BI-80-2 Guruh talabasi Usanov Odil
Davlat xususiy sherikchilik fanining 3-amaliy topshiriq
JAVOBLARI
1-Topshiriq Quyidagi savollarga javob bering.
1. Zamonaviy iqtisodiyot sharoitida davlat-xususiy sherikliligini o’rganishning zarurati qanday?
Javob: Mamlakatimizda iqtisodiyotni liberallashtirish boʻyicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar va institutsional islohotlar investitsiya muhitini yaxshilashga, xorijiy va mahalliy investorlar sonining ortib borishiga koʻmaklashmoqda. Shu bilan birga, anʼanaviy ravishda davlat tasarrufida va boshqaruvida boʻlgan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada toʻplanib qolgan muammo va kamchiliklar davlat-xususiy sheriklik tizimini joriy etishni jadallashtirish yuzasidan muhim choralar koʻrishni taqozo etmoqda. Ijtimoiy va kommunal sohalar, shaharsozlik va obodonlashtirish, yoʻl xoʻjaligi, energetika sohasidagi davlat monopoliyasi tovarlar ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sifatini, davlat mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini pasaytirmoqda. Prezidentimiz tomonidan 2019 yil 29 aprelda qabul qilingan 4300-sonli qarorda 15ta yirik loyihalar qabul qilindi. 2 milliard dollardan oshiq bo‘lgan bu loyihalar jumlasiga, aeroportlar, yo‘llar, suv ta'minoti, elektr energiyasi ta'minoti sohalarida bo‘ladi. Bu strategik ahamiyatga ega bo‘lgan sohalarda loyihalarni amalga oshirish ko‘zda tutilgan. Investitsiyalarni jalb qilish uchun asos sifatida ishlar olib borilmoqda. Davlat-xususiy sherikchilik sohasining bunga nima daxli bor? Masalan, turizmni olaylik. Turizm uchun avvalo mehmonxonalar qurish kerak. Yo‘llar yaxshi bo‘lishi kerak, aeroportlar yaxshi bo‘lishi kerak. Bular biznes uchun infratuzilmaning sifatini oshiradi. Bu mahalliy investorlar uchun qulayliklar keltiradi. Masalan, hozir aeroport sig‘imi 2,5 million yo‘lovchiga mo‘ljallangan bo‘lsa, lekin talab 5 million hisoblanadi.
2. «Davlat-xususiy sheriklik» fanining boshqa fanlar bilan o’zaro bog’liqligi?
Javob:Barcha iqtisodiy fanlar; Iqtisodiyot nazariyasi, Moliya, Makro va mikro iqtisodiyot, Xalqaro iqtisodiyot, Marketing, Menejment-DXShni mazmun maohiyatini anglash va o'rganish va amalga tadbiq etishda iqtisodiy munosabatlarni amalga oshirishda tayanch vazifalarini o'taydilar. Huquqiy fanlar: Davlat va huquq nazariyasi, Fuqarolik huquqiy, Moliya huquqi, Biznes huquqi, Ma'muriy huquq, Jinoyat huquqi- bu fanlar DXShni amalga oshirish, huquqiy munosabatlarga kirishish tartib va taomillarini o'rganishda amaliy yordam beradi. Bundan tashqari tarix, siyosatshunoslik, jamiyatshunoslik, falsafa, mantiq kabi fanlar DXShni amalga oshirish sharoitlarini o'rganishda zaruriy xisoblanadi va boshqa soxaviy fanlar ham DXShnining u yoki bu soxani amalga oshirishda zarur bo'la
Do'stlaringiz bilan baham: |