139
vujudga kelishi lozim bo‘lgan ikkita asosiy hukumat markazi sifatida shakllangan
XVI asrdan keyingi tarix davomida eng kuchli o‘zgarishlar bo‘sag‘asida
turgandirmiz.Darhaqiqat, buyumlar interneti asridaan’anaviy pul tizimiga
asoslangan texnologiyalarfoydalanuvchilarni to‘lov tizimlaridagi
takomillashtirish
bilan hayron qoldirishning har xil usullarini izlaydilar. Mobil bitkoin hisob-
kitoblarining ustuvor vositasiga aylangan smartfon, shu bilan bir vaqtda,hisob-
kitoblarni amalga oshirish usullarida inqilob qilishga intilayotgan moliyaviy-texnik
kompaniyalarining diqqat-e’tibori markaziy o‘rin olmoqda.Kredit
kartalari bilan
hisob-kitob qilish an’anaviy texnologiyalrida ham global o‘zgarishlar ro‘y
bermoqda.
Square
kompaniyasidan kontakt kartalari o‘qish uchun portativ qurilma
millionlab kichik biznes vakillari – masalan, taksichilar yoki xot-dog sotuvchilarga
o‘z smartfon va planshetlarini mobil protsessing qurilmalariga aylantirish imkonini
berdi. Bitkoynchilar odatda kredit va debet kartalar havfsizlik darajasi yetarli
emasligidan asosli ravishda shikoyat qiladilar, chunki ularning tizimifoydalanuvchi
shaxsi haqida axborot uzatishga bog‘liq bo‘ladi, biroq ta’kidlash joizki, hozirgi
paytda tarmoqda bunday ma’lumotlar havfsizligi sezilarli darajada o‘sgan.Biroq bu
yerda yana bir muammo mavjud: yangi texnologiyalar huquqiy tizimga kiritilgani
sababli, ular uning ichidagi barcha pul tranzaksiyalari harajatlarini o‘z zimmasiga
oladi. Yangi texnologiyalar provayderlarikredit riskini o‘z zimmasiga olish va
to‘lovlarni qayta ishlash uchun banklar va an’anaviy tizimning boshqa
o‘yinchilariga komission to‘lovlar to‘lashdan bo‘yin
tovlash uchun ozgina ham
imkoniyatga ega emas.Yangi hisob-kitob shakllari, texnik jihatdan ilg‘or bo‘lsada,
avvalgidek 500 yillik tarixga ega bo‘lgan markazlashgan moliyaviy menejment
modeli doirasida qolavermoqda. Oddiy mijoz uchun bu ikkiyoqlamalik hech
qanday ahamiyatga ega emas, bu hattoki kelajakdagi hamkorlik iqtisodiyoti,
qolgan barcha sohalarda insonlarning individual imkoniyatlarini takomillashtirish
yo‘nalishida rivojlanishda davom etadigan bo‘lsada, an’anaviy pullarga uzoq umr
va’da qiladi. Biroq bujon saqlash normarkazlashuv yo‘nalishidagi boshqa
o‘zgarishlar bilan bog‘liq emas. Bu trendlarning barchasi bugun bo‘lmasa ham,
taxminan 10 yildan keyin kriptovalyutalar asri kirib kelishi muqarrar ekanligini
140
ko‘rsatadi degan fikrdan uzoqlashish qiyin.Bu asr kelgach, kredit manbasi sifatida
banklarning ahvoli nima kechadi deb o‘ylashga majbur qiladi. Ularning bu roliga
har qanday tahdid innovatsion texnologiyalar vakillari bilan bozor ulushi uchun
kurashda muzokaralar predmetiga aylanadi. Ularning ma’lum qilishicha, an’anaviy
qog‘oz shaklidagi pullar o‘rniga keladigan kriptovalyuta tizimi banklarning kredit
berish qobiliyatiga putur yetkazishi va shu tariqaxususiy pullar emitentlari
funksiyasini bajarishi mumkin bo‘ladi. Agar bunday havf yuzaga keladigan bo‘lsa,
hammamiz kabi jon saqlashdan manfaatdor bo‘lgan
milliy davlat qanday javob
qaytarish kerakligini hal qilishi lozim. So‘nggi 500 yil ichida milliy davlat o‘zining
moslashuvchanlik qobiliyatini isbotlab berdi, shu sababli, biz bu safar ham omon
qolish va moslashish imkoniyatiga shubha bildirmaymiz. Hulosa tariqasida davlat
kriptovalyutasi chiqarish moslashuv strategiyalaridan
biriga aylanishi mumkin
ekanligi haqida gaplashamiz. Milliy davlatlarning yana bir shunday strategiyasi –
birlashish va pul muomalasi sohasida hamkorlikni mustahkamlashdir. Biz bu nima
bilan yakun topshi haqida tasavvurga ham ega emasmiz. Hech nima bilan
tugamagasligi ehtimoli ham bor. Lekin bunday savollar yuz yilliklar davomida
birinchi marta qo‘yilmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: