Raqamli xukumat


RAQAMLI ELEKTRON TIJORAT VA 4.0 INDUSTRIYANING



Download 312,19 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana14.02.2022
Hajmi312,19 Kb.
#447595
1   2   3
Bog'liq
2-mavzu

RAQAMLI ELEKTRON TIJORAT VA 4.0 INDUSTRIYANING 
RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI
Hozirgi zamonda ko’pchilik yangi bozorlarning hosil bo’lishini, 
biznesmodellarning transformatsiyasini va yangi mahsulot hamda xizmatlar 
yaratilishini ko’rib va kuzatib turibdi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning eng asosiy 
ko’rsatgichlariga ishlab chiqarishning yangi turlariga (peer-to-peer production), 
ommaviy hamkorlik (mass coollaboration), intellektual mulkka ommaviy egalik 
(public property), taqsimlangan iste’mol modellar (sharing economy) ochiq mejnat 
bozori (free lancing) kabilar kiradi. Onlien retailing Europe ma’lumotlariga ko’ra 
hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda chakana savdoning umumiy hajmida 
elektron tijoratning ulushi o‘rtacha 9,7% ni tashkil qiladi va bu ulush yil sayin ortib 
bormoqda (Euromonitor, BCG tahlil ma’lumotlari). Masalan, Rossiyada raqamli 
iqtisofiyot bozori (internet savdo, internet servislar, kontent, elektron to’lovlar) 
YMD ning 2,2% ni tashkil qiladi, internetga bog‘liq bozorlar esa YMD ning 16% ni 
tashkil qiladi (Rossiyadagi internet servislar va kontentlar iqtisodi, RAEK, NIU 
BSHE, Ekonomika Runeta RF, c.5) va bu bozorlar salmog’i yil sayin o’rtib 
bormoqda. Bunga sabablar orasida to’rtinchi sanoat inqilobini, 4.0 Industriya 
texnologiyalarini, ommaviy robotizatsiyani, virtual va qo’shimcha reallik 
texnologik platformalarini, 3D-printerlar kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. 4.0 
Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida paydo bo’ldi va u qiymat 
hosil qilinishining global zanjiridagi tub o’zgarishlarni aniqlab bergan edi. Bunday 
industriya ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo’layotgan munosabatlarning 
majmui bo’lib, raqamli texnologiyalarning biznesning va mamlakatning 
raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilishi bilan bog’liqdir. O’zbekitonda 4.0 
Industriya atamasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha tarmoqlarning 
raqamli transformatsiyasini anglatadi deyishimiz ham mumkin. Agarda bu atamani 
tizimlar nazaruyasi tilida ifodalasak, uni quyis=dagicha ta’riflash mumkin: 4.0 
Industriyaishlab chiqarish zanjirlaridan tashkil qilingan tizim bo’lib, uning ajralmas 
tarkibiy qismi sifatida online texnologiyalar (insonlar, mashinalar, bulutlar va data-
markazlar) vositasida yaratilgan tizim elementlari orasida raqamli ko’rinishdagi 
ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladi. Ushbu industriyadagi innovatsion 
texnologiyalarga big data, mobil texnologiyalar, sun’iy intellekt, neyron 
texnologiyalari, kvant texnologiyalari, taqsimlangan reestr texnologiyalari, ishlab 
chiqarish interneti (IioT), buyumlar interneti (IoT), robototexnika va sensorika, 
virtual va qo’shimcha voqe’lik (VR va AR) larni kiritishimiz mumkin.
Mobil internet davriga o’tish web-texnologiyalar rivojlanishidagi yangi bir 
bosqichlardan biri bo‘ldi. Buning natijasida 2008 yildan to 2016 yilgacha internet 
tarmog‘i foydalanuvchilari soni ikki martadan ko’proq ko’payib, jahon miqyosida 
3,2 millardga yetdi. Mamlakatlarning barcha xududlarida internet tizimining ishlay 
olishiga erishish nafaqat davlat miqyosidagi masala bo’lib qoldi, balki bu 
yo’nalishda transmilliy korporatsiyalar ham faol shug’ullanmoqdalar. Masalan, 
Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyo mamlakatlari uchun mo’ljallangan internet_org 
mobil ilova yaratish loyihasi Facebook korporatsiyasi tomonidan Samsung, 
Ericsson, Nokia va boshqa kompaniyalar bilan hamkorlikda yaratilmoqda. Bu loyiha 


bo’yicha ijtimoiy ahamiyatli saytlarni ko’rib chiqish uchun kerakli bo’lgan trafik 
bepul bo‘ladi. Facebook ning yana bir loyihasi uchuvchisiz apparatlar – dronlar 
yordamida internet tarmoqlari yaratishdir. Bunga misol sifatida 2016 yil iyulida 
ishga tushirilgan quyosh batareyalarida ishlaydigan uchuvchi qurilma Aquila ni 
keltirish mumkin. Uning qanotlari uzunligi 42 metr, og’irligi esa 450 kG bo’lib, 90 
kun davomida parvozda bo‘lishi mumkin (. Bu loyiha amalga oshirilganidan so’ng, 
Facebook borish qiyin bo’lgan xududlardagi barcha uylarda internetning beto’tov 
ishlashini ta’minlashi mumkin bo’ladi. Rivojlangan mamlakatlarda mobil qurilmalar 
orqali internet va kontentning iste’moli miqdori internetga boshqa qurilmalardan 
bo’lgan chiqishlardan ko’ra ancha ko’proqdir. Bunga asosiy sabab, uyali aloqa 
operatorlari tomonidan mobil internet narxining kamaytirilishi va smartfonlarning 
sotuvi ko’payishidir. Masalan, 2015 yil avgust oyida jahondagi mobil qurilmalar 
soni dunyo bo’yicha yalpi aholi sonidan oshib ketdi (we are social, avgust 2015). 
Internetga mobil qurilmalardan chiqishlar vaqti ko’pchilik mamlakatlarda 50% dan 
ortib ketdi. Masalan, bu ko’rsatgich Kanadada 52% ni, Britaniyada 56% ni, AQSH 
da 61% ni tashkil qiladi (comScore, mart 2015). Forrester Research ning 
ma’lumotlariga ko’ra, 65% marketologlar mobil marketingdan foydalanadilar, 
ulardan 45% qismi esa mobil elektron pochta yordamida reklamani amalga 
oshiradilar (digital brending // brend management, №1 (80), 2015, c.25).
Keyingi yillarda messenjerlar bozorining keskin rivojlanishi va komp’yuter 
o’yinlarining ommaviylashuvi kuzatilayapti. Masalan, Pokemon Go o’yining tezlik 
bilan ommaviylashuvi bunga bir yaqqol misol bo’la oladi. Facebook ning 2014 yil 
4-choragidagi mobil reklamadan oladigan daromadi ijtimoiy saytdagi jami 
reklamaning 69% ni, uning foydalanuvchilari soni esa bir milliarddan oshib ketdi. 
tashkil qildi. Bundan tashqari Facebook avtomatik ravishda ko’rsatildigan 15 
soniyali videorolikdan iborat bo’lgan mobil reklamaning yangi formatini taqdim 
qildi (http://rbcdaily.ru/media/562949991966597). Hozirgi kunga kelib, Google, 
Facebook va Yandex juda katta hajmdagi mobil trafikni amalga oshiruvchi mobil 
ekotizimlar bo’lib qoldi. Bulardan kelib chiqqan holda shuni ta’kidlash mumkinki, 
dnuyo hozirda mobil internet va mobil tijorat davriga kirib keldi deyish mumkin. 
Bunday davr esa o’z navbatida birinchidan, offlayn “bricks and mortar” dan online 
biznesga o’tishni, ikkinchidan, “click business” ko’rinishidagi biznes-modellarning 
100% online turlarini yaratishni va uchinchidan, “click and mortar” turidagi offline 
biznesga online uskunalar joylashtirshni talab qiladi.

Download 312,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish