SAMARQAND DAVLAT UNIVERSITETI
RAQAMLI TEXNOLOGIYALAR FAKULTETI
INFORMATIKA O‘QITISH METODIKASI YO‘NALISH
306-GURUH TALABASI ESHMANOVA MOHICHEHRANING MA’LUMOTLAR BAZASINI BOSHQARISH TIZMI FANIDAN TAYYORLAGAN
1-LABARATORIYA ISHI
BAJARDI: ESHMANOVA M
TEKSHIRDI: RAXIMOV S
SAMARQAND-2021
Mavzu: Microsoft Access dasturida SQL so‘rovlari bilan ishlash
Laboratoriya ishning maqsadi:
Ushbu laboratoriya ishining maqsadi talabalarga Microsoft Access dasturida SELECT, FROM, ORDER BY, WHERE SQL so‘rovlarini tanishtirish va amalda qo‘llashni o‘rgatish:
NAZARIY QISIM
SQL protsedurali bo‘lmagan dasturlash tillari sinfiga kiradi. Ma'lumotlar bazasi bilan ishlash uchun ham ishlatilishi mumkin bo‘lgan universial protsedurali tillardan farqli o‘laroq, SQL yozuvga emas, balki to‘plamga ishlashga yo‘naltirilgan.
Bu quyidagilarni bildiradi: ma'lumotlar bazasiga SQL tilida tuzilgan so‘rov uchun kirish ma'lumoti sifatida bir yoki bir nechta munosabat-jadvallarning kortejlari-yozuvlari to‘plami ishlatiladi. So‘rovlarning bajarilishi natijasida ham, hosil bo‘lgan munosabat- jadvalning kortejlar to‘plami hosil bo‘ladi.
Boshqacha qilib aytganda, SQL - da, munosabatlardagi har qanday operatsiyaning natijasi ham munosabatlardir. SQL so‘rovi protsedurani, ya'ni natijani olish uchun zarur bo‘lgan harakatlar ketma -ketligini emas, balki kirish munosabatlari bo‘yicha shaklantirladigan natijaviy munosabat kortejlari bajarilishi kerak bo‘lgan shartlarni belgilaydi.
SQLning ikkita shakli mavjud va ishlatiladi: interaktiv SQL va o‘rnatilgan SQL.
Interaktiv- SQL foydalanuvchi tomonidan SQL so‘rovlarini o‘rnatish va natijani interaktiv tarzda olish uchun ishlatiladi.
O‘rnatilgan - SQL odatda boshqa tilda yozilgan dasturlar ichiga o‘rnatilgan SQL buyruqlaridan iborat (Paskal, C, C ++ va boshqalar). Bu shunday tillardan foydalanadigan dasturlarni yanada kuchliroq, moslashuvchan va samaraliroq qilib, ularni relyatsion ma'lumotlar bazalarida saqlanadigan ma'lumotlar bilan ishlashini ta’minlaydi. Biroq, bu SQL interfeysi o‘rnatilgan til bilan qo‘shimcha vositalarni talab qiladi. Interaktiv hamda o‘rnatilgan SQL ham quyidagicha takibiy qismlarga ajratiladi. SQL tilining SELECT (tanlash) operatori eng muhim va ko‘p ishlatiladigan operatori hisoblanadi. Ma'lumotlar bazasi jadvallaridan ma'lumotlarni olish uchun mo‘ljallangan. SELECT operatorining soddalashtirilgan sintaksisi quyidagicha.
SELECT [DISTINCT] < atributlar ro‘yxati >
SELECT kalit so‘zi ma'lumotlar bazasiga ma’lumotlarni olish so‘rovi ekanligini bildiradi. SELECT so‘zidan so‘ng, mazmuni so‘raladigan maydonlarning nomlari (atributlar ro‘yxati) vergul bilan ajratilgan hoda beiladi.
SELECT so‘ovi bandidagi majburiy kalit so‘z FROM (dan) so‘zi hisoblanadi. FROM kalit so‘zidan so‘ng, ma'lumotlar olinadigan jadval nomlari vergul bilan ajratilgan ro‘yxati beriladi
FROM < jadvallar ro‘yxati >
Do'stlaringiz bilan baham: |