Payt ravishi hol yoki kesim vazifasini bajaradi.
O'rin ravishi. Ish-harakatning bajarilish o'rnini anglatadi.
O'rin ravishining ma'nosi o'rin ma'nosini ifodalaydigan otning ma'nosiga nisbatan abstrakt, umumiy bo'ladi. O'rin ravishlariga: nari, beri, unda-bunda, allaqayerdan, buyoqqa, u ёqqa! kabi so'zlar kiradi.
O'rin ravishi asosan hol vazifasini bajaradi: «Bunda bulbul kitob o'qiydi. Qani bu ёqqa o'tiring-chi!
Sabab ravishi. Ish-harakatning bajarilishidagi sababini anglatadi.
Sabab ravishiga: noilojlikdan, chorasizlikdan, so'zlari kiradi. Sabab ravishi asosan, hol vazifasini bajaradi: Kunduzoyning qistashi bilan noiloj birinchi qatorga borib o'tirdi.
Maqsad ravishi. Ish-harakatning bajarilishi maqsadini anglatadi.
Maqsad ravishlariga: atayi(n), ataylab, jo'rttaga, qasddan, so'zlari kiradi.
Maqsad ravishi hol vazifasini bajaradi: Ertalab atayin sport kostyumini kiydim.
3. Ravishlarda daraja.
Sifatda bo'lganidek, ravishda ham belgini ifadalash hodisasi bor. Belgini darajalab ifodalash asosan, holat ravishlariga xos bo'lib, daraja ma'nosini sifat darajalaridagi vositalarning o'zi bilan ifodalanadi: TU -104 samolyoti IL -18 samolyotidan tezroq uchadi. (qiyosiy daraja). Raketa eng tez uchadigan apparatdir. (orttirma daraja).
Ravish —mustaqil soʻz turkumlaridan biri; harakat va holatning belgisini, shuningdek, belgining belgisini bildiradi. R.larning quyidagi maʼnoviy turlari mavjud: holat (tarz) ravishlari (tez, sekin, piyoda kabi); oʻrin ravishlari (uzoqda, yaqindan, pastda kabi); payt ravishlari (hozir, kecha, bugun kabi); darajamiqdor ravishlari (ancha, sal, kam kabi); maqsad ravishlari (ataylab, joʻrttaga kabi); sabab ravishlari (noiloj, ilojsiz, chorasizlikdan kabi). Payt, oʻrin va maqsad ravishlaridan boshqa barcha ravishlarni, eng umumiy xususiyatlariga koʻra, bir turga kiritish va ularni holat (tarz) ravishlari deb atash mumkin.
Ravish mustaqil soʻz turkumi sifatida quyidagi morfologik xususiyatlar bilan ajralib turadi:
1) daraja kategoriyasiga ega: tez, koʻp (oddiy daraja) — tezroq, koʻproq (qiyosiy daraja) — eng tez, juda koʻp (orttirma daraja) kabi;
2) oʻzgarmas bulib, koʻpincha feʼllarga bogʻlanib keladi: Soʻrida qat-qat duxoba koʻrpachalar ustma-ust toʻshalgan edi;
3) ravish ayrim oʻrinlarda sifat va otga bogʻlanib kelishi ham mumkin. Bunday hollarda R. belgining belgisini yoki predmetning belgisini emas, oʻzi bogʻlanib kelgan sifat yoxud otdan anglashilgan harakatlarning belgisini bildiradi: Kecha havo juda sovuq edi. U hozir beqiyos va tasavvur qilib boʻlmas baxtiyor edi;
4) ravish yasovchi muxsus qoʻshimchalarga ega: cha, ona, larcha, lab va boshqa;
5) turlanmaydi va tuslanmaydi (otlashish hollari bundan mustasno).
Ravishlar morfologik va sintaktik usullar bilan yasaladi: doʻstona, qahramonlarcha, oylab (morfologik usul), har zamon, shu on, bir dam (sintaktik usul) kabi. Ravishlar tuzilishiga koʻra, sodda (kamtarona, vijdonan, butunlay), qoʻshma (har dam, bir yoʻla, ozmuncha, har qachon), juft (kecha kunduz, qishin-yozin) va takroriy (ozoz, tez-tez, koʻp-koʻp) turlarga boʻlinadi. Ravishlarning anchagina, juda, kam, kamkam kabi shakllari modal shakl hisoblanadi. Ravishlar gapda hol, aniqlovchi va kesim vazifalarida keladi.
Ravishlar belgi anglatish xususiyatlari bilan sifatlarga uxshaydi, ammo grammatik xususiyatlari jihatidan ular oʻzaro farqlanadi: sifatlar predmetning belgisini, ravishlar esa harakat yoki holatning belgisini bildiradi; ularning gapdagi, yaʼni sintaktik vazifasi ham oʻzgachadir.
Ravishlar orasida belgining belgisini ifodalovchi o‘zgarmas so‘zlar (qasddan, taxmыnan, baralla, butkul, do‘stona, hamisha, andak, vijdonan, birga, mardlarcha, endi, hali, mutlaqo, aslo) bilan bir qatorda morfologik o‘zgarish qobiliyatini to‘la-to‘kis saqlagan o‘nlab ravish bo‘lmagan nutqiy va lug’aviy birliklar (u yoq, bu yer, shu vaqt, ichkari, tashqari, ko‘p, atrof) ko‘rish mumkin. Payt, o’rin, miqdor ma’nosini ifodalash faqat ravishga xos xususiyat emas, ot, sifat ham bunday belgilarni bildira oladi. Demak, semantik jihatdan ravish boshqa mustaqil so‘z turkumlariga o‘xshash bo‘lsa-da, sintaktik munosabat va lug’aviy shakllarni qabul qila olmasligi bilan farqlanadi9 . Ma’no va vazifasi jihatdan ravishni yuqorida sanab o‘tilgan ism guruhlaridan farqlash mumkin emas. Turkiy tillarda ravishni ma’no va vazifasi jihatdan (semantik-funkqional) emas, balki tamoman boshqa, mustaqil so‘zlarning birortasiga xos bo‘lmagan belgi - o‘zgarmaslik belgisi asosida ism va ishoralar (olmosh)dan farqlash zarur. O‘zgarmaslik ravishning for mal belgilaridan biridir. Morfologik o‘zgaruvchan keyin, har kun, tun, kun, oqshom kabi payt ma’nosini ifodalovchi so‘zlarni ravish hisoblash tanlangan mezon -morfologik o‘zgarmaslik talablariga mutlaqo javob bermaydi. Bu kabi so‘zlar egalik, kelishik ko‘rsatkichlari bilan erkin birika oladi. Yuqoridagi so‘zlarni ba’zan, hamon, boya, endi, darrov, mudom, hamisha kabi o‘zgarmas so‘z (payt ravish)lardan farqlashimiz darkor. Holbuki, har kun -endi, bugun - boya juftliklarining birinchi komponentydagi leksema payt oti (turlanadi), ikkinchi komponent payt ravishi sifatida baholanishi lozim. Yukoridagi juftliklarning atash semalari bir xil bo‘lsada, ular faqat grammatik tabiati (o‘zgarish, o‘zgarmaslik) bilan farqlanadi. Shu fikrni o‘rin otlari misolida ham aytish mumkin. Grammatikamizda ravish tarkibida o‘rganib kelingan old, chap, o‘ng, tashqari, ichkari, har yer, bu yer, u yoq, bu yoq kabi o‘nlab so‘zlarning o‘zgaruvchan (turlanuvchi) ekanligini isbotlashning hojati bo‘lmasa kerak. Bu so‘zlarni olt, orqavarotdan kabi joy, makon ma’nosini ifodalovchi o‘rin ravishlari bilan aralashtirmaslik lozim. Ravishlar o‘rin hamda payt belgisini ifodalashiga ko‘ra otga o‘xshash, ya’ni ma’lum bir aniq yoki mavhum tushuncha bilan mazmunan bevosita aloqador, biroq ravishlarda mavhumlik (orqavarotdan, tubanda, boya, endi) ot (ichkari, tashqari)ga nisbatan ustun turadi. Boshqacha qilib aytganda, ravishda predmetlik ma’nosi sifat va otlarga ko‘ra ancha zaif. Chunonchi, olg’a va oldin kabi ikki so‘zning ma’nosini o‘zaro qiyoslasak, olg’a so‘zida o‘rin ma’nosi (so‘zlovchining yuzi tomonida joylaigan makon) mavjud bo‘lsa-da, olg’a so‘zini eptitgan o‘zbekning ko‘z oldida qandaydir bir muayyan predmetlik gavdalanmaydi. oldin so‘zi esa o‘zbek ongi (ko‘z o‘ngi)da ma’lum bir predmetlik(aniq tushuncha)ni gavdalantiradi. Xuddi shunday holat o‘zbekcha va o‘zbekona so‘zlarida ham kuzatiladi. O‘zbekcha so‘zi ongimizda o‘zbeklarga xos bo‘lgan nimanidir predmetlik sifatida gavdalantirsa (shuning uchun o‘zbekcha so‘zi ko‘pincha o‘zbek tili ma’nosida qo‘llaniladi), o‘zbekona so‘zi bunday predmetlik haqida tasavvur bermaydi. Ravishlar bilan ot va sifat orasidagi jiddiy ma’noviy farq ham mana shunda, ya’ni assoqiativijda ko‘rinadi. Sifat va otlar ongda predmetni, olmosh bu predmetlikka ishorani gavdalantirsa, ravishlarda bu xususiyat o‘ta zaifdir.
Predmetlik ma’nosi. Bu ma’no otlarda yorqin, sifatlarda yashirin (assoqiativ) ravishlarda o‘ta kuchsizlangan holda namoyon bo‘ladi. Predmetlik ma’nosi ba’zan ot va sifatlarda o‘ta kuchsizlanishi kuzatiladi (chunonchi: shu yerda, shaharda, istiqomat qiladi; issgsh, issiqxona, issgshda qoldi va b.). Bir qator ravishlar esa predmetlik ma’noshga bemalol ishora qila olganligi sababli (masalan: Doya, bar daqiqa oldin, men bu haqda gapirdim kabi) bu belgi ot, sifat, ravish va olmoshlarni bir-biridan ajratish uchun yetarli asos bo‘lolmaydi. Belgi, belgining belgisi ma’nosi.
Do'stlaringiz bilan baham: |