Rashidova maxbuba raximovnaning samarqand shahar maydonlarining arxitekturaviy -dizayn yechimlarini tadqiq etish



Download 2,53 Mb.
bet12/29
Sana10.07.2022
Hajmi2,53 Mb.
#770752
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
DISSERTATSIYA oxirgi variant

Mustaqillik maydoni -Toshkentning markaziy maydoni. Poytaxt aholisining ommaviy tantanalari va boshqa tadbirlar o’tkaziladigan joy. O’zbekiston, Navoiy va Sharof Rashidov ko’chalari oralig’ida, Anhor kanali sohilida joylashgan. Maydon perimetral tarzda qurilgan. 1917-yilgacha Sobor maydoni, 1917-66-yillarda Qizil maydon, 1966-91-yillar Lenin nomidagi maydon, O’zbekiston mustaqillikka erishgach, 1992-yildan Mustaqillik maydoni deb atala boshlagan. Mustaqillik maydoni hajmiy tuzilishi janubdan shimolga cho’zilgan ko’pyoqli hududiy mujassamotni tashkil qiladi (15-rasm). Ansambl me’moriy uslub va ko’lami jihatidan yaxlit turli ma’muriy binolardan iborat. Bir necha marta rekonstruksiya qilingan. Hukumat uyining dastlabki loyihasi (1931, me’morlar V. Arxangelskiy, A.Petlina va A.Sidirov) o’rta asr mahobatli me’moriy shakl yo’nalishida (serustunli, ravoqli, mayda gumbazli) bo’lgan. Keyinchalik mumtoz va millliy me’moriy an’aanalar o’zlashtirilgan holda order tizimi yo’nalishi amalga oshrilgan (me’morlar A.Boboxonov, V.Volchak, S.Polupanov) va zamonaviylik ruhi berilib qayta ishlangan (1946, 1954-65), hozirgi kunda bu binolar o’rnida yangi bino barpo etilishi loyihalashtirilmoqda. 1936-yilda V.I.Leninga haykal o’rnatilgan (rasm).1975-yil haykal qayta ishlangan. Toshkent zilzilasi (1966) dan keyin maydon tubdan rekonstruksiya qilingan (me’morlar S.Odilov, L.Adamov va boshqalar). Cho’ziq suv havzasiga ega bo’lgan baland terrasa va uning pastidagi sharshara maydonni baland va past satxlarga ajratadi. O’zbekiston mustaqillikka erishgach, Lenin haykali olib tashlandi, o’rniga Mustaqillik obidasi (1992) o’rnatildi. Maydondagi Ma’muriy binolar (O’Zr Vazirlar mahkamasi, Fizkultura va sport davlat qo’mitasi, san’atshunoslik instituti, 20qavatli vazirliklar joylashgan bino va boshqalar) erkin joylashtirilgan. 1999 yil 16-fevralvoqeasidan keyin Mustaqillik maydonidagi vayron bo’lgan ma’muriy binolar qayta qurilib, atrofi obodonlashtirildi.
Mustaqillik maydonidagi koʻndalang yoʻlak Xotira maydoni (1998)ga olib boradi. Xotira maydonidagi yodgorlik mahalliy meʼmorlik anʼanalari asosida ayvon va serhasham qator ustunli, devorlariga kitob sahifalari shaklida 1941—45-yillar urushida halok boʻlgan oʻzbek oʻgʻlonlarining roʻyxati berilgan. "Motamsaro ona" haykali, urushda halok boʻlganlar xotirasiga oʻrnatilgan mangu olov yonib turibdi [ 34].
Ulkan va keng Mustaqillik maydonini tashkil etgan tik kompozitsiyali ko’p qavatli binolar va ularga contrast tarzda cho’zinchoq joylashgan ma’muriy muassasalar, maydonni bir necha pog’onaga bo’lib turuvchi keng suv havzalari , ulkan favvoralar sharsharasi o’ziga xos va takrorlanmas ishlangan. Markaziy maydonning shakllanishida va unga emotsional-badiiy tus berishda Mustaqillik monumentining roli katta. Uning me’moriy kompozitsiyasi, joyi va maydonga nisbatdan masshtabi juda original topilgan. Mustaqillik maydoni Navoiy shoh ko’chasi tomonidan ilgarigi noma’lum askar yodgorligi asosida 1990 yilda qurilgan “ Xotira va qadriyat” hiyoboni bilan tugallanadi. Ushbu hiyobon yonida go’zal va maftunkor manzarali “chorbog’” rejasida shakllangan bog’ ham mavjud. Markaziy maydon maysazorlar, gulzorlar va favvoralar bilan to’ldirilgan. Ushbu maydondagi ochiq va yopiq yashil muhitlar sathining nisbati bir-biriga yaqin. Shuning uchun ham ulkan sharsharali otma favvoralar issiq yoz kunlari maydondagi haroratning oshib, namlikning esa pasayib ketishiga yo’l qo’ymaydi. Aksincha , ushbu favvoralar chegarasida va binolar soyasida kishiga yoqimli, yengil shabada samarasi vujudga kelgan [11] .

Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish