Ishonchli bo'lmagan yoki buzilgan ma'lumotlarni
taqdim etganligi uchun
litsenziyaga talabgor O'zbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq
javobgar bo'ladi.
Arizaning ko'rib chiqilishi va litsenziyaning berilishi Litsenziya beruvchi organ
tomonidan litsenziyaga talabgorning arizasi ko'rib chiqilganligi uchun faoliyatning
har bir turi bo'yicha O'zbekiston Respublikasida belgilangan eng kam ish haqining
bir barobari miqdorida yig'im undiriladi.
Litsenziyaga talabgor berilgan arizadan voz kechgan holda yoki litsenziya beruvchi
organ tomonidan litsenziya berilishini rad etish to'g'risida qaror qabul qilinganda
to'langan yig'im summasi qaytarilmaydi.
Litsenziyani berish yoki berilishini rad etish to'g'risidagi qarorni litsenziya beruvchi
organ litsenziyaga talabgorning barcha kerakli hujjatlar bilan birga arizasi olingan
kundan boshlab o'ttiz kundan kech bo'lmagan muddatda qabul qiladi.
Litsenziya berilishini rad etish sabablari quyidagilar bo'lishi mumkin:
•litsenziyaga talabgor tomonidan kerakli tarzda rasmiylashtirilmagan hujjatlarning
taqdim
etilishi;
• litsenziyaga talabgorning litsenziya talablari va shartlariga, shuningdek konkurs
(tender) shartlariga javob bermasligi.
Litsenziyalar berilishini boshqa sabablarga ko'ra, shu jumladan maqsadga
nomuvofiqlik sabablari bo'yicha rad etishga yo'l qo'yilmaydi.
Litsenziyaga talabgor tomonidan litsenziyaning berilishini rad etish uchun asos
bo'lib xizmat qilgan sabablar belgilangan muddatda bartaraf etilgan holda,
hujjatlarni qayta ko'rib chiqish litsenziyaga talabgorning barcha kerakli hujjatlar
bilan birga arizasi olingan kundan boshlab o'n
kundan oshmaydigan muddatda
amalga oshiriladi. Litsenziyaga talabgorlarning arizalari qayta ko'rib chiqilishi
uchun yig'im undirilmaydi. Litsenziya berilishini rad etish bildirishnomasida
ko'rsatilgan muddat o'tganidan keyin berilgan ariza qaytadan berilgan hisoblanadi.
Ariza beruvchi davlat bojini to'lagandan va litsenziya shartnomasi imzolanganidan
keyin litsenziya beriladi
5
.
O‘zbekiston
Respublikasi
Jinoyat
kodeksining
1925-moddasi.
Litsenziyalash to‘g‘risidagi qonunchilikni va ruxsat berish tartib-taomillari
to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish Litsenziya va ruxsat
etish xususiyatiga ega
boshqa hujjatlarni berishning belgilangan tartibi
hamda muddatlarini buzish, shu
jumladan litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini
qonunga xilof ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo
qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, — muayyan huquqdan mahrum qilib,
bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda
jarima yoki uch yuz oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha
axloq tuzatish ishlari bilan jazolanadi
6
.
Jinoyat Kodeksidagi ushbu normaning ijtimoiy hayotdagi,
millat kelajagidagi
ahamiyati nimadan iboratligi haqida ma’lumot berib o’tsam. Litsenziya bu vakolatli
davlat organlari tashqi savdo harakatlarini olib borish uchun beradigan ruxsatnoma.
Eksport va importni, valyuta sarflarini nazorat qilish usullaridan biri. Odatda, 1 yilga
beriladi; 2) texnikaviy, iqtisodiy, ilmiy yangiliklar egasining ularni ishlatish uchun
5
https:mitc.uz/uz/pages/forming_licence
6
https://lex.uz/
shartnoma asosida beradigan ruxsati. Odatda, Litsenziya patent olingan yoki patent
olish uchun talabnoma berilgan ixtirolarga nisbatan qoʻllaniladi. Ammo ixtirolarga,
texnika yangiliklariga, ishlab chiqarish tajribasi, ishlab chiqarish sirlari, tijorat
axborotlari uchun patentsiz ham berilishi mumkin.
Litsenziya beruvchi litsenziar,
Litsenziya oluvchi litsenziat deb yuritiladi. Yangi texnika va texnologiyaga oid
Litsenziyalar 3 xil boʻladi: oddiy litsenziya — litsenziar ixtirodan shartnomada
belgilangan doirada foydalanish huquqiga ega boʻladi, ayni bir litsenziyani maʼlum
hudud doirasida faqat bir emas, balki bir necha litsenziatga bera oladi;
maxsus
litsenziya — litsenziat ixtiro, texnika yoki texnologiyani ishlatishga tanho huqukli
boʻladi, litsenziar esa uni shu hududda koʻllay olmaydi va oʻz nomidan boshqalarga
sota olmaydi; toʻliq litsenziya — bunda litsenziya obʼyektini ishlatish toʻla-toʻkis
litsenziatlar qoʻliga beriladi, litsenziar esa undan mustaqil foydalana olmaydi.
Bunday qoida litsenziya berilgan muddat ichida amal qiladi, litsenziya muayyan
narxda sotiladi. Agarda bu normaga amal qilinmasa Davlat tomonidan qattiy
choralar ko’riladi va
Litsenziya va ruxsat etish xususiyatiga ega boshqa hujjatlarni
berishning belgilangan tartibi hamda muddatlarini buzish, shu jumladan
litsenziyalarning va ruxsat berish tartib-taomillarining yangi turlarini qonunga xilof
ravishda joriy etish, shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin
sodir etilgan bo‘lsa, muayyan huquqdan mahrum qilib, bazaviy hisoblash
miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yuz
oltmish soatgacha majburiy jamoat ishlari yoxud ikki yilgacha axloq tuzatish ishlari
bilan jazolanadi deb ko’rsatib o’tilgan.
Bugungi kunda litsenziya olish tartibi ham zamon bilan birga unga mos tarzda
o`zgarib, soddalashib bormoqda. Bu orqali insonning vaqti tejalyapti, navbat kutib
turishlar, ortiqcha moddiy chiqimlar bartaraf etilib elektron shaklga o`tmoqda va
yangi O`zbekistonda Prezident SH.Mirziyoyev aytganidek, odamlar
emas hujjatlar