Raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanish yo’nalishlari
Raqamli
elektron
iqtisodiyotning
yaqin
kelajakdagi
rivojlanish
yo’nalishlaridan eng diqqatga sazovorlari Industriya 4.0 – Buymlar interneti, Virtual
va To’ldirilgan voqe’lik (VR va AR) hamda 3D-printerlar desak, aslo
yanglishmagan bo’lar edik. Hozirgi kunda internetga
turli xildagi qurilmalardan
kirishlar soni unga insonlarning kirishlari sonidan ko’ra ko’proq bo’lib ketgan
(Lavina dannix//Ogonyok, №24, 24 oktyabr 2016, str.4-5). „Aqlli uy“,
„Xaydovchisiz avtomobil“, „Ishchilarsiz zavod“ va „Inson ishtirokisiz savdo“ deb
nomlangan loyihalar barchaga ma’lum va mashxur. Gamburg dengiz portida IoT
tizimi portga kelayotgan yuk mashnalari haqidagi ma’lumotlarni yig’a va tahlil qila
oladi. Buning natijasida portning o’tkazuvchanlik qobiliyati 178% ga ko’paygan.
2019-2020 yillarga kelib, IoT ning jahon bo’yicha yillik o’sish sur’ati 23% bolishi
kutilgan holda, 2021 yilga kelibinternetga ulangan 28 milliard qurilmalardan 16
milliardi IoT bilan bog’liq qurilmalar bo’lishi bashorat qilingan. 2025 yilga kelib esa
internetga uangan barcha datchiklar soni 10 trillion bo’lishi kutilmoqda. IoT bozori
eng katta bozorlardan biri bo‘lib, u yil sayin faqat qo’paya boradi. 2020 yilga kelib
bu bozorning hajmi €1,9 milliard evro bo’lishi
BCG konsulting kompaniyasi
tomonidan ta’kidlanmiqda (Evans Philip, BCG, 2015, p.74).
Virtual voqe’lik (virtual realityv VR) va to’ldirilgan reallik (augmented reality
– AR) texnologiyalari ham kelajak trendlari bo’lib, ular borgan sari ko’proq ishlab
chiqarishga tadbiq qilinmoqda. Virtual reallik texnologiyasi real dunyoni
komp’yuter grafikasi vositasida yaratilgan virtual punyiga ko’chiradi. To’ldirilgan
reallik texnologiyasi esa atrof-muxitdagi real dunyoni qo’shimcha elementlar,
ma’lumotlar va ob’ektlar bilan to’ldiradi. Bunday texnologiyalar har bir hizmatchiga
mashina va nexanizmlarning ichki tuzilishi ko’rishga va ishlashini kuzatishga imkon
beradi. Natijada ishchi va hizmatchilar ob’ektni yaxshiroq tushunish, boshqarish va
undagi potentsiyal havflar va buzilishlarning oldini olishlari mumkin bo’ladi.
Masalan, BMW Group mutahassislari Miniavtomobillari markasi uchun mashina
dvigatelining nosozliklarini aniqlashga imkon beradigan to’ldirilgan
reallik
ko’zoynaklarini yaratdilar. Bunday ko’zoynaklar yordamida motorning ishini rangli
uch o’lchamli tasvirda ko’rish va ta’mirlashlash uchun instruktsiyalarni olish
mumkin (Ryussman Maykl, Ishchilar va robotlar uchun ish joylari, BCG, 2015,
p.47). AR va VR texnologiyalarning yana boshqa faol qo’llanilish soxalariga
ta’limni, muzeylar faoloyatini va vistavkalar taskil qilishni kiritish mumkin. Digi
Capital kompaniyasining baholashiga ko’ra, 2020
yilga kelib, to’ldirilgan reallik
bozorining hajmi $90 milliard dollarga yetar ekan. Goldman Sacks ning
bashoratlriga ko’ra esa 2025 yilga kelib, to’ldirilgan reallik dasturiy ta’minotining
sotuv hajmining o‘zi $9 milliard dollarga yetar ekan (Texnoligiya va tarix//RBK, 15
iyul 2016 yil. №125(2381)). 2015 yilda Apple va dasturiy ta’minot ishlab
chiqaruvchi kompaniya RTS to’ldirilgan voqe’lok texnologiyalarini
rivojlantirish
uchun katta miqdorda investitsiyalar qilidilar – Applekompaniyasi Metaio
kompaniyasini sotib oldi, RTS esa $65 million dollarga Vuforia kompaniyasini harid
qildi. To’ldirilgan voqe’lik qurilmalarini sotish bo’yicha Microsoft kompaniyasi
ham mablag‘ ishlab olish maqsadida mahsus HoloLens ko’zoynaklarini sotuvga
chiqardi. VR va AR texnologiyalari bilan Facebook ham faol ravishda qiziqmorda.
Masalan, bu kompaniya virtual voqe’lik shlyomlarini
ishlab chiqaradigan
kompaniya Oculus ni $2 milliard ollarga sotib oldi. Virtual voqe’lik shlyomlarini
ishlab chiqaradigan kompaniyalarga misol qilib quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
Samsung, Sony, Microsoft va boshqalar. Hozirgi davrda bitta virtual voqe’lik
loyihasini amalga oshirish narxi 1-10 million rubl atrofida bo’lishi tahmin qilinadi.
IDC kompaniyasining baholoviga ko’ra, AR va VR bozorining umumiy hajmi 2020
yilga kelib$162 milliard dollar bo’lishi mumkin ekan. Kelajakdagi eng perspektiv
texnologiyalar sirasiga esa aralash voqe’lik texnologiyalarini yoki gibrid voqe’lik
texnologiyalarini kiritishimiz mumkin.
3D-printerlar ham Industriya 4.0 ning ajralmas tarkibiy qismi hisoblanadi. Bu
texnologiyani amaliyotda „additiv texnologiyalar“ deb ham yuritiladi, 3Dpechatning
ishlab chiqarishda ishlatilishi esa „additive manufacturing“ (AM) deb nomlangan.
Ushbu usulning boshqalaridan farqi shundaki, kerakli mahsulot uni qavatma-qavat
turli materiallarni (metallni, plastikni, gipsni, kompozir materiallarning kukunlarini)
ishlatgan holda ko’p marotabalab chop qilinib hosil qilinadi. Bunday ko’p qavatli
pechat usuli istalgan murakkablikdagi detallarni svarkasiz, ulovlarsiz va butlovchi
qismlarsiz tezkorlik bilan yaratish (yasash) imkonini beradi. 3D-texnologiya
aviatsiyada, avtomobilsozlikda, meditsinada, stomatologiyda,
maishiy sohada,
mahsus qurilmalar yasashda va boshqa yo’nalishlarda murakkab detallarni tez va
arzon yaratishda ishlatilishi mumkin. 3D-printerlar yangi mexanizmlarning
prototiplarini yaratishda va tayyor mexanizmlarning modellarini yasashda hamda
ularni real sharoitlarda tekshirib ko’rishda ham ishlatilishi mumkin.
Additiv
texnologiyalarning boshqa afzalliklariga ishlab chiqarish tsiklining kamayishini,
transport harajatlarining pasayishini, zakaz uchun mahsulotning kichik-kichik
partiyalarini chiqara olishni ham ko’rsatish mumkin. Kelajakda 3D-printerlar ishlab
chiqarish modelini o’zgartirib, ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarni bir-birlariga
yaqinlashtirish uchun ham hizmat qilishi mumkin.
Bu ayniqsa seriyali ishlab
chiqarish va kichik partiyada mahsulotlar ishlab chiqarishda katta ahamiyatga ega
bo’ladi. Bunday turdagi ishlab chiqarish maqkazlashmagan ishlab chiqarish degan
nomni olgan – distributed manufacturing (Zaxarov A. 3D-ishlab chiqarish//RBK,
yanvar-fevral 2017. Str.21).