235
global tarmoqlar yoki elektron pochta orqali tezlik bilan tarqalib, ko’payib
ketadilar. Chuvalchang virusi sizning ruxsatingizsiz
sizning pochtangizdagi
elektron adres kitobingizdagi barcha manzillarga qandaydir ma’lumotlar jo’natishi
yoki xavfli amallarni xosil qilishi mumkin. Troyan dasturlari ko’paymaydilar,
o’zlari biror bir ma’lumot jo’nata olmaydilar va kompyuteringizdagi
ma’lumotlarni o’chira olmaydilar. Ammo ular turli xil xavfli amallarni bajarib,
sizga katta talofat yetkazishlari mumkin. Troyan
dasturining asosiy maqsadi
kimlargadir sizning kompyuteringizga kirish va uni o’z maqsadlarini amalga
oshirish uchun boshqara olish imkoniyatini yaratishdir. Bu ish sizga
bilintirilmasdan, asta-sekinlik bilan amalga oshiriladi.
Troyan dasturi faoliyati
natijasida sizning shaxsiy ma’lumotlaringiz, biznes goya va ma’lumotlaringiz yoki
qandaydir yozishmangiz internetda raqobatchilarga yoki barcha xalq ommasiga
oshkor bo’lib qolishi mumkin. Yoki turli xil elektron to’lov tizimlaridagi
pullaringiz qaergadir g’oyib bo’lib qolishi mumkin.
Ijtimoiy tarmoqlardagi firibgarliklar xaqida
Turli
xil bayramlararafasida, ayniqsa, yangi yil bo’sagasida ijtimoiy
tarmoqlarda ishlovchi ko’pchilik insonlarga turli xil shahslardan yoki kontakt listga
yozilgan «
dust
»lardan biror bir resursga kirish va unga ovoz berish so’ralib,
natijani qisqa SMS orqali jo’natish suraladi. Shundan foydalangan xolda firibgarlar
o’z chirkin niyatlarini amalga oshiradilar. Bunday firibgarliklarning to’riga tushib
qolmang va ko’rsatilgan raqamga SMS ma’lumoti jo’natmang. Taklif qilingan
resursga o’tish kompyuterga xavfli virus
tushib qolishiga olib kelsa, ko’rsatilgan
raqamga SMS jo’natish hisob raqamida kattagina pul mablagning yo’qotilishiga
olib keladi. Ijtimoiy tarmoqdagi sizning saxifalaringizga va elektron pochtangizga
ruxsatsiz kirishlarning oldini olish uchun hamda firibgarlarning sizga zarar
yetkazishi mumkin bo’lgan xatti-xarakatlaridan himoyalanish uchun quyidagi
chora tadbirlarni ko’rishingiz tavsiya etiladi:
Elektron pochta yoki ijtimoiy tarmoqlarda kimningdir sizga
biror bir amalni
bajarish xaqidagi ko’rsatmalarni bajarishga shoshilmang;
236
Sizga ma’lumot yuborgan «
do’stingiz
» yoki muallifdan elektron xabarni
xaqiqatan ham u yuborganmi yoki yo’qligini aniqlashtiring;
Agarda ijtimoiy tarmoqdagi saxifangiz (
yoki do’stingizning saxifasi
)
begonalar tomonidan ochilgan bo’lsa, darxol elektron pochta va ijtimoiy
tarmoq parollarini o’zgartiring xamda kompyuteringizni
viruslar bor yoki
yo’qligiga tekshirib ko’ring;
Kompyuteringizga sinovdan o’tgan va ishonchli antivirus dasturlarni
o’rnating hamda internetdan foydalanish bo’yicha xavsizlik qoidalariga
qat’iy rioya qiling.
Mobil telefon raqamidan foydalangan xolda insonning qaerdaligini aniqlab
beradigan imkoniyatlardan foydalanishda juda extiyot bo’ling!
Chunki
keyingi vaqtlarda internet tarmogida bunday takliflar ko’payib ketayapti.
Buning uchun firibgarlar ko’rsatilgan nomerga SMS va hisob raqamiga pul
o’tkazishni so’raydilar. Shu ma’lumotlardan foydalanib,
tarmoq firibgarlari
hisob raqamingizdan kattagina pul mablagini o’marib ketadilar. Mobil
telefon raqami bo’yicha insonning qaerda ekanligini aniqlash mumkin,
ammo bu ishni mobil aloqa kompaniyasi operatori ruxsati bilan, ko’rsatilgan
talablarga mos ravishda amalga oshirish mumkin. Shuning uchun ham agar
bunday taklif
boshqa insonlardan chiqsa, ularni firibgar deb hisoblashdan
o’zga chora yo’q.
Do'stlaringiz bilan baham: