litsenziyalar reyestri
— berilgan, to‘xtatib turilgan, qayta tiklangan, qayta
rasmiylashtirilgan, bekor qilingan litsenziyalar, shuningdek amal qilishi tugatilgan
litsenziyalar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan litsenziyalovchi
organlarning ma’lumotlar bazalari majmui.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi vakolatlari jumlasiga
quyidagilar kiradi:
litsenziyalovchi organlarni va faoliyatning ayrim turlarini litsenziyalash
tartibini belgilash, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno;
O‘zbekiston Respublikasi hududida litsenziyalar reyestrini yuritish tartibini
belgilash;
Litsenziyalovchi organlarning vakolatlari jumlasiga quyidagilar kiradi:
faoliyatning ayrim turlarini qonunchilikka muvofiq litsenziyalash;
qonunda nazarda tutilgan hollarda faoliyatning tegishli turlarini
litsenziyalash tartibi to‘g‘risidagi nizomlarni tasdiqlash;
litsenziya talablari va shartlariga litsenziatlar rioya etishini nazorat qilish;
litsenziyalarni qayta rasmiylashtirish;
litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatib turish, qayta tiklash;
litsenziyalarning amal qilishini tugatish;
litsenziyalarni bekor qilish;
litsenziyalar reyestrini yuritish.
Litsenziyalovchi organlar shu organlar litsenziyalaydigan faoliyat turlari
bilan shug‘ullanayotgan korxonalar, tashkilotlar va muassasalar tuzishga yoki ular
faoliyatida muassislar (qatnashchilar) sifatida ishtirok etishga haqli emas,
qonunchilikda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno.
7-modda. Faoliyatning litsenziyalanadigan turlarini aniqlash
Faoliyatning litsenziyalanadigan turlari jumlasiga amalga oshirilishi
fuqarolarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga, sog‘lig‘iga, jamoat xavfsizligiga
zarar yetkazishi mumkin bo‘lgan hamda tartibga solib turilishi litsenziyalashdan
tashqari usullar bilan amalga oshirilishi mumkin bo‘lmagan faoliyat turlari kiradi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya talab qilinadigan faoliyat turlari qonun
hujjatlari bilan belgilanadi.
10-modda. Litsenziyalarning turlari
Litsenziyalar namunaviy (oddiy) va yakka tartibdagi bo‘lishi mumkin.
Namunaviy (oddiy) litsenziyalar jumlasiga cheklanmagan doiradagi yuridik
va jismoniy shaxslarga beriladigan litsenziyalar kiradi, agar ushbu shaxslar tegishli
faoliyat turini amalga oshirishga nisbatan qo‘yiladigan yagona shartlar va talablarga
javob bersalar.
Yakka tartibdagi litsenziyalar jumlasiga yuridik va jismoniy shaxslarga
alohida talablar va shartlar asosida beriladigan, litsenziatlarga faoliyatning mazkur
turini amalga oshirishda mutlaq huquqlar beruvchi, miqdoriy cheklangan
litsenziyalar kiradi. Yakka tartibdagi litsenziyalar amal qilish hududi, faoliyat
obyekti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan boshqa
asoslarga ko‘ra miqdoriy cheklanadi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish, qoida tariqasida, tanlov (tender)
asosida amalga oshiriladi.
Yakka tartibdagi litsenziyalarni berish tartibi va shartlari, shu jumladan
tanlovlarni (tendyerlarni) o‘tkazish shartlari O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasi tomonidan belgilanadi.
11-modda. Litsenziyaning amal qilishi
Litsenziya har bir litsenziyalanadigan faoliyat turi uchun alohida beriladi.
Litsenziya da’vogarining arizasiga muvofiq litsenziya litsenziyalanayotgan faoliyat
turining bir qismiga (qismlariga) berilishi mumkin.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya olingan faoliyat turi faqat litsenziyani
olgan yuridik yoki jismoniy shaxs tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
Litsenziyalarni yoki ularga doir huquqlarni boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Amalga oshirilishi uchun litsenziya berilgan faoliyat, agar litsenziya talablari
va shartlarida boshqacha qoida nazarda tutilmagan bo‘lsa, O‘zbekiston
Respublikasining butun hududida amalga oshirilishi mumkin.
12-modda. Litsenziyaning amal qilish muddati
Faoliyatning ayrim turlarini amalga oshirish huquqi uchun litsenziyalar
ularning amal qilishi muddati cheklanmagan holda beriladi.
Faoliyatning litsenziyalanadigan ayrim turlariga nisbatan qonunchilikda
litsenziyaning cheklangan amal qilish muddati belgilanishi mumkin, lekin bu
muddat besh yildan kam bo‘lmasligi lozim.
Litsenziyaning amal qilish muddati tugagach, u litsenziatning arizasiga
binoan uzaytirilishi mumkin. Litsenziyaning amal qilish muddatini uzaytirish
to‘g‘risidagi ariza litsenziyalovchi organga litsenziyaning amal qilish muddati
tugashidan kamida ikki oy oldin berilishi lozim. Litsenziyaning amal qilish
muddatini uzaytirish litsenziyani berish uchun nazarda tutilgan tartibda amalga
oshiriladi
4
.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalash O'zbekiston Respublikasining
telekommunikatsiyalar sohasidagi litsenziyalash bo'yicha qonun hujjatlariga
muvofiq amalga oshiriladi. Telekommunikatsiyalar sohasidagi yuridik shaxslarning
faoliyat turlarini litsenziyalashni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
4
https:lex.uz.
2000 yil 22 noyabrdagi «Telekommunikatsiyalar va pochta aloqasi sohasida
boshqaruv tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to'g'risida»gi 458-son qarori
bilan tasdiqlangan «Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash
to'g'risidagi nizom»ga muvofiq O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari
va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi tomonidan amalga oshiriladi.
Litsenziyalarni berish (berilishini rad etish), amal qilishini to'xtatish yoki tugatish va
bekor qilish tartibi O'zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasi tomonidan
belgilanadi. Litsenziyalarga talabgorlarning telekommunikatsiyalar sohasidagi
faoliyat turlari bilan shug'ullanish uchun arizalarini qabul qilish va ro'yxatga olish,
litsenziya
shartnomalari
va
litsenziyalarini
rasmiylashtirish,
shuningdek
Litsenziyalash masalalari bo'yicha ekspertlar komissiyasining kengashlari
o'tkazilishini tashkil qilish O`zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va
kommunikatsiyalarini
rivojlantirish
vazirligining Litsenziyalash
va
standartlashtirish bo'limi tomonidan amalga oshiriladi. Litsenziyalash masalalari
bo'yicha Ekspertlar komissiyasining kengashi bir oyda kamida bir marta o'tkaziladi.
Telekommunikatsiyalar
sohasida
quyidagilarni
loyihalashtirish,
qurish,
ekspluatatsiya qilish va telekommunikatsiya xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha faoliyat
litsenziyalanishi kerak:
• mahalliy tarmoqlar;
• shaharlararo tarmoqlar;
• xalqaro tarmoqlar;
• mobil radiotelefon aloqa tarmoqlari;
• ma'lumotlar uzatish tarmoqlari;
• teleradiouzatishlarni tarqatish (translyatsiya qilish) tarmoqlari.
Litsenziyaga talabgorlar bajaradigan ishlariga bog'liq holda bir nechta
telekommunikatsiya tarmoqlari bo'yicha, shuningdek faoliyatning bir necha
turlariga (loyihalashtirish, qurish, ekspluatatsiya qilish va xizmatlar ko'rsatish)
litsenziyalarga ega bo'lishlari mumkin. Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyat
faqat yuridik shaxslar tomonidan amalga oshirilishi mumkin.
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004 yil 20 dekabrdagi
«Teleradioeshittirish sohasida radiochastota spektridan samarali foydalanishni
ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida»gi 592-son qarori bilan tasdiqlangan
«Radiochastotalarni tanlov yo'li bilan taqsimlash va teleradioeshittirish sohasida
faoliyatni amalga oshirish huquqiga yakka tartibdagi litsenziyalar berish tartibi
to'g'risidagi nizom»ga muvofiq televizion va radiouzatishlarni tarqatish
(translyatsiya qilish) sohasidagi faoliyat yuritish huquqini beruvchi yakka tartibdagi
litsenziyalarning berilishi konkurs asosida amalga oshiriladi (asosiy faoliyati davlat
televizion va radiodasturlarni shakllantirish va tarqatish (translyatsiya qilish)
hisoblangan yoki ustav fondidagi davlat mulkining ulushi 50 foizdan kam bo'lmagan
korxonalardan tashqari).
Do'stlaringiz bilan baham: |