Rashidova xurshidaning kutubxona katalogi fanidan tayyorlagan



Download 1,98 Mb.
bet1/12
Sana26.01.2022
Hajmi1,98 Mb.
#411209
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
Standartlashtirish bòyicha me\'yoriy hujjatlarni tavsiflash usullari





O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI

OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI

TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI

­­­­­­­­­­­­­­­MILLIY LIBOS VA SAN’ATSHUNOSLIK
FAKULTETI


KUTUBXONA AXBOROT FAOLIYATI

YO’NALISHI

1-KURS 221-GURUH TALABASI

RASHIDOVA XURSHIDANING

KUTUBXONA KATALOGI

FANIDAN TAYYORLAGAN


MUSTAQIL ISHI



Topshirdi: Rashidova X.

Qabul qildi: Choriyev J.
TERMIZ – 2022
Mavzu: Standartlashtirish bòyicha me'yoriy hujjatlarni tavsiflash usullari
Reja:


  1. Standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi
  2. Standartlashtirish faoliyati


  3. Standartlashtirish bo‘yicha qonuniy hujjatlar

  4. Milliy standartlar va ularning turlari

Standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi” ma’ruza matni hayotimizning barcha jabhalarida, xalq xo‘jaligining, sanoatning barcha tarmoqlari uchun o‘ta zarur bo‘lgan, standartlashtirish haqidagi asosiy tushunchalar va ta’riflar, me’yoriy hujjatlar, standart va uning toifalari, standartlarni ishlab chiqish tartiblari, standartlarni rasmiylashtirish talablari, standartlashtirishning huquqiy va qonuniy asoslari hamda O‘zbekiston respublikasi davlat standartlashtirish tizimi kabi masalalari xususida etarli va zarur ma’lumotlar keltirilgan.

Ushbu ma’ruza matni mohiyatan hozirgi kunlarda respublikamizdagi ta’lim va iqtisodiyot borasidagi rivojlanishi va o‘zgarishlari fan-texnika hamda texnologiyani jadal o‘zgarib borishini hisobga olingan holda yaratildi.

«Standartlarni va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish texnologiyasi» asosan standartlashtirish faoliyatini paydo bo‘lishi va rivojlanishi tarixiy manbalardan ma’lumki, uzoq tariximizga o‘zaro bog‘liq bo‘lishi bilan bir qatorda, ilmiy-falsafiy nuqtai nazardan iqtisodiyotning barcha tarmoqlariga xos bo‘lgan, doimiy ravishda va uzluksiz tarzda rivojlanishda bo‘luvchi faoliyatlar turkumiga mansubdir.

Mustaqil O‘zbekistonimiz juda boy va ko‘hna madaniy va ma’rifiy meroslarga ega bo‘lib, ushbu meros G‘arb falsafasini shakllanishida, buyuk olimlarni va allomalarni muvoffaqiyat qozonishlarida munosib o‘rin egallagan. Bundan tashqari respublikamiz «Buyuk ipak yo‘li» asosiy tomirida joylashganligi va yirik savdo markazlariga ega bo‘lganligi sababli xalqaro iqtisodiy munosabatlarni rivojlanishida alohida ahamiyat kasb etgan.

Ma’lumki, respublikamizda tub iqtisodiy islohotlar orqali bozor munosabatlarini shakllantirishga kirishishda eng avvalo, uning strategik maqsadlari belgilanib olindi. Bu maqsadlar ichida «raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarishni ta’minlash» alohida ta’kidlab o‘tilgan. Iqtisodiy islohotlarning ustivor sanalgan yo‘nalishlarida ham quyidagilarni ko‘rishimiz mumkin:



  • ilg‘or texnologiyalarni joriy qilish orqali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishni kengaytirish;

  • aholini oziq-ovqat bilan ta’minlash;

  • mamlakatning eksport quvvatidan to‘la-to‘kis foydalanish, uni jadallik bilan rivojlantirish.

Bu borada respublikamizda qisqa muddat ichida ulkan ishlar amalga oshirildi va natijada O‘zbekiston sanoatlashgan hamda iqtisodiy jihatdan buyuk imkoniyatlarga ega davlatlar safiga qo‘shildi.

Standartlashtirish faoliyati yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishlar va sanoatimizning barcha tarmoqlarida ishlab chiqarishdagi zamonaviylikni aks ettirish, texnologik jarayonlarni kompleks avtomatlashtirish, ishlab chiqarilayotgan va chetdan keltirilayotgan turli xil mahsulotlarning sifati yuqori darajada, me’yoriy xujjatlarning belgilangan talablariga mos bo‘lishini, iste’mol mahsulotlarining aholi uchun xavfsizligini ta’minlash, ilg‘or, ko‘p yillik tajribadan o‘tgan jahon andozalaridan foydalanish va ularni respublikamizda tadbiq etish kabilarni o‘ziga mujassamlashtirgan. Tabiiyki, barcha soha mutaxassislari qaysi toifada bo‘lishidan qat’iy nazar ushbu borada etarli bilim va malakaga ega bo‘lishlari lozim.

SHu sabablarga ko‘ra, ushbu o‘quv qo‘llanma respublikamizdagi amalga oshirilayotgan iqtisodiy va ta’lim borasidagi islohotlarga yondashgan holda jumladan, standartlashtirish, metrologiya, sertifikatlashtirish va sifatni boshqarish sohalaridagi bilimlarni etkazishda standartlashtirish asoslari tayanch faoliyat ekanlagini inobatga olib yaratishga harakat qilindi.


Download 1,98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish