
topdi. Shaxs erkinligi va raqobat kurashida teng imkoniyatlar burjua tuzu- 
mining ishonch e’tiqod ramziga aylandi,  industrial sivilizatsiyaning yuk- 
salishi va gullab yashnashiga olib keldi.  XVIII  asr cherkovning jamiyat 
m a’naviy hayotidagi to ‘la hukmronligiga chek qo‘ygan m a’rifatparvarlik 
asri  bo‘ldi.  Shakllanayotgan  burjua  tartib-qoidalari  diniy  xurofotlardan 
xalos bo‘lgan fanlar, kashfiyotlar, ta’limning jadal taraqqiyoti uchun yo‘l 
ochdi.  Din  inson  aqli,  qudrati  oldida  chekinishga  majbur  bo‘lib,  jam i­
yatning  yangi  sharoitlariga  moslashishga  majbur  bo‘ldi.  Hurfikrlilik,
149


R. RAJABOV
fan-texnika  taraqqiyoti  yangi  ilmiy  kashfiyotlar  va  ixtirolarga  olib  kel­
di.  Bu  o ‘z  navbatida,  insonning  o g ‘ir jism oniy  m ehnatdan  qutulishi  va 
turm ush  sharoitini  yaxshilash,  moddiy  ehtiyojlarini  to ‘laroq qondirishga 
shart-sharoit yaratdi.  Lekin XX asrda industrial sivilizatsiyaning so‘nishi 
natijasida  inson  ulkan  industrial  m ashinaning  vintchasiga  aylandi.  Ger­
m aniya  Italiya  va  Yevropaning  bir  necha  m am lakatlarida  fashizm ning 
hukm ronligi o ‘m atildi.  M ilitarizm kuchayib jahon  urushlari kelib chiqdi. 
M illionlab kishilar urush qurbonlari bo ‘ldilar.
G ‘arb jam iyatidagi  bu  o ‘zgarishlar oila tuzilishida ham  o‘zgarishlar- 
ga olib keldi. Oila m uassasasida siljishlar yuz berdi. O datda uch avloddan 
iborat  patriarxal  oila  feodal  qishlog‘i  va o ‘rta asr shahrida hukm ron  edi. 
Hukmron tabaqa uchun ham  k o ‘p bolalik xos bo‘lib, merosni taqsim lash- 
da k o ‘plab jinoyat va  ixtiloflarga olib  kelar edi.  O ila va nikoh  diniy  mu- 
assasalar  him oyasida  edi.  Bozor  m unosabatlari  hukmronligi  va  shaxsiy 
erkinlikning  kengayishi  eski  oilani  yemirdi.  U  shaharda  o ‘z  mavqeini 
y o ‘qotib,  qishloqda  o ‘zini  saqlab  qoldi.  O ila  eski  iqtisodiy  ahamiyatini, 
ayniqsa, ishchilar sinfi va ziyolilar qatlam ida y o ‘qotdi. Ayollam ing erkin- 
ligi  va ijtimoiy  faolligi  oshdi.  Sharq  m am lakatlarida  oila o ‘zining kuchli 
m avqeyini  saqlab  qoldi.  Urf-odat,  an ’analar  oilaning  m ustahkam ligini 
ta ’m inladi.  Oilada  ota-onaning  inkor  qilib  b o ‘lmas  obro‘-e’tibori  saqla­
nib  qoldi.  Islom   dini  ham  oilaning  asoslarini  him oya  qilib,  uni  qo‘llab- 
quvvatladi.
Inson  va  oilaning  o ‘sib  borayotgan  ehtiyojlari  jam iyatning  rivojla­
nishida  progressiv  siljishlarga  olib  keldi.  Biologik  va  ijtimoiy  ehtiyoj- 
lam ing  nisbati  to ‘lqinsim on  o ‘zgardi. A ntik asrlarga o ‘tish davrida antik 
jam iyatga  qaraganda,  biologik  va  moddiy  ehtiyojlar  foydasiga  siljishlar 
yuz  berdi.  0 ‘rta asr  boshlarida  ishlab  ehiqarish  kuchlarining  yemirilishi 
odam lam ing  bir qismi,  m oddiy-m a’naviy  qadriyatlam ing y o ‘q  qilinishi, 
m ehnat unum dorligini pastligi ehtiyojlam i keskin qisqarishida olib keldi. 
Jam oa,  qishloq,  shahar,  oila,  inson  faqatgina tirik qolish  uchun  kurashdi. 
0
‘rta  asrlar shaharlaridagi  antisanitariya  epidem iyalam ing tez tarqalishi 
va shahar aholisining yoppasiga qirilib ketishiga olib keldi.
Lekin XX  asr,  industrial  sivilizatsiyaning  so‘nish davrida inson dav­
lat  byurokratiyasi  bilan  qo‘shilib  ketgan  m onopoliyalar  m anfaatlariga 
bo‘ysundirilgan  ulkan  industrial  m ashinaning  vintchasiga  aylandi.  Ger­
m aniya  va  Italiyada  fashizm,  sobiq  SSSRda  totalitar  tuzum   hukm ron
150


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
bo‘ldi.  Inson  tafakkurining eng oliy  yutuqlari,  eng yaxshi  ishchi  qoMlari 
militarizmga  xizmat  qilishga  beriidi.  Inson  tafakkurining  eng  ajoyib  kash- 
fiyotlari  odam ning  o ‘zini  qirib  yuborishga  xizm at  qiladigan  om m aviy 
qirg'in  qurollarining  yaratilishiga jalb   qilindi.  Oqibatda  bu jahon  urush- 
larida millionlab kishilarni  qirilib ketishiga olib keldi.  Insoniyatni  termo- 
yadro  halokati yoqasiga olib keldi.
Ishlab  chiqarish  kuchlarining  yem irilishi  odam lam i,  moddiy,  m ada­
niy  qadriyatlam ing  bir  qismini  y o ‘q  qilinishi,  m ehnat  unum dorligining 
pasayishi  bulam ing  hammasi  ehtiyojlarning  soddalashuviga  olib  keldi. 
Eng a w a lo ,  inson o ‘zini, oilasini, qishloq jam oasini, shaham i  tirik qolis- 
higa qaratilgan  edi.  Tirik qolish uchun  esa jon-jahd  bilan  kurashish  zarur 
edi.  X o‘jalikning  naturallashuvi  ayirboshlash,  bozor  bilan  bogMangan 
iqtisodiy  ehtiyojlar  doirasining  qisqarishiga  olib  keldi.  Birinchi  o ‘rinda 
yerga  m ulkchilikni  feodal  rentasi  bilan  am alga  oshirish  chiqdi.  Ijtim o­
iy-siyosiy  ehtiyojlar jam oa,  sex,  vassal  qaram likning  tor  doiralari  bilan 
cheklanib qoldi. M a’naviy ehtiyojlar esa diniy asketizm v a aqidaparastlik 
bilan  cheklanib,  soddalashdi.
Lokal, m illiy va kontinental  bozorlam ing shakllanishi va rivojlanishi, 
hunarmandchilik,  m anufaktura,  XVIII  asr  oxirida m ashinalashgan  sano- 
atning tez  rivojlanishi  natural  x o ‘jalikni  yem irdi.  Birinchi  o ‘ringa iqtiso­
diy m anfaatlar chiqdi.  Burjua jam iyatning odami -  bu homo ekonom icus 
shakllandi.
Ijtim oiy-siyosiy  ehtiyojlar  iqtisodiy  m anfaatlarga  bo ‘ysundirilgan 
edi.  Qiyinchilik  bilan  erishilgan  siyosiy  erkinliklar va  fuqarolik  tenglik- 
lari  raqobat uchun  teng shart-sharoitlam i  ta ’m inlashga qaratilgan  b o ‘iib, 
m erosga  qoldirilgan  yoki  olingan  mulkni  him oya  qilish  kerak  edi.  D av­
lat  apparati,  sudlar,  qonunchilik  ham  shu  m aqsadlarga  xizm at  qilar  edi. 
Ma’naviy  ehtiyojlar  ham  iqtisodiy  m anfaatlarga  bo‘ysundirilgan  b o ‘lib, 
ba’zida  uning  doirasidan  tashqariga  chiqar  edi.  Farovonlikning  o ‘sishi, 
faoliyat  turlarining  xilma-xilligi,  xalqaro  aloqalarning  rivojlanishi,  fan, 
madaniyat v a san’atning rivojlanishi  ehtiyojni  kuchaytirdi.
Insoniyat  qobiliyatlari  rivojida  uning  bilim   va  ko‘nikmalari  yorda- 
mi  bilan  am alga  oshadigan  siklik  o ‘sish  kuzatildi.  Industriya  va  asosan 
industrial jam iyatda  faoliyat turlarining  k o ‘payishi  va  m urakkablashuvi, 
ishlab chiqarish, boshqaruv, harbiy ishda fanning yutuqlarini keng qo‘lla- 
nilishi  xodim lardan  yangi  bilim -ko‘nikma,  maxsus  ta ’limni  talab  qiladi. 
Bu  o ‘rta va m axsus ta ’lim,  kasbiy tayyorgarlik tizim ining shakllanishiga
151


R.  RAJABOV
olib  keldi.  Bu  masjid,  cherkovlardagi  m aktablar,  gim naziya va  litseylar, 
aholining  ozchillik  qismi  uchun  universitetlar,  keyin  injener  va  texnik 
xodim lar tayyorlaydigan  turli  xil  texnikum   va  universitetlar  edi.  M anu­
faktura va korxonalarda ishlab ehiqarish bilan  bogMangan shogirdlik mu- 
assasasi  saqlanib qoldi.
Tub  burilishlar  davrida  ishlab  ehiqarish  v a  hayot  sharoitlari  o ‘zgar- 
ganda,  xodim lam ing  layoqatsizligi  va  kasbiy  layoqatsizligi  sezilarli 
o‘sdi.  M illionlab  kishilam ing  ilgari  olgan  kasb  m alakalari  eskirib  qoldi. 
Odam lar  m utaxassisliklarini  o ‘zgartirishga  m ajbur  boMdilar.  Bu  ta ’lim 
tizim ining  sifat jihatdan  o ‘zgarishi  o ‘z  qobiliyat  tafakkuri  darajasi  bilan 
yangi  davr talablariga javob  beradigan  xodim lam ing  yangi  avlodini  ke- 
lishiga turtki  berdi.  Jam iyatlarda ta ’lim  tizim i  davriy  ravishda  isloh  qili- 
na  boshlandi.  XIX  asm ing  80-yillaridan  boshlab  G ‘arb  m am lakatlarida 
ta’lim tizimi  davlat qaram og‘iga o ‘tdi.
2. 
M otiv atsiy a  m exanizm i.  Insonning  biologik  tur sifatida motivat- 
siya m exanizm i  poydevorida tirik  qolish  va  o ‘z  avlodini  davom   ettirish, 
o ‘zi  va oilasi  uchun  oziq-ovqat topish  zaruriyati  yotadi.  Bu  bir vaqtning 
o ‘zida biologik ham da iqtisodiy rag‘batlantirish b o ‘lib, u tushkunlik vazi- 
yatlarida birinchi  oYmga chiqadi, bosqichdan-bosqichga murakkablasha- 
di,  m ahsulot  ayirboshlash  m ehnat  taqsim otining  tez  rivojlanishi  bilan 
boyib  boradi.  Ishchi  kuchi  qiym atida  uning  takror  ishlab  chiqarishdagi 
ijtimoiy  zaruriy  xarajatlari  paydo  boMadi  va  tarixiy-axloqiy  unsur -   oi­
laning  m adaniy  ehtiyojlarini  qondirish  uchun  xarajatlar  asta-sekin  oshib 
boradi.
Feodal kapitalistik jam iyatlarda m ulk huquqi, iqtisodiy v a noiqtisodiy 
m ajburlashga asoslanib, m oddiy n e’m atlar va xizmatlarni  ishlab chiqrish- 
da ishtirok etm aydigan,  lekin  ularga o ‘sib borayotgan talabni  qo‘yadigan 
odam lar soni  o‘sib bordi.
Bu  yerda  boshqa  m otivatsiya  mexanizmi  ishlab  chiqarishda  ishtirok 
etadigan  xodim lam i  yaratadigan  mahsuloti  hisobidan  siyosiy  va  harbiy 
qudrat,  boylik to'p lashga  intilish yotadi. M ehnatga iqtisodiy v a noiqtiso­
diy  m ajburlash  turli  davrlarda  bir-birini  toMdirgan  holda  m avjud  boMa­
di.  Lekin  ulam ing  nisbati  bir xil  emas.  Feodal  jam iyati  uchun  iqtisodiy 
qaramlik  bilan  birga (yerga  feodalning  egaligi),  dehqonning  shaxsiy  qa- 
ramligi  ustuvor unsur boMib qolaverdi. M anufakturalar, xizm at ko‘rsatish 
sohalari, aqliy  m ehnat sohalarida iqtisodiy  m ajburlashning turli  shakllari 
mavjud edi.
152


Jahon sivilizatsiyalari tarixi
Ilk bozor m unosabatlariga asoslangan jam iyatda asta-sekin m ehnatga 
iqtisodiy  m ajburlashning  ahamiyati  oshdi.  Hech  vaqoga  ega  bolm agan 
ishchi  o ‘zi  va oilasining tirikchiligini  o'tkazish  uchun yollanib  ishlashga 
m ajbur edi.  Ilk kapital ja m g ‘arishning dastlabki shakllari zo ‘ravonlikning 
turli  ko‘rinishlari  bilan  bogMiq edi.  Q ishloqda qaram m ehnat yoki  feodal 
qaram ligining yanada yum shoq shakllari  m avjud edi.
Industrial  jam iyatda  iqtisodiy  m ajburiy  m ehnat  asosiy  va  yetakchi 
bo‘ldi,  lekin  m ajburiy  m ehnat hollari  ham  mavjud  edi.  Fuqarolar urushi- 
gacha A Q Shda  qulchilik,  Germ aniyada  fashizm  konslagerlari,  SSSR  da 
kolxozchilam i  m ajburan yerga biriktirib,  1953-yilgacha o ‘z xohishi bilan 
ishdan  b o ‘shashga ta ’qiq  mavjud  edi.  M ustam lakalarda  feodal  va yarim 
feodal  ekspluatatsiyaning shafqatsiz turli  shakllari  saqlanib qoldi.  Indus­
trial  sivilizatsiyaning  so ‘nish  fazasida  m ehnatga  m ajburlashning  davlat 
byurokratik shakllari ayniqsa kuchaydi. Bu uning chuqur tushkunligining 
asosiy  om illaridan biri  edi.
Lekin m otivatsiya mexanizmini faqat noiqtisodiy va iqtisodiy majbur- 
lashga taqash  mumkin  emas.  M ehnat -  bu  bir vaqtning o ‘zida insonning 
qobiliyatlari va talantlarining o‘zini  ijodiy ifodalashi, insonning ijodiy kuch- 
larini  yangidan  yaratilishi,  o ‘z  rejalarini  am alga  oshirishdan  zavq  olish 
va  uni  insonga  bag‘ishlanishidir.  Insonda  ijodiy  m otivatsiya  m exanizmi 
doimo  m ehnatni  ulugMab,  qo'yilgan  m aqsadlarga olib  boradigan,  o‘ziga 
tortadigan yoM gatomon izlanish hamm a vaqt ishtirok etdi. Albatta, qul va 
qaram  dehqonda ijodiy  m ehnat minimal  darajada, m e’mor,  haykaltarosh, 
olim, bastakor m ehnatida maksimal  darajada ishtirok etadi.
Barcha  jahon  dinlarida  mehnatni  ulugMash,  unga  undash  unsurlari 
mavjud.  M ehnatga  ijobiy  rag‘batlantirish  asta-sekin  o ‘sib  bordi.  Lekin 
tushkunlik davrlarida ular o ‘z m avqelarini  y o ‘qotdilar.
Sharq  dunyosida  islom,  budda,  sintoizm ,  konfutsiylik  hukmron 
boMgan  m am lakatlarda  m otivatsiya  m exanizm ida  insonning  ehtiyoji, 
qobiliyatlari,  uning  bilim  va  ko ‘nikm alarining  rivojlanishidagi  o ‘z  alo- 
hidaliklari  m avjud.  Bu yerda individual  mayllar,  qobiliyatlar,  qiziqishlar, 
shaxsiy  erkinliklar  ikkinchi  darajali  o‘rin  tutadi.  Birinchi  o 'rin d a davlat, 
jam oa  m anfaatlari  turadi.  Oila  kuchli  m avqega  ega.  Bulam ing  barchasi 
qariyb  industrial  davrga  xos  boMgan  individual  qobiliyatlar  ochilishiga 
to ‘sqinlik  qildi  yoki  ushlab  turdi  va  k o 'p g in a  m am lakatlarda  ijtimoiy 
progressning taraqqiysiga to ‘sqinlik qilgan  omillardan biri  boMdi.
153


R.  RAJABOV
T ayanch  ib o ra la r:  shimol,  janub,  turm ush  darajasi,  inson  ehtiyoji, 
shaxsiy  erkinlik,  huquq,  oila  mavqeyi,  m otivatsiya,  iqtisodiy  m anfaat, 
m ajburiy  mehnat,  qulchilik,  ijodiy  mehnat,  haykaltaroshlik, jam oa man- 
faati,  sintoizm, konslager,  industrial  davr,  ijtim oiy progress.
T a k ro rla sh   u c h u n  sav o llar:

Download 7,88 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   80   81   82   83   84   85   86   87   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish