Katod
5.1- rasm. Tiristorning strukturasi sxemasi
Tiristorning ishlashi uchun zaruriy bo‘lgan hollarni ko‘rib chiqamiz. Bazalar turli qalinlikda bo‘lishi va kirishmalar miqdorini bir xil bo‘lmasligi natijasida n- baza p- bazaga nisbatan ancha keng va kirishma miqdori uncha katta bo‘lmaydi, shuning uchun u yetarli darajada yuqori solishtirma qarshilik ega bo‘ladi. Bu esa o‘rta p-n- o‘tish KP yaxshi to‘g‘rilash xususiyatiga: kichik teskari tok, yuqori teshilish kuchlanish va teskari kuchlanishlar sohasida juda katta qarshilikka ega bo‘ladi.
Tiristorning chekka yarim o‘tkazgichli sohalari (p1, n2 ) katta kirishma miqdoriga ega bo‘lganligi uchun EP1 va EP2 p-n-o‘tishlar to‘g‘ri yo‘nalishda baza sohalariga asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarning yaxshi emitterlari bo‘ladi. Ikkiala EP1 va EP2 p-n-o‘tish shunday olinadiki, ularning injeksiya koeffitsienti tok zichligiga bog‘liq va zichlikni oshishi bilan u keskin ortishi kerak.
Endi oldin tiristorni ishlashini faqat anod va katodga tashqi kuchlanish berilgan hol uchun ko‘ramiz. Agarda uncha katta bo‘lmagan o‘zgarmas kuchlanish U ning musbat qutbi anodga, manfiysi esa katodga ulansa, unda KP va EP2 p-n- o‘tishlar to‘g‘ri yo‘nalishda, EP o‘tish teskari yo‘nalishda ishlaydi. Bunda tiristor yopiq va u orqali juda kichik tok o‘tadi. Bu kichik tok EP p-n-o‘tishning yopiq xususiyati bilan aniqlanadi. Tiristorning qarshiligi teskari kuchlanish qo‘yilgan P2 p-n-o‘tishning qarshiligi bilan aniqlanadi. Bunda tiristor orqali o‘tayotgan tok zichligi kichik va EP1 va EP2 o‘tishlar yetarli injeksiyaga ega bo‘lmaydi. Kichik tok zichliklar sohasida dinistorning volt–amper xarakteristikasi kremniyli diodning teskari volt-amper xarakteristikasini takrorlaydi (5.2-rasm, 1-qism).
5.2- rasm. Dinistorning VAXi
O‘zgarmas tok kuchlanishini anod va katod orasida ortishi tiristor orqali tok zichligini oshishiga olib keladi. Natijada, tiristorning ikkiala bazasida asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarning injeksiyasini o‘sishiga olib keladi. Bunda o‘rta p-n-o‘tish toki faqat teskari tok bilangina aniqlanmasdan, KP o‘tishga yetib kelgan bazalardagi asosiy bo‘lmagan tashuvchilar toki bilan ham aniqlanadi. KP p-n-o‘tish yaqini bazalarida asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilarning mavjud bo‘lishi uning qarshiligini yetarlicha kamaytiradi, natijada tiristor orqali yanada kattaroqqa ortadi. Bu bazaga asosiy bo‘lmagan zaryad tashuvchilar injeksiyasini ortishiga olib keladi, KP p-n-o‘tish qarshiligini yanada kamayishiga olib keladi va h.zo. Shunday qilib, tiristorda ikkita bir birini jadallashtiruvchi jarayon ro‘y berib, natijada tiristorning qarshiligi quyun kamayadi, tok esa quyun ortadi (5.2-rasm, 2-qism).
Do'stlaringiz bilan baham: |