Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
284
psixologik-pedagogik
xususiyatlari
va
shunga
mos
ravishda
asosiy
kompetensiyalarning shakllanish darajasiga, o‘quvchilar tomonidan o‘z loyihasini
ishlab chiqishda bajariladigan amallarning to‘liqligi va murakkabligi, mustaqilligiga
qo‘yiladigan turli talablar bilan bog‘liq. [1, 7-bet]
O‘quvchilarga axborotni birlamchi qayta ishlashning bir necha usullari taklif
etiladi, bu esa ularga kelajakda axborot bilan ishlashda tanlash erkinligini ta'minlaydi
(ya'ni, o‘quvchi "o‘z" yo‘lini tanlashi mumkin yoki "o‘z" usulini mustaqil ishlab
chiqish uchun etarli darajada malakali bo‘ladi.).
O‘qituvchi faoliyatining umumiy mazmuni o‘quvchilarga tegishli bo‘lgan axborot
materiali (masalan, loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish uchun tegishli
ma'lumotlar) bo‘yicha ma'lumotlarni birlamchi qayta ishlash usullarini o‘zlashtirish
imkoniyatini berishdir. Axborot materiali sifatida loyihani amalga oshirish jarayonida
o‘quvchi uchun dolzarb bo‘lgan mavzu doirasida o‘qituvchi tomonidan taklif qilingan
matnlar yoki qayta ishlash jarayonida o‘quvchilar allaqachon qiyinchiliklarga duch
kelgan mavzulardan foydalanish mumkin. Ya'ni, matnlarni o‘qituvchi ham, o‘quvchilar
ham taklif qilishlari mumkin.
7-sinfda geometriya darslarida biz o‘quvchilarni "Bizning hayotimizda
geometriya" loyihasi ustida ishlashga taklif qilishimiz mumkin, chunki geometriyaning
boshlang'ich tushunchalari va fan to‘g'risidagi ilk tasavvurlar aynan shu darslikdan
boshlanadi. Ushbu darslik asosan 6 bobdan iborat bolib 7-bob takrorlash deb nomlanadi
[2, 4-bet]. «Geometriyaning boshlang'ich tushunchalari. Planimetriya» bobi bo‘yicha
loyiha ishini bob nomi bilan ataymiz. Bunda o‘quvchilar internet tarmog'idan mavzuga
doir ma'lumotlarni to‘plab taqdimot qiladilar. Sinfdagi o‘quvchilar sonidan kelib
chiqqan holda o‘quvchilar 4-5 guruhga bo‘linadi va har bir guruhga o‘qituvchi
tomonidan ko‘rsatmalar beriladi.
Shunday qilib, maktab o‘quvchilarining loyiha faoliyatiga qo‘shilishi ularni
fikrlash va tahlil qilishga o‘rgatadi, o‘zini-o‘zi baholash ko‘nikmasini shakllantiradi.
"Matematika" fanidan o‘qituvchi faoliyatida loyiha usuli keng qo‘llanilish darajasiga
ega. O‘quvchilarni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda loyiha faoliyatiga
jalb qilish mustaqil fiklash va ijodiy qobiliyatlarni aniqlash va rivojlantirishga imkon
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: