Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
283
I. Muammoning mavjudligi: Bunda loyiha mavzusi dars mavzusi yoki ushbu
mavzuni turli hayotiy vaziyatlarda qo‘llash bilan bog'liq. Masalan, matematika fanidan
masalalar (muammolar), tushunish qiyin bo‘lgan masalalarni yechishda asosan sinfdan
tashqari ishlarda olib boriladigan yirik loyihalardan foydalaniladi. Bu loyihalar asosan
matematika bo‘yicha bilimlarni chuqurlashtirish va kengaytirishga qaratilgan.
II. Harakatlarni rejalashtirish. Loyihani tahlil
qilish va muhokama qilish
jarayonida ta'lim oluvchi va o‘qituvchining birgalikdagi harakatlari rejasi ishlab
chiqiladi. Fikr va takliflar banki yaratiladi. Butun ish davomida o‘qituvchi maqsadlarni
belgilashda yordam beradi, ishni to‘g'ri yo‘naltiradi.
III. Ma'lumotni topish har bir loyiha uchun zaruriy shartdir. Internet resurslari bu
borada katta yordam beradi. Topilgan ma'lumotlar qayta ishlanadi va tushuniladi.
Birgalikda muhokama qilingandan so‘ng asosiy versiya tanlanadi. O‘qituvchi har bir
ishda texnologik operatsiyalar ketma-ketligini sozlaydi.
IV. Ishning natijasi - bu mahsulot. Agar bu nazariy masala bo‘lsa, uning aniq
yechimi, amaliy bo‘lsa, foydalanishga tayyor (sinfda, maktabda, hayotda) aniq
natijadir. Usul qo‘llaniladigan
joyga qarab, turli xil mahsulotlar bo‘lishi mumkin.
Masalan, o`quvchilarning darsdagi mustaqil faoliyati mahsuli yordamchi konspekt,
masalalar yechish usullari bo`yicha eslatma, o`rganilayotgan mavzu bo`yicha asosiy
vazifalar to`plami bo`lishi mumkin. Amaliy loyihani kundalik hayotda matematik
apparatlardan foydalanish bilan bog'lash mumkin. Masalan, oy davomida oila
tomonidan foydalaniladigan zarur mahsulotlarning
minimal miqdori va ularning
narxini hisoblash; bank ssudasini to‘lash hisobi va hokazo. Sinfdan tashqari
mashg'ulotlarda loyihalar bo‘yicha ishlash natijalari sifatida referatlar, matematik
modellar, multimedia mahsulotlari va boshqalarni olishimiz mumkin.
V. Natijalarni taqdimoti - tayyor mahsulot namoyish qilish.
Loyihani amalga
oshirish yakuniy bosqichda mahsulotning taqdimotini va loyihaning o‘zini tanlov,
ko‘rgazma, taqdimot shaklida himoya qilishni talab qiladi. Himoya jarayonida ta'lim
oluvchilar notiqlik qobiliyatini rivojlantirgan holda, qo‘yilgan muammoning mazmuni,
uning dolzarbligini ko‘rsatadilar va sharhlaydilar, olingan natijani tushuntiradilar.
Ko‘pincha, ta'lim muassasalari faoliyatida loyiha faoliyati 5-sinfdan emas, balki
7, 8 yoki 9-dan tashkil etiladi. Ya'ni, ba'zi hollarda katta yoshdagi o‘quvchilar loyihalar
ustida ishlashning asosiy usullarini o‘zlashtirishlari kerak va ular buni yuqori (kichik
yoshdagi o‘quvchilar bilan solishtirganda) darajada bajarishi mumkin. Shu munosabat
bilan o‘quvchilarni loyiha faoliyatiga tayyorlashda asosiy bo‘lgan modullar ikki xil: 5-
7-sinflar va 8-9-sinflar uchun taqdim etilgan. Bu bo‘linish o‘quvchilar yoshining
Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
284
psixologik-pedagogik
xususiyatlari
va
shunga
mos
ravishda
asosiy
kompetensiyalarning shakllanish darajasiga, o‘quvchilar tomonidan o‘z loyihasini
ishlab chiqishda bajariladigan amallarning to‘liqligi
va murakkabligi, mustaqilligiga
qo‘yiladigan turli talablar bilan bog‘liq. [1, 7-bet]
O‘quvchilarga axborotni birlamchi qayta ishlashning bir necha usullari taklif
etiladi, bu esa ularga kelajakda axborot bilan ishlashda tanlash erkinligini ta'minlaydi
(ya'ni, o‘quvchi "o‘z" yo‘lini tanlashi mumkin yoki "o‘z" usulini mustaqil ishlab
chiqish uchun etarli darajada malakali bo‘ladi.).
O‘qituvchi faoliyatining umumiy mazmuni o‘quvchilarga tegishli bo‘lgan axborot
materiali (masalan, loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish uchun tegishli
ma'lumotlar) bo‘yicha ma'lumotlarni birlamchi qayta ishlash usullarini o‘zlashtirish
imkoniyatini berishdir. Axborot materiali sifatida loyihani amalga oshirish jarayonida
o‘quvchi uchun dolzarb bo‘lgan mavzu doirasida o‘qituvchi tomonidan taklif qilingan
matnlar yoki qayta ishlash jarayonida o‘quvchilar allaqachon
qiyinchiliklarga duch
kelgan mavzulardan foydalanish mumkin. Ya'ni, matnlarni o‘qituvchi ham, o‘quvchilar
ham taklif qilishlari mumkin.
7-sinfda geometriya darslarida biz o‘quvchilarni "Bizning hayotimizda
geometriya" loyihasi ustida ishlashga taklif qilishimiz mumkin, chunki geometriyaning
boshlang'ich tushunchalari va fan to‘g'risidagi ilk tasavvurlar aynan shu darslikdan
boshlanadi. Ushbu darslik asosan 6 bobdan iborat bolib 7-bob takrorlash deb nomlanadi
[2, 4-bet]. «Geometriyaning boshlang'ich tushunchalari. Planimetriya» bobi bo‘yicha
loyiha ishini bob nomi bilan ataymiz. Bunda o‘quvchilar internet tarmog'idan mavzuga
doir ma'lumotlarni to‘plab taqdimot qiladilar. Sinfdagi o‘quvchilar sonidan kelib
chiqqan holda o‘quvchilar 4-5 guruhga bo‘linadi va har bir guruhga o‘qituvchi
tomonidan ko‘rsatmalar beriladi.
Shunday qilib, maktab o‘quvchilarining loyiha faoliyatiga qo‘shilishi ularni
fikrlash va tahlil qilishga o‘rgatadi, o‘zini-o‘zi baholash ko‘nikmasini shakllantiradi.
"Matematika" fanidan o‘qituvchi faoliyatida loyiha usuli keng qo‘llanilish
darajasiga
ega. O‘quvchilarni axborot texnologiyalaridan foydalangan holda loyiha faoliyatiga
jalb qilish mustaqil fiklash va ijodiy qobiliyatlarni aniqlash va rivojlantirishga imkon
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: