Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari


Foydalanilgan adabiyotlar



Download 7,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet139/214
Sana05.07.2022
Hajmi7,25 Mb.
#742918
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   214
Bog'liq
To\'plam Xalqaro 2021 12

Foydalanilgan adabiyotlar 
1. Мирзиёев Ш.М. Эркин ва фаровон, демократик Ўзбекистон давлатини 
биргаликда барпо этамиз. - Тошкент : Ўзбекистон, 2017. 
2. 
http://www.lex.uz/docs/-1372342
 
3. 
https://guldu.uz/uz/faoliyat/ilmiy-faoliyat/ilmiy-hujjatlar/297-ilmiy-tadqiqotga-oid-hujjatlar-
toplami.html
 
 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
276 
TA’LIMDA ELEKTIRON DARSLIKLARDAN FOYDALANISHNING 
DOLZARBLIGI, YUTUQLARI VA RIVOJLANISH ISTIQBOLLARI 
Xurramov Latif Yoqubboy o‘g’li 
 (samarqand davlat universiteti, 
latif.xurramov.90@mail.ru
) 
Ushbu maqolada zamonaviy electron ta’lim jarayonining afzalligi, ahamiyati va 
istiqbollari haqida ma’lumotlar yoritilgan. Mavzuning dolzarbligi zamonaviy jamiyat 
hayotidagi ta’limning alohida o‘rni bilan belgilanadi.
Inson salohiyatining sifati, odamlarning tabiiy va ijtimoiy muammolarga qarshi 
turishga tayyorligi ko‘p jihatdan ta’lim tizimining samaradorligiga bog’liq. Milliy 
ta’limni takomillashtirish jarayonida zamonaviy texnologiyalar har yili tobora kuchayib 
bormoqda, ularning joriy etilishi ta’limni modernizatsiya qilish va rivojlantirishga, 
shuningdek kelajakdagi mutaxassislarni tayyorlash sifatini yaxshilashga va ta’limning 
yaqinlashishiga ilm bilan yordam beradi. Axborot texnologiyalari hayotimizning 
barcha sohalari qatorida ta’lim jarayoniga ham keng joriy etilib borilmoqda. Oliy ta’lim 
jarayoniga axborot texnologiyalarining joriy etilishi yangi innovatsion vositalardan 
foydalanish imkonini beradi. Bu esa yangi imkoniyat hamda jarayonlarning yuzaga 
kelishiga sabab bo‘ladi. Ta’lim jarayonini axborotlashtirish — bu ta’lim jarayonlarini 
rivojlantirishning muhim tarkibiy qismi bo‘lib, ta’lim sifatining oshishida namoyon 
bo‘ladi hamda talabalarda ta’lim olishga intilishlarining kuchayishi va rivojlanishiga 
xizmat qiladi. Axborot texnologiyalari tushunchasi mazmun-mohiyati bilan: «Turli 
predmet, obyektlar va hodisalar haqida axborot to‘plash, qayta ishlash, tahlil qilish, 
saqlash, tarqatish hamda foydalanish uchun yangi zamonaviy usul va mexanizmdir» 
[1,12-b.]. 
Zamonaviy ta’lim yuqori darajada axborotga boyligi bilan ajralib turadi. Oliy 
ta’lim muassasalaridagi ta’lim jarayonida axborot texnologiyalaridan foydalanishning 
dolzarbligi aynan shu jihatga asoslangan. Ta’limda yangi o‘qitish usullaridan 
foydalanish zarurati ajoyib imkoniyatlarni taqdim etuvchi elektron nashrlar 
yaratilishiga sabab bo‘ldi. Biz “axborotni himoyalash” fanida elektiron darslik yaratdik. 
Elektron darslik o‘zida nazariy axborot va amaliy topshiriqlarni, foto va 
audiomateriallarini jamlaydi. Elektron darslik — bu talabalarda o‘zlashtirishi uchun 
hamda ko‘nikma va malakalar orttirishida zarur bo‘lgan bilimlar bayon etilgan o‘quv 
nashrini elektron shaklda taqdim etuvchi, tuzilmaviy hamda tizimli materialga ega 
bo‘lgan vositadir. Bu darslik o‘quv materiali mantiqiy bayon etilishi, yuqori darajada 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
277 
texnik jihozlanishi hamda badiiy jihatdan bezatilganligi bilan o‘ziga xosdir. Bu elektron 
darslik qog’ozli darslikka nisbatan quyidagi qator afzalliklarga ega: 

foydalanishda oddiyligi va qulayligi; 

elektron darslik resurslarini yangilab borish imkoniyatining mavjudligi; 

ta’lim jarayonini avtomatlashtirish va ta’lim xizmatlarini taqdim etish 
tezligini oshirish; 

axborotlarning to‘liqligidan iborat. 
Ta’limda elektron darslik kabi innovatsion texnologiyadan foydalanish, elektron 
darslikning ta’lim jarayonida tutgan o‘rni, elektron darslik yangi axborot 
texnologiyalari vositasi sifatidagi mavzularda quyidagi olimlar: A. A. Kuznetsov, A. 
A. Grechixin, T. M. Lepsova, E. S. Polat, V. A. Vul, V. M. Gasov, A. M. Siganenko, 
V. N. Ageyev, M. M. Subbotin, Yu. M. Sivenkov, E. Yu. Semenov va boshqalar 
(Chervyakova Ya. I., Chibisova O. V. Elektron darslik yangi axborot texnologiyalari 
vositasi sifatida Eksperimental ta’lim xalqaro jurnali — 2010. 4-son) ilmiy izlanishlar 
olib borganlar. [2,32-b.]. 
Elektron darslik yaratish o‘quv materialini yanada chuqurlashtirib o‘rganish va uni 
kelgusida amaliy faoliyatda qo‘llash zarurati bilan bog’liq. Elektron darslik ustida 
o‘qituvchi bilan hamkorlikda ishlash talabalarga mustaqil ishlash va o‘zini namoyon 
etish, tashkilotchilik qobiliyatini tarbiyalashga yordam beradi, talabaga bo‘lajak 
mutaxassislik bo‘yicha salohiyatli shaxs bo‘lishiga imkon beradi. Bu talabalar shaxsini 
takomillashtirish, ijodiy tafakkuri va qobiliyatini shakllantirishni ta’minlovchi optimal 
sharoit yaratadi. Axborot jamiyati sharoitlarida ta’lim sohasida rivojlanishning 
zamonaviy odimlari, masalan, talabalar mustaqil ishlari sonining o‘sib borishi, 
innovatsion texnologiyalardan foydalanish talabalardan muntazam ravishda, bilimlari 
sifati va darajasini oshirishni talab etadi. Ta’lim jarayoni uchun o‘quv materialini 
talabalar ishtirokida tayyorlash — talabalarning ilmiy faoliyatining boshlang’ich 
bosqichida ularning tashabbuskorligi va mustaqilligini, o‘z bilimi doirasini 
kengaytirishda mas’uliyatliligini oshirish, ilmiy izlanish ko‘nikma hamda malakalarini 
shakllantirish yo‘lidagi yordam beruvchi muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. 
Yuqoridagilardan kelib chiqib, o‘z oldimizga talabalar ishtirokida namunaviy elektron 
darslik yaratish loyihasini amalga oshirish vazifasini qo‘ydik. [3,18-b.] 
Elektron darslik ustida olib boriladigan ishlar bir necha bosqichdan iborat. 
Birinchi navbatda, uning rejasini tuzish masalasi turadi, unda talabalar 


Raqamli pedagogika: holati va rivojlanish istiqbollari
 
278 
mutaxassisligining o‘ziga xosligi nazarda tutiladi. Reja quyidagilardan iborat bo‘lishi 
shart: 

loyiha asosida maqsad va vazifalarni belgilash; 

axborot manbalarini aniqlash; 

amalga oshirish muddatlarini belgilash. 
Loyihani amalga oshirishdan maqsad — talabalar seminar, sinov va imtihonlarga 
tayyorlanishida foydalanadigan qulay elektron ko‘rinishda o‘quv qo‘llanmasini 
yaratishdan iborat. Maqsad quyidagi vazifalar bilan yanada aniqlashtiriladi: talabalar 
lug’at boyligini oshirish; dunyoqarashni kengaytirish; kommunikatsion malakalarni 
rivojlantirish; kasbiy-mutaxassislik bilimlari darajasini oshirish va boshqalar. Elektron 
darslikni ishlab chiqish va nashr etishda asosiy bosqich turli manbalardan axborotlarni 
yig’ish va tahlil qilish bo‘lib hisoblanadi. Darslikni yaratishda uning bo‘limlariga chet 
el mualliflarining maqolalari, davriy matbuot va elektron resurslar materiallari ham 
kiritilishi zarur. Elektron darslikning asosiy tarkibiy qismi maxsus kompyuter dasturi 
yordamida talabalar tomonidan yaratilgan audioyozuvlar bo‘lib hisoblanadi. 
Xulosa qilib aytganda, elektron darslik shunchaki yozma materiallar jamlanmasigina 
emas, balki audio-qo‘llanma bo‘lib ham hisoblanadi, eshitish va vizual foydalanish 
uchun taqdim etishga mo‘ljallangan axborot majmuasidir. Elektron darslikdan mustaqil 
foydalanish yoki ta’lim jarayonida talabalarga axborot muhitida yo‘nalishni, qandaydir 
muammolar yechimini aniq topish imkonini beradi. Talabalarni zamonaviy ta’lim 
metodlaridan, aynan — elektron darslikdan foydalanib o‘qitish ta’lim sifatini oshiradi, 
axborot olish jarayonini qisqartiradi hamda ularni ijodiy kamolotga yetaklaydi. 

Download 7,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   135   136   137   138   139   140   141   142   ...   214




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish