6 -M A V Z U : Q A D IM G I J A M IY A T N IN G
M A ’N A V IY H A Y O T I
1.
Qadimgi jamiyatning m a ’naviy hayoti. 2. Jez davrida madaniyat
va san ’at. 3. Qadimgi jamiyatlarda axloq va mafkura dinamikasi.
1.
Q adim gi ja m iy a tn in g m a ’naviy hayoti. Qadimgi sivilizatsiyaiar-
dagi biror-bir tarixiy jarayon o ‘zining tezligi va erishgan yutuqlari bilan
insonning m a’naviy dunyosini rivojlanishi bilan tenglashishi mum kin
emas.
M ehnat jarayoni davrida, ayniqsa, odam ni o ‘rab turgan tabiiy muhit
to ‘g ‘risida foydali bilim lar to ‘planib boradi. Ovchilik, baliqchilik, terim -
chilikka asoslangan o ‘zlashtiruvchi x o ‘jalik d a odam o‘zining x o ‘jalik hu-
dudida uning o ‘ziga xos xususiyatlari, boyligini chuqur bilishi lozim edi.
Avstraliya aborigenlari, bushm enlar m isolida ko‘rinadiki, ibtidoiy ja
m oa odam lari amaliy geografiya, m eteorologiya, astronom iya, zoologiya
va botanika, m ineralogiya sohasida boy m a’lum otlarga ega bo‘lganlar.
O 'zlarining xavfsizliklarini ta ’minlash, yashash, och qolm aslik uchun ular
ov joylari topografiyasi, hayvonlam ing yuradigan y o ‘llari va qiliqlarini,
o ‘sim liklam ing foydali va zararli xususiyatlari, turli minerallar, y o g ‘och
turlari va boshqa narsalam ing xossalam i bilishlari; ob-havoni oldindan
bilish, joyni, shamol y o ‘nalishlarini aniqlash, izlam i o ‘qishlari shart edi.
Ibtidoiy ovchilar jo y g a ustalik bilan m oslashganlar va relyefning o ‘ziga
xos xususiyatlaridan m ohirona foydalanganlar. Ular yovvoyi hayvonlar
yuradigan barcha so ‘qmoqlar, daralarni bilib, ularni doimo nazorat ostida
saqlaganlar. Ibtidoiy ovchilar hayvon va qushlar izlarini bilibgina qolmay,
ulam ing oxirgi izlari y o ‘nalishini ko'zdan kechirib yoki g ‘or og ‘zidagi
chiqishni hidlab, u yerda hayvon bor y o ‘qligini ayta olganlar. Termachi-
lar bir necha yuz yeyishga yaroqli o ‘sim lik turlari, jum ladan, qaynatish
y o ‘li bilan zaharini y o ‘q qilish m um kin b o ‘lgan o ‘sim liklam i bilganlar.
Hozirgi etnologlardan biri, ibtidoiy odam ning tunda y o ‘lni topish uchun
yulduzli osm onni yaxshi bilish zarurligining guvohi boMgan. U yem ing
sun'iy y o ‘ldoshi uchirilgani to ‘g ‘risida yangi «yulduzning» paydo b o ‘lga-
niga e ’tibom i jalb qilgan bushm endan bilganini hikoya qiladi.
A m aliyotda fizik vakim yoviy bilim asoslari ja m g ‘arila bordi. Tabiat-
ga fizik ta ’sir qilish ilk qurollardan boshlandi. Odam m urakkab tuzilm ali
qurolni o ‘zlashtirib, richagni k ash f qildi. Otiladigan nayza va kam onni
102
Jahon sivilizatsiyalari tarixi
ixtiro qilib, qurolning otish masofasini 2-3 martaoshirdi. O'rm on qabilasi
veddlar kamonni oyoqlari bilan tortib, kamon o ‘qini 330 metr uzoqlikda
otadilar, bug‘uni 35 metr masofadan aniq nishonga olib, urib yiqitadilar.
Tibbiyot, farmakologiya va toksikologiya kabi amaliy sohalar yaxshi ri-
vojlangan. Odamlar suyakning sinishi, yaralar, jarohat, latyeyish, chiqqan
suyaklami davolashning amaliy usullarini yaxshi bilganlar. Kasai tish-
lami sug‘urib olish, shamollash, yaralar, zaharli chaqishlami davolashni
oddiy jarrohlik operatsiyalarini bilganlar. Mezolit davridan bosh suyagini
trepanatsiya qilish, singan oyoq qo‘llaming qismlarini amputatsiya qilish
ko'nikmasiga ega bo‘lganlar. Ibtidoiy odam o ‘ngacha sanashni bilgan.
Doira, to‘g‘ri chiziq, nuqtaning tosh, yog‘ochdagi tasvirlari topilgan.
Vaqt hisobi mavsumlar bo‘yicha bo‘linib chiqarilgan.
Magiya-sehrgarlik ibtidoiy jam oa hayotining ajralmas qismi bo‘ldi.
Magiya-sehrgarlik marosimlari ibtidoiy odamning ruhiyatiga ta’sir qilib,
uni o‘ziga ishonchini orttirgan. Shomon odamlar va oliy kuchlar o ‘rtasi-
da vositachi bo‘ladi, shu bilan birga himoya qiluvchi, davolovchi, zarar
keltiradigan sevgi-muhabbat, harbiy mashg‘ulot, kasb bo‘yichamarosim-
lami o‘tkazib, afsun o‘qigan. Shomon tabib vazifasini ham bajargan, u
dorivor o ‘tlar, fizio-psixoterapeya, jarrohlik va manual terapeya, afsun,
jodu o‘qish bilan be’momi davolagan. Shomon yomg‘ir mavsumi oldi-
dan yom g‘ir chaqirgan, baxtsizlik, urush-janjal, rashk va boshqa maishiy
muammolami ins-jinslami chaqirib, tegishli marosimlami bajarib hal qil-
gan. U fol ochib, dushmanlik qilganni yoki kasallik sababini aniqlagan,
sehr-jodu qilgan. Shomon bir vaqtning 0‘zida tabib, sehrgar, afsungar va
zifasini bajargan. Davogar bu vazifani bajarish uchun turli sinovlardan
o ‘tgan, undan oldin uzoq yillar shogird turgan.
Bo‘yoqlami tayyorlashni odam bundan 7-6 ming yil oldin boshladi.
Shu vaqtda odamlar ozuqa mahsulotlarini konservalashni kashf qildilar.
Amur daryosi baliqchilari bundan 6 ming yil oldin sho‘r baliq tayyor-
lash uchun maxsus o‘ra qazganlar. Janubiy Amerika hududlari m il.aw .
4 ming yillikda bizon terisi tashlangan o‘raga suv quyib, chog‘ bo‘lgan
toshlarni tashlaganlar qaynayotgan suvda miya suyagi yog‘larini eritgan-
lar. Yog‘ni unday tuyilgan quritilgan go‘sht va meva-rezavorlar sharbati
bilan aralashtirib, kubik shaklida quritganlar. Oqsil, yog‘ va vitaminlarga
boy bo‘lgan bu mahsulot uzoq turgan.
103
R. RAJABOV
Sug‘orish inshootlarini qurish geom etriya va m atem atika asoslari-
ning shakllanishiga sabab Lo‘ldi. Uy-joy, diniy e ’tiqod inshootlari, mu-
dofaa devorlarini qurish va suv havzalarida suzish uchun transport vosi-
talaridan foydalanish m atem atika va m exanikaning rivojlanishiga sabab
bo‘ldi. M etall rudalarini quyishning paydo boMishi bilan m etallshunoslik
qandaydir darajada kimyo fani asoslarining paydo boMishiga olib keldi.
Uzoq joylarga suzish, harbiy yurishlar, podaning orqasidan ko‘chib yu-
rish, uzoq-uzoqlarga ozuqa izlab urugMaming k o ‘chishi va astronom ik
kuzatishlar geografiya fani va xarita tuzishning rivojlanishiga sabab
boMdi.
Polineziyaliklar o ‘zlarining m ing kilom etrlarga cho‘zilgan uzoq sa-
yohatlarida oqim, shamol y o ‘nalishlari, dengiz yoMlari va orollarni aks
ettiradigan tayoqcha, qam ish poyalari, toshchalar, chig ‘anoqlar ham
da xaritalardan foydalanganlar. Ovchilik, term achilik, dehqonchilik va
chorvachilik m ashg‘ulotlari flora va fauna to ‘g ‘risida ulkan m a’lumotlar
jam g'arm asini shakllantirdi. O dam lar o ‘sim liklam ing foydali xususiyat-
larini o ‘rgandilar va o‘sim liklardan shifobaxsh m alham lar tayyorlab, ya-
ra-jarohatlar, turli kasalliklam i davolash m alakasini hosil qildilar. Yirtqi-
ch hayvonlar yetkazgan jarohatlar, harbiy to ‘qnashuvlardayarador boMish
jarrohlikni keltirib chiqardi. Ilk metall jarrohlik asboblarini yasash imko-
niyatini yaratdi. Dastlab diniy m ifologiya bilan bogMangan tarixiy xotira,
tarixiy ong unsurlari shakllandi. Har bir urug‘ o ‘zining kelib chiqishi va
o‘zidan oldin o ‘tgan ajdod-avlodlari, ularning m ashg‘ulotlari, urf-odat-
lari, turm ush tarzi to ‘g ‘risida tasaw u rlarg a ega boMdi. B ular to ‘g ‘risida
turli afsona, rivoyat va eposlar yaratildi. U rug‘ jam oasi va uning a ’zolari
o ‘z urugMarining kelib chiqishi, geneologiya daraxti to ‘g ‘risida tasavvur
bilimni shakllantirdi. Shajara daraxtini tasavvur qilish u ru g ‘ning uzoq
o ‘tm ishi, kechasi va buguni to ‘g ‘risida yaxlit bilim tizimini yuzaga kel
tirdi. Q ator paleolit jam oalarida shajarashunoslikning o ‘ziga xos tarixiy
bilim sohasi sifatida m avjudligi etnologiyada asoslanadi. Polineziyada
urug‘ odatda 20 avlod bo‘yicha hisoblanadi. Bu orollarni o ‘zlashtirishdan
boshlab hisoblanadi. Hatto M arkiz orollarida 159 avlodning afsonaviy
ajdodi osmondan boshlab sanaladi.
Mifologiyada urug‘ ajdod-avlodlarining o ‘tmishda tabiat ofatlari, dush-
manlarga qarshi m atonatli kurashlari yorqin aks ettirilgan. S an 'a t jam i
yat va davlatning vujudga kelishi arafasida sayqal topdi. Suyak, yo g‘och,
104
Jahon sivilizatsiyalari tarixi
metal I, yarim qim m atbaho toshlar, oltin va kumushdan nafis sa n 'a t asar-
lari yaratildi. B ular sirasiga oltin v a kum ush haykalchalar, harbiy qurollar
(xanjar, pichoq, nayza, qalqon, qilich, oybolta, sovut va dubulg‘a), zar-
garlik buyum lari, idish-tovoqlar, hashamatli kiyim lar va egar-jabduqlar
kiradi. Badiiy quym achilik, metall buyum larga oltin zarhal berish, suyak,
til la, kumush bilan ziynatlangan soplar, qim m atbaho toshlar va m etal
lar bilan qo‘shib ishlangan harbiy qurol-yarogMar, uy-ro‘zg ‘or buyum
lari, kiyim-bosh va poyafzallar paydo boMdi. Turli hayotiy manzaralar,
ov, o‘simlik, hayvonlarning nafis tasviri tushirilgan pichoq, xanjar, qili
ch, qalqon soplari va idish-tovoqlar yasala boshlandi. M etallarga badiiy
ishlov berish san'ati yuksak rivojlanganini namunalari skif-sarmat, sak
qabilalaridan qolgan buyum larda ko ‘rish mumkin.
Yozuvning paydo boMishi. Taxminan bundan 37 ming yil oldin odam
lar suyaklarda belgilar qo‘yib, hisoblashning eng oddiy vositasi sifati
da toshchalardan foydalana boshladilar. M utaxassislar ba’zi g ‘or tasvir-
larida yozuvning ibtidosi boMgan belgi va ramzlarni aniqladilar. Yozuv
o ‘z taraqqiyotida to ‘rt bosqichni bosib o ‘tdi. Piktografik yozuv yoki
rasmli yozuv yozuvning paydo boMishida birinchi bosqich hisoblanadi.
Piktografiya (lotin tilida pictus - manzarali chizilgan va yunoncha grapho
- yozam an) tosh, y o g ‘och, loy kabi ashyolarga m uloqot uchun ataylab
lasvirlashdir. Piktografik yozuv piktogram m a deb ataladigan rasm vo-
silasida tushunchani alohida so‘zlarga boMmay uzatadi. Shunga tegishli
nivishda piktogram m aning alohida unsurlari yaxlitlikning bir qismi sifa-
lida chiqib, faqat bir-biri bilan bogMiqlikda to ‘g ‘ri tushunilishi mumkin.
I’iklogramma sxem atik tasvir boMib, badiiy qiymati ahamiyatli boMmay,
i i i m i i
nimadir xabar beradi. U kim ga kerak boMsa, to ‘g ‘ri bilishi - ang-
Inshi lo/.im edi. Toshga bitilgan piktogram m a petroglif deb ataladi. Uning
■.luikllanishini asosiy manbasi ibtidoiy tasviriy san 'at edi. Ibtidoiy san'at-
iiing ilk izlari yuqori (so‘nggi) paleolit (m il.avv 40-25 m ingyilliklar)ga
tegishli. Piktografiya shakllanishining toMa tugallanish davri neolit dav-
i i (mil.avv 8-6 m ing yil). Bu davrda piktografiya hikoyaga qo'shim cha
emas, xabarlarni mustaqil uzatish uchun foydalanila boshlagan.
I'iktograliyaning o 'rniga ideografik yozuv keldi. Bu inson tafakku-
im ing yanada rivojlanishi, odam ning katta m avhum lashtirishlarga qo-
hiliyatining shakllanishi, nutqning alohida unsurlar - so ‘zlarga boMish
qobiliyatining shakllanishi bilan bogMiq edi. Ideografiya (yunon tilida
idiM-tushuncha va grafo-yozam an m a’nosini bildiradi) so‘zlarda jo qilin-
105
R. RAJABOV
gan, uzoqlashtirilgan tushunchalam i bildiradi. Ideografik yozuv xabami
so‘zm a-so‘z belgilaydi. S o‘z tarkibini uzatishdan tashqari, so ‘z tartibini
ham uzatadi. U q at'iy o ‘rnatilgan va barqaror yozilgan grafik belgilar-
ga ega. B unda yozuvchi piktografiyadan farq qilgan holda, ulam i k ash f
qilmay, tayyor to ‘plam dan foydalanadi. Ideografik yozuv piktografiya
asosida paydo bo‘ldi. Bu jarayon bir necha m ing yillam i o ‘z ichiga ola
di. Shartli piktogram m a alohida unsurlarga boMindi va mustaqil mazmun
kasb etib, so‘z m a’nosining shartli belgisiga aylandi. Davlat va jam i
yatning paydo boMishi ideografik yozuvning yanada rivojlanishiga olib
keldi. Tez yozish, m urakkab va uzun m atnlam i uzatish ehtiyojlari paydo
bo‘ldi. Bu rasmlami yanada sxemalashtirish, ulam i yanada shartli belgilar-
mixxat va iyerogliflarning paydo boMishiga olib keldi.
Ilk davlat va jam iyat ulg‘aygan inson o ‘zining yuksak san’ati, shakl-
langan ilmiy bilimlari tizimi, bilim lar va etnik normalarni uzatishning
rivojlangan tizimi, dunyo dinlari e ’tiqodlari bilan yakunlanadi. Tarixiy
progressning birinchi uch bosqichlari m a’naviy sohada erishgan yutuqla-
ri bilan keyingi 1,5 m ing yillikda erishgan natijalaridan bir necha m arta
oshib ketadi.
Jez asrining gullab-yashnagan davrida tabiiy, texnik v a ijtimoiy fan-
larning (toMa boMmasada) tizimi shakllana boshladi. Qadimgi ilk sivili-
zatsiya o ‘choqlari Misr, M esopotam iya, H indistonda ilm -fanning birinchi
ilmiy inqilobi yuz berdi. Qadimgi Sharqning Hindiston va 0 ‘rta Osiyo
hududlarida ham aniq va tabiiy fanlar rivojlandi. N atijada aniq v a tabiiy
fanlam ing yutuqlari x o ‘jalik hayotida keng qoMlanildi. Ayniqsa, aniq fan-
lam ing yutuqlari m e’m orchilik san’ati rivojlanishida betakror memoriy
inshootlar bunyod etilishida o ‘z aksini topdi. Ana shunday inshootlardan
biri er.aw . 2600 yillar atrofida qurilgan M isr piram idalarida yaqqol ko‘ri-
nadi. Qadimgi M isr sivilizatsiyasining geom etriya, m atem atika sohasida
erishgan yutuqlari piram ida qurilishida o ‘z ramziy ifodasini topgan.
Xeops piram idasining memori kohin X em iun hisoblanadi. Rivoyat-
larga k o ‘ra M isr kohinlari ichida eng donishm andi bolgan X em iun ham
o ‘z sirlarini Xeops piram idaga yashirgan. Piram ida asosi tom onlari teng
to ‘g ‘ri to ‘rtb u rc h a k - kvadratdan iborat uzunligi 163,6 metrni tashkil qi-
luvchi bu tom onlar o ‘zaro yuzdan bir foizga farqlanadi xolos. Buning us-
tiga ehrom lar aqlni lol qoldiruvchi aniqlikda 133 darajaga yem ing m agnit
maydoni kuch chizigM tom on ogMshgan. Demak, m isrliklar o ‘sha payt-
106
Jahon sivilizatsiyalari tarix i
dayoq magnit maydoni kuch chiziqlari yo‘nalishini aniqlovchi asbobdan
xabardor bo ‘lishgan.
Kohin Xemiun ikkita o'lchov kattaligi bilan ehrom tomonlari o‘rta-
sidagi nisbatlar o'zgarmas miqdorga teng ekanligini isbotlab bergan.
Bundan tashqari, piramida ichida asosining qarama-qarshi tomonini teng
ikkiga bo‘luvchi, balandligi piramida balandligiga teng shunday uch-
burchak borki, uning tomonlari nisbati ham aynan o‘sha «fi» qiymatiga
tengdir. Ana shu uchburchak Xemiun uchburchagi deb ataladi. Xemiun
uchburchagi gipotenuzasining katetiga nisbati ham o‘sha «oltin nisbat»
deb ataluvchi qiymatga teng. Bu qiymat fazoviy jism lar o ‘rtasidagi nis
bat bo‘lib, rivojlanishning geometrik qonuniyatlari bo‘lmish o‘zgarmas
miqdomi tashkil etadi. (Anvar Sherov «Oila davrasida» 2013-y 3-oktyabr
№40)
Qadimgi Mesopotamiyada er. avv. IV - III ming yilliklarda adabiy
va ilmiy manbalardan iborat kutubxonalaming tashkil etilishi, maktablar-
da astronomiya, tabiat va matematikaning o ‘rganilishi ilmiy inqilobning
boshlanishi edi. Bobilda ko‘p sonli astronomik asarlar vujudga keldi. Er.
avv. 1 ming yillikda Bobilda mashhur astronomlar Naburian va Kiden
yashadi. Naburian oy fazalarini aniqlash tizimini ishlab chiqdi. Kiden qu-
yosh yilini 365 kun, 5 soat, 41 minut va 41,6 sekund hisobladi. Qadimgi
Misrda o‘ziga xos yozuv kashf qilindi. Taqvim, suv va quyosh soatlaridan
foydalanildi. Qadimgi Xitoy va Hindistonda matematika, seysmologiya,
falsafa, tibbiyot sohalarida ulkan yutuqlarga erishildi. 0 ‘rta Osiyo va
Eronda ilmiy bilimlaming asoslari, yozuv, rivojlangan diniy e’tiqodlar
shakllandi. Mil.avv.I ming yillikda zardushtiylik dinining muqaddas kito-
bi Avestoda O 'rta Osiyo, Eronning diniy-falsafiy, ma’naviy bilimlari o‘z
aksini topdi.
Sharqning bunday ulkan ilm-fan yutuqlaridan foydalangan G ‘arb
dunyosi er. avv. 1 ming yillikda ilmiy bilimlami rivojlantirdi. Yunon fay-
lasuflari Fales, Geraklit, Suqrot, Aflotun, Demokrit, Epikur, matematik-
lar Pifagor, Yevklid, Arximed, medik Gippokrat, geograflar Aristofan va
Strabonlar o‘z ilmiy ta’limotlarini yaratdilar. Bu ta’limotlar naturfilosofi-
ya, biologiya, mantiq, siyosatshunoslik asoslarini qamrab olgan edi. Tabi-
atga qarashda tub o‘zgarishlar yuz berdi. Tabiiy fanlaming birinchi tizimi
bo‘lgan texnik va ijtimoiy fanlaming asoslari qo‘yildi.
Ilmiy bilimlar rivojlanishining keyingi davri bu ellinizm fani edi (er.
aw . 1II-II asrlar). XX asming 50-yillari boshlaridan ko‘pchilik tarixchi-
107
R. RAJABOV
lar ellinizm davrini siyosiy-iqtisodiy va m adaniy-mafkuraviy sohalarda
mahalliy (sharq) va ellin (g‘arb) m adaniyatining sintezi natijasida m ada
niy taraqqiyotning yangi bosqichi deb hisoblaydilar. Bu sintez qadim gi
Sharqning k o ‘pgina hududlarini yunon-m akedon istilolari oqibatida aniq
tarixiy vaziyatda am alga oshdi degan tushuncha hukm suradi. Haqiqatda
esa, mil.avv. I m ing yillikdan boshlab, ayniqsa, dunyoda birinchi bor uch
qit'ani birlashtirgan ulkan A hm oniylar imperiyasi davrida sharq va g ‘arb-
ning m adaniy-iqtisodiy aloqalari va m adaniyatlar muloqoti boshlangan
edi.
Ellinizm davrining eng m ashhur madaniy voqeasi Iskandariya muze-
yining tashkil etilishi b o ‘ldi. Bu dunyo tarixida davlat rahnam oligidagi
ilk ilmiy tadqiqot instituti edi. Bu davrda Zenon asos solgan falsafaning
yangi oqim lardan biri stoiklik, Gipparx va Ptolomey astronom iyasi, Era-
tosfen (Iskandariya m uzeyining direktori, yer aylanishining nisbatini aniq
belgilagan olim ) geografiyasi vujudga keldi.
Ellinizm fanining buyuk yutuqlari Eratosfen geografiyasi, Feofrast-
ning botanikasi, Ktesibeyning pnevm atikasi, G alenning anatom iyasi, fi-
ziologiyasi va tibbiyoti, kohin M anefonning «M isr tarixi» va Polibiyning
davlat shakllarini siklik alm ashuvi nazariyasi edi. Antik tarixda Rim davri
fan taraqqiyotida qator yutuqlarga erishdi. Lukretsiy va Seneka tabiatni
o ‘rganishda qator tadqiqotlam i am alga oshirdilar.
A stronom iya sohasida Ovidiyning «Osm on hodisalari» kitobi, Ma-
niliyning «Astronom ika» nom li beshta kitobi m a’lum. Ijtimoiy fanlarni
rivojlantirishda rim liklar ancha ishlarni am alga oshirdilar. Strabon geog-
rafiya bo‘yicha va o ‘sha davrda m ashhur b o ig a n Tit Liviy Rim tarixi
bo‘yicha 142 jildlik asarini yozdi.
Pompey Trog, dam ashqlik Nikolay, sitsiliyalik Diodor jahon tarixi
bo‘yicha ko‘p tom li asarlam i yaratdilar. Astronom iya, yershunoslik, qu-
rilish san’ati va m e’m orchilik (V itruviyning m e’m orchilik bo‘yicha 10
kitobi), harbiy texnika va strategiya sohalari bo‘yicha katta ishlar qilindi.
Sharqdagi lokal sivilizatsiyalar ilmiy bilishning shakllanishi va ri
voj lanishida ulkan yutuqlam i qo ‘lga kiritdi. Xitoy da Konfutsiy (er. avv.
55 l-479-yillar)ning falsafiy - axloqiy ta ’limoti; sayyoh olim lar maktabi;
Mo Szi (er. avv. 479-438 yillar)ning ideal davlat to‘g ‘risidagi m a’lumo-
tini k o ‘rsatish m um kin. Qonun ustuvorligi to ‘g ‘risida Shan Yan davlat
ning barcha fuqarolari uchun yagona va majburiy qonun e ’lon qildi. L e
kin hukm dor qonun ustida turadi deb uqtirdi. X itoyda keyingi davrlarda
108
Jahon sivilizatsiyalari tarixi
ham tibbiyot, astronom iya, texnik fanlar rivojlandi. Xitoy olimlari oy va
quyosh sikllarini birlashtirishni o ‘rgandilar. Osm on jism lari harakati aso
sida yilni hisoblab chiqdilar. Oy tutilishlarini oldindan aytib bera bosh-
ladilar. Q og‘oz, kompas, tishli g ‘ildirak, suv tegirmoni X itoyda k ashf qi
lindi. Qadimgi Hindistonning ilmiy yutuqlariga Buyuk Hind gram m atika
fanining ajoyib namunasi Paninining gramm atikasi edi.
Er. avv. III-I asrlar G uptalar davrida hind fani gullab yashnadi. Era-
mizning I asrida 10 lik sanoq tizimi yaratildi. Hind olimlari m atem tikada
ayirish, oddiy v a murakkab misollami hisoblash, sonlami kvadrat va kubga
ko‘paytirish, kvadrat tenglamalarni yechishni bilardilar. Ular trigonom et-
riya asoslarini yaratdilar. Er. a w . V asr atrofida yashagan m ashhur m ate
matik, astronom Ariyapxata kvadrat va kub ildizini ehiqarish qoidasi, bir
nom a‘lum bilan chiziqli tenglamani yechish, sonlar nazariyasi asoslarini
yaratdi. Astronom iya sohasida u yem ing o ‘z o ‘qi atrofida aylanishi, qu
yosh va oy tutilish nazariyasini ishlab chiqdi. Hind olimlari kimyo, me-
tallurgiya, tibbiyot sohalarida sezilarli natijalarga erishdilar. M isol uchun,
«Sushrutu - Samxita» nomli tibbiy asarlarda 650 dorivor vosita, 300 dan
ortiq operatsiyalar, 120 jarrohlik asbobi tasvirlangan.
XX asr boshlarida Artxashastra («Siyosat to ‘g ‘risidagi fan») nom
li qadimgi hind qoMyozmasi topildi. Bu qoMyozma qadimgi davm ing
eng buyuk siyosiy traktatlaridan biri hisoblanib, Aflotunning «Davlat»
va Arastuning «Siyosat» asarlari bilan tenglashtiriladi. Traktatda pods-
Im hokimiyati paydo boMishining sabablari, tartibni saqlashda jazoning
mli, m onarxiya shaklidagi davlatning tuzilishi, iqtisodiy siyosat, soliqqa
lortish, diplom atiya to ‘g ‘risida fikr yuritiladi. Mil. I asr milodiy IV asr
larda mavjud bo‘lgan, O 'zbekistonning janubi, A fg‘oniston, Hindistonni
o ‘/ ichiga olgan Kushon imperiyasi davrida bir necha alfabitlar, jum la-
dan .slui davrda mustdaqil davlat boMgan X orazm da yozuv paydo b o ‘ldi.
«Avesto е/.gulik» va yovuzlik kurashi g‘oyalari rivojlatirildi
M adaniyatshunos olim Pitirim Sorokin Yunoniston va Rimdagi il
miy texnik kashfiyotning o'sishini baholashga urinib k o ‘rdi. Qadimgi
Yunonistonda ilmiy faollik er. a w . VI-III asrlarda o ‘zining eng yuqori
cho‘qqisiga erishdi. Shunday qilib, antik dunyoni bilishning birinchi ul-
kun halqasi tugallandi. Natijada inson o ‘z tafakkuriga asoslanib, tabiat
sirlarini ochdi ham da zamonaviy fanning binosi poydevorida yotgan fan-
lur tizimini yaratdi.
Qadimgi jam iyatlarda madaniyat va san’atning cho‘qqilarida erishil-
ЦШ
1
yutuqlaridan bir qismi bizgacha insoniyatning o ‘smirlik davrida yara-
109
R. RAJABOV
tilgan m a’naviyatning faqat ozgina qismi yetib keldi. N eolit davridayoq
m a’naviyatning poydevori uchun shart-sharoitlar yaratildi. Lekin o ‘sha
davm ing m adaniy yodgorliklari bizgacha kamroq saqlanib qolgan. Kam
sonli jam oalam ing q o ‘rg‘onlar va ilk shaharlarda to ‘planishi, m ehnat
unum dorligining o ‘sishi, bo‘sh vaqtning ko‘payishi bulam ing hammasi
neolit san’atining rivojlanishiga turtki boMdi. Bu san’at uylar, sopol xum-
lar, ibodatxona devorlarining bezaklari va tosh ustunlarda o ‘z ifodasini
topdi. Er. a w . V I-V m ing yilliklarda Old O siyoda m a’lum otlar uchun
predm etlam ing katta hajmdagi tasvirlaridan foydalanilgan. Mil.avv. IV
ming yillikda M esopotam iyada shum erlar dunyo tarixidagi birinchi yo-
zuv - mixxatni k ash f qildilar. Er. avv. Ill m ing yillikda loy taxtachalarga
qam ish tayoqlar bilan belgilam i chizdilar. N eolit va ilk m ezolitning sopol
idishlarida badiiy um um lashtirishning bosqichlaridan birini k o ‘ramiz.
2.
J e z d a v rid a m a d a n iy a t va s a n ’at. Jez davrida m adaniyat va
san’atning shakllanishi uchun yangi im koniyatlar ochildi. M ehnat tizi-
mida va m adaniy tizim da m adaniyat va san’at mustaqil faoliyat sifatida
chiqa boshladi. Bu im koniyatlardan tem ir asrida to ‘la foydalanildi. Bu
davrda Hindiston, Xitoy, Rim va Yunoniston kabi m adaniyatning eng qa-
dimgi o ‘choqlarida ko ‘p sonli yodgorliklar yaratildi. M adaniyat dinami-
kasida jam iyatning shakllanishi v a taraqqiyotidagi siklik tebranishlarga
o ‘xshash oliy katta sikllam i ajratish mum kin: tarix arafasi boMgan yuqori
paleolit va m ezolit m adaniyati, neolit, je z va tem ir asri hamda antik ma
daniyat uning yuqori va eng o'rganilgan qismidir.
Shahar inqilobi je z asridan boshlab m e’moriy yodgorliklar, maqba-
ralar, saroylar, teatr kabi jam oat inshootlarini bunyod qilish uchun yoM
ochdi. Qadimgi Shum erda er. a w . Ill m ing yillikda ibodatxonalar baland
supa ustida devor bilan o ‘ralgan holda qurildi. F ir'avn Am enxotep III (er.
a w . XVIII asr)ning Fiva shahridagi saroyi ulkan maydonni egallagan edi.
F ir'av n Am enxotep IV (Exnaton)ning yangi poytaxti Axetaton shahridagi
bosh saroyda sharqiy peshtoqning uzunligi 700 metr edi. Ossuriya podsholari-
ning poytaxti N ineviya shahridagi saroyi ulkan hajm larda bunyod qilin
gan edi.
Bilimlar, ko ‘nikm alar v a m adaniy m erosning katta m iqdorda to ‘pla-
nishi, uni har bir keyingi avlod tom onidan o ‘zlashtirish zaruriyati tarbiya
va ta’lim jarayonida tub o ‘zgarishlami talab qildi. Bolalar, o ‘smirlar uchun
hayotning o ‘zi m aktab boMgan. Ovchi urugMarda bolalar yoshligidan
qushlar, m ayda hayvonlarni ovlab qorin to ‘y g ‘azishga kundalik hayot-
110
Jahon sivilizatsiyalar! tarixi
da o ‘rgandilar. Ular qush, hayvonlam i yurish-turishini kuzatib, amaliy
bilim oldilar. Foydali, dorivor o ‘sim liklam i bilganlar va am alda foyda-
lanish ko‘nikm asiga ega bo ‘lganlar. N eolit davrida ham ta ’lim asosan
oilada am alga oshirilar edi. Bola yoshligidan tabiat hodisalarini kuzatar,
o ‘z oilasi, jam oa hayotiga qo‘shilar edi. O lsm ir bola boshda uyda, keyin
esa dalada, ustaxonada oddiygina yoki yordam chi yum ushlam i bajarar
edi. 0 ‘sm ir qachonki, zaruriy bilim va ko‘nikm alam i egallagach, oila
si, katta yoshli jam o a a ’zolari oldida o ‘ziga xos sinovlardan o ‘tganidan
so‘ng, u kattalarga qo‘shilib, jam oaning to ‘la huquqli a’zosi - ovchi, har
biy, dehqon, cho‘pon, hunarmand bo‘lar edi. Bu m arosim inisiatsiya deb
atalgan.
Bolalik va o ‘sm irlikda egallangan bilim lar va k o ‘nikm alar doirasi
hajmi uncha katta em as va oddiy edi. Xavfli va qiyin hayot, tirik qo-
lish va rivojlanish katta kuch va tafakkur, k o ‘p mehnat, harbiy m arosim,
an'analarini m ohirona bajarishni talab qilar edi. Hayot shafqatsiz va og‘ir,
xatoga y o ‘l q o ‘yish halokat edi. Hali ta ’lim jarayoni mustaqil boMmay,
laoliyatning alohida turi emas edi. Aqliy m ehnat bilan faqat magsehrgar-
lar, shom onlar shug‘ullanganlar. Lekin ular ham diniy marosimlar, aqliy
mehnat faoliyatini bajarib bo‘lgach, kundalik tirikchilik ishlari y a’ni, ov,
Icrmachilik ishlari bilan band bo‘lar edilar. Ahvol jam iyat taraqqiyotining
keyingi bosqichlarida tubdan o ‘zgardi.
lismoniy mehnat kishilari uchun o ‘rganish jarayoni ilgarigidek ishlab
i lm|iirishdan ajralmagan edi. Aqliy m ehnatning jism oniy m ehnatdan aj-
inlislii yo/.uvni yaratishga yordam berdi. Davlat va jam iyatning taraqqiy
qilishi, ijtimoiy-iqtisodiy m unosabatlarning m urakkablashuvi, aqliy meh-
mil kisliilarini tayyorlash mirzalar, kohinlar, faylasuflar m aktabini tashkil
qilishni lalab qilar edi. Yosh avlodni o ‘qitish bilan shug‘ullanadigan m ax-
sus kasb egalari ana shu tarzda paydo b o ‘ldi. Qadimgi M isr va M esopo-
l.uniyada bir necha bosqichli m aktablar paydo b o ‘ldi. Ta’lim tizim ining
pay do bo'lishi, jam iyat taraqqiyotidagi olg‘atashlang an ulkan qadam edi.
Simmer jamiyatida er. avv. Ill ming yillikda m irzalar va yer o ‘lchovchilar-
ni luyyorlovchi Eduba maktabi faoliyat ko ‘rsatdi. Qadimgi M isrda mir-
/ulai muktnbi va boshqa turli kasblarga o ‘qitadigan o ‘quv yurtlari tashkil
iMilf'an eili. O 'rta Osiyoda ham ta ’lim tizimi er. avv. I m ing yillikda shakl-
laiuli. Ilk yo/.uv va ilk maktablar paydo b o ‘ldi.
Qadimgi Afmada ham mil.avv. V asrdan turli m aktablar paydo b o ‘ldi.
I ales maktabi, Allotun akademiyasi, Arastu litseyi, ayniqsa, m ashhur edi.
I l l
R. RAJABOV
Aflotun akadem iyasi (er. avv. 487-yilda ochilgan)da m atem atika, astrono
miya, m usiqa o ‘qitilgan va fan bo‘yicha m unozaralar olib borilgan. Aflo
tun bu yerda 40 yil dars bergan. A kadem iya im perator Yustinian farmoni
bilan 525-yilda tugatilgan. A finada mil.avv. IV asrda Arastu o ‘z litseyida
o ‘quvchilari yordam ida 158 polisning davlat qurilishini tasvirlab berdi. U
davlat hokim iyati shakllarining alm ashuv sikllarini asosladi (monarxiya,
tiraniya, aristokratiya, oligarxiya, demokratiya). Bu birinchi siyosatshu-
noslikka oid «Politika» asoslarining paydo boMishiga olib keldi.
A hm oniylar davlatida zodagonlarning o ‘g ‘illari viloyat noibi mahka-
m asida davlat boshqaruvi tartib qoidalarini bir necha yil o ‘rganib, keyin
m a’lum bir lavozim larni egallaganlar. Qadim gi X itoyda ta ’lim yuqori da
rajada rivojlangan. Xitoy m aktablarida asosan, iyerogliflar va Konfutsiy
falsafasini o ‘rganishga katta e ’tibor berilgan. Im perator UDi er. avv. 124-
yili poytaxtda m aktab ochgan. 0 ‘quvchilar maktabni bitirib, im tihonlam i
topshira olsalar am aldorlik lavozim larini egallash huquqiga ega bo‘lgan-
lar. Bu davlat am aldorlarini tayyorlaydigan birinchi o ‘quv yurti edi.
Shu tarzda ta ’limdagi birinchi inqilob m ehnatning ijtim oiy va kasbiy
taqsim otini rivojlanishiga yordam berdi. Bunday ixtisoslashgan faoliyat
turining shakllanishi yosh avlodning savodini ehiqarish, fan, m adani
yat, boshqaruv va harbiy ishni o ‘rganishga qulay shart-sharoitni yarat
di. Lekin bu tizim faqat yosh avlodning tor doirasini qam rab olgan edi.
Aksariyat m aktablar pullik bo ‘lgan. Aholining katta qismi esa bilim va
am aliy k o ‘nikm alam i asosan oila va m ehnat faoliyati jarayonida olar edi.
Qadim gi M isrda zodagoniar o ‘z bolalarini savodini chiqarishni birinchi
vazifa deb bilganlar. M irzalik kasbi M isrda obro‘li hisoblangan.
Qadim gi Am erikadagi lnklar im periyasida o 'z ig a xos ta ’lim tizimi
shakllandi. Bu yerda m axsus o ‘quv yurtlarining 2 xili m avjud edi. Ular-
ning birida zodagoniar ta ’lim olar edi. Ular til, tarix, harbiy ish, qurilish
texnikasi, boshqaruv san ’atini o ‘rganar edilar. B oshqa turdagi maktablar-
da quyosh xudosiga alohida xizm at qilish yoki oliy tabaqa zodagonlariga
turm ushga chiqishga m o ‘ljallangan eng go‘zal qizlar ta ’lim olganlar. Bu
yerda poeziya, m usiqa, raqslam i o ‘rganishga e ’tibor qaratilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |