396
5.
Digital Transformation
qanday amalga oshirilishini iqtisodiyotdan
misollar vositasida tushuntiring.
6.
Elektron tijoratdagi moliyaviy hizmatlar spektrinimalardan iborat
ekanligini hayotiy misollar yordamida tushuntirib bering.
11-BOB. RAQAMLI IQTISODIYOTDA ELEKTRON TIJORAT
MODELLARI
11.1. Elektron tijoratning asosiy modellari
Ushbu bo’limda elektron tijorat bilan bog’liq bo’lgan quyidagi savollar
ko‘rib chiqiladi va muhokama qilinadi:
Biznes modellar nima va ularning qanday turlari mavjud?
Qanday qilib kompaniyalarning muvaffaqiyatli
biznes-modellari tashkil
qilinadi?
Informatsion agentliklar va messenjerlr qanday qilib pul topadilar?
Ijtimoiy saytlar va mobil ilovalarning turli xildagi monetizatsiya
tuzilmalarida qanday kuchli va kuchsiz tomonlar mavjud?
Qanday qilib bu soxadagi muvaffaqiyatsizliklardan samarali homoyalanish
mumkin?
Biznes model kompaniyaga samarali tijorat foaliyatini yuritish va o’z
oldiga
qo’yilgan maqsadlarga erishish uchun qo’llaniladigan asosiy va qo’shimcha biznes
jarayonlar to’plamidir. Kompaniyalar biznes modelni tovar va hizmatlar yaratish
va buning qandaydir miqdorda oqibatida foyda olish uchun ishlatadilar. Biznes
model kompaniyaning qanday qilib pul ishlashi bo’yicha ishga yondoshuvidir.
Maqsadga muvofiq bo’lgan va foyda keltiradigan
biznes-model qurish uchun
quyidagi bir qancha savollarga javob berish kerak bo’ladi:
Kompaniya qanday xizmat yoli mahsulot sotadi uning qimmatliligi nimada?
Iste’molchilar ushbu mahsulot nyoki xizmatlardan qanday naf ko’rishlari
mumkin?
Iste’molchilar ushbu mahsulot yoki xizmatdan o’zlarining qanday
muammolarini hal qilishlari mumkin?
397
Mahsulotning sifati va bahosi bozordagi shunday mahsulot yoki
xizmatlarning sifati bilan qanday munosabatda?
Kompaniya qanday bozor segmantiga kirishni rejalashtirayapti?
Kompaniya qanday qilib o’z mahsulot yoki hizmatlarini sotadi?
Mahsulot va xizmatlarni sotish uchun qanday kanallar mavjud?
Kompaniya faoliyatini ta’minlash uchun qanday zahiralar kerak bo’ladi?
Biznes-modelni tadbiq etish uchun kompaniya
qanday harajatlar qilishi
kerak?
Mijozlar bilan aloqalar qanday qilib amalaga oshiriladi?
Kompaniya mijozlarni qanday qilib o’ziga jalb qiladi?
Mijozlar uchun qanday yengilliklar yaratiladi?
Mijozlarni jalb qilish va ushlab turish uchun qanday tadbirlar amalga
oshiriladi?
Mijozlarning vaqtinchalikdan doimiyga aylanishi uchun qanday tadbirlar
majmuasidan foydalaniladi (chunki doimiy
mijozlar kompaniyaga asosiy
foydani keltiradi)?
Zahiralar yetkazib beraidgan, xizmat ko’rsatadigan va information tizimlar
ishnichliligini ta’minlab beradigan hamkorlar
hamda raboqatchilar bilan
aloqalar qanday amalga oshiriladi?
Kompaniya biznes-modelining asosiy tarkibiy qismlari quyidagilar bo’lishi
mumkin (
Tools for Business Model Generation, Alexsander Osterwalder.
http://ecorner.stanford.edu/authorMatrialInfo.html?mid=2875
):qiymatyaratadigan
taklif, asosiyresurslar, faoliyatningasosiyturi, asosiyhamkorlar, iste’molsektorlari,
mijozlarbilano’zaroaloqa, sotuvkanallari, puloqimlarivasarf-harajalarttarkibi.
Internetda ishlaydigan biznes modellarning
eng ommabop tasnifi AQSH
Shimoliy Karolina shtati universiteti professori Maykl Rappniki hisoblanadi [6].
Intenet biznesi modellarining ushbu tasnifi o’z tarkibiga 41 ta modelni qamrab
oladi va u to’qqizta kategoriyaga bo’lingan:
1.
Do'stlaringiz bilan baham: