O’zbekistonda soliq tizimini takomillashtirishning ustuvor yo’nalishlari
Davlatning soliq siyosati uning iqtisodiy—moliya siyosatining ajralmas tarkibiy qismidir va unga bog’liq holda olib boriladi, chunki soliq munosabatlari moliya munosabatlarining muhim tarkibiy qismidir.
Soliq siyosati davlatning soliq sohasidagi barcha tadbirlarini rejalashtirish, qonun, farmon va qarorlar ijorosini ta‘minlash hamda uni tashkil qilishdagi ishlab chiqilgan chora-tadbirlar yig’indisidir. Shunday ekan, faqat mustaqil davlatgina o’zining mustaqil soliq siyosatiga ega bo’ladi va uni amalga oshiradi.
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqish moliya — iqtisodiy munosabatlardan kelib chiqadi. Davlat soliq siyosati respublika iqtisodiyotini barqarorlashtirish, ijtimoiy himoyalangan, erkin bozor iqitisodiyotini boshqarishga har tomonlama tag’sir ko’rsatadi.
Soliqlar pul munosabatlarini ifoda etib, iqtisodiy munosabatlarningtarkibiy
qismi, bozor iqtisodiyotining zaruriy qismidir. Soliq siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilishi uchun u ilmiy jihatdan asoslangan bo’lishi kerak. Buning uchun soliq munosabatlari chuqur o’rganilib, undan ilmiy xulosalar chiqarilishi lozim.
Jahon soliq siyosati tajribasida soliqqa tortishning quyidagi yo’nalishlariga katta e‘tibor berilishini alohida ta‘kidlash lozim:
Har xil mulk shakllariga moslangan korxona va tashkilotlarning xo’jalik yuritishiga mumkin qadar iqtisodiy sharoit yaratish, ularni har tomonlama bozor munosabatlariga kirib borishiga yordamlashish.
Umumdavlat ijtimoiy zaruriy vazifalarni bajarish uchun davlatni zarur bo’lgan moliyaviy manbalar, mablag’lar bilan ta‘minlash.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida yangi ijtimoiy iqtisodiy omillarni tashkil
qilishda qatnashish, ishsizlikni bartaraf etish, ishsizlarni ish bilan ta‘minlash, iqtisodiy nochorlarga yordam berish.
Aholi turmush darajasini zaruriy me‘yorda saqlab turish imkonini izlash va ta‘minlash.
Soliqlardan kompleks foydalanish iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini modernizatsiya qilishga, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilmani takomillashtirishga, xo’jaliklar va aholini tovar sotib olish qobiliyatini boshqarib turishga va pulning qadrsizlanish jarayonini (inflyatsiyasini) jilovlab turishga imkon beradi. Pulning qadrsizlanishiga qarshi choralar ko’rish kam sarflab, topilgan daromadaarga soliq progressiyasini oshirish bilan ham amalga oshiriladi.
Soliqlar davlat faoliyatlarining moliyaviy manbai bo’lganligi tufayli soliq siyosatini ishlab chiqishning tashkilotchisi va ijodkori ham davlatdir. Buning uchun davlat o’z qo’lidagi butun kuchini, idoralarni jalb qilib, uni ishlab chiqadi.
Davlat soliq siyosatini ishlab chiqayotganda mavjud soliqlarni yoki yangi kiritilishi mo’ljallangan soliqlarning mohiyati, ahamiyati, kelib chiqishi va rivojlanish tarixini chuqur o’rganishi lozim. Ayniqsa, yangi soliqlar chiqarilayotganda ular ilmiy asoslangan bo’lishi, yirik amaliyotchi mutaxassislar va jamoatchilik o’rtasida erkin bahslashuv asosida biror qarorga kelishi zarur. Bu yerda hech qachon bir sohaning mutaxassislari fikri bilangina chegaralanib qolmaslik kerak, chunki soha mutaxassislari o’z manfaatlarini ko’proq ko’zlab, umumdavlat manfaatlarini ular ko’ra olmasliklari yoki bila olmasliklari mumkin.
Shunday ekan, davlat soliq siyosatini tayyorlovchi va uni to’liq hayotga
tatbiq qilishning tashkilotchilik va boshqaruvchilik rolini bajaradi. Davlatning soliq siyosatini faol yuritish bozor iqtisodiyotiga muvaffaqiyatli o’tish va uning munosabatlarini har tomolama rivojlantirishning muhim omilidir.

Xulosa
Davlat byujeti daromadlar qismining asosiy manbai bo’lib soliqlar hisoblanadi.Soliq iqtisodiy kategoriya sifatida,sof daromadning bir qismini byudjetga jalb qilish shakli bo’lib moliyaviy munosabatlarning tarkibiy qismini tashkil etadi.Soliq stavkasi va daromatlar o’rtasidagi nisbatga asoslanib,soliqlar odatda,progressiv (o’sib boruvchi),proporsional (mutanosib) va regressive (kamayib boruvchi) soliqlarga bo’linadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq nafaqat davlatning vazifalari bajarish uchun zarur ijtimoiy kelishuv shu bilan birga iqtisodiyotni muvozanatni taminlashga hizmat qiladi,xususan davlat yuqori infilatsiya darajasini,ishsizlikni va boshqa turdagi muammolarni oldini olish kerak.Soliq tizimi uning stavkalarini sharoitdan kelib chiqqan holda boshqarish zaruratini keltirib chiqaradi. Soliqlarning quyidagiasosiy funksiyalari etiborga loyiqdir.1Soliqning fiskal funksiyasi,2 Tartibga solish funksiyasi,3Rag’batlantirish funksiyasi va 4 Soliqning nazorat funksiyasi orqali davlat va iqtisodiyot boshqaruvi taminladi. Shu jumladan bozor iqtisodiyotida bozor mexanizmlari orqali yecha olmaydigan muamolarni davlat tomonidan amalga oshirish uchun moliyaviy taminotini shakillantirish uchun soliqlarng o’rni ahamiyatlidir. Iqtisodiy foyda keltimaydigan shunday sohalar borki ularni davlat zimmasiga olish kerak bular jumladan:1 Atrof-muhitnig ifloslanishi, 2 Daromadlar tengsizligini qisqartirish, 3 Milliy mudofaa,davlat xafsizligini ta’minlash va shu kabi muammolarni yechish uchun soliqning ahamiyati kattadir.
O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, T.:O‘zbekiston, 76-b, 2018y.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi PF-4947-sonli farmoni. 2017 yil.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 29 iyundagi Prezident Shavkat Mirziyoyevning “O‘zbekiston Respublikasining soliq siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi to‘g‘risida”gi farmoni
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 11 fevraldagi “2015- 2019 yillarda tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va materiallarni ishlab chiqarishni mahalliylashtirish Dasturi to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2015 yil 4 martdagi PF-4707-sonli “2015-2019 yillarda ishlab chiqarishni tarkibiy o‘zgartirish, modernizatsiya va diversifikatsiya qilishni ta'minlash chora-tadbirlari Dasturi” to‘g‘risidagi farmoni. www.lex.uz
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M. Mirziyoevning 2017 yil 22 dekabrdagi O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga murojaatnomasi.// www.uza.uz. O‘zbekiston Respublikasi milliy axborot agentligi rasmiy veb sayti.
Sh.Mirziyoev. Tanqidiy tahlil, qat'iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. T.: “O‘zbekiston”, 2017y.
Shavkat Mirziyoevning O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutqi// Xalq so‘zi,15.12.2016.
Shavkat Miromonovich Mirziyoevning Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi nutqi, 09.09.2016.
Shodmonov Sh., G‘ofurov U. Iqtisodiyot nazariyasi: Darslik.
T.: IQTISOD-MOLIYa, -648 b.
O`zbekiston Respublikasining Soliq kodeksi –Тоshkent. 2018 y
E.Gadoyev,N.Kuziyeva. “Jismoniy shaxslarni soliqqa tortish”. T. O’zbekiston 2012y.
Soliq va bojxona habarlari", moliyaviy – iqtisodiy gazeta 2018-2019 yil sonlari.
"O`zbekiston iqtisodiy axborotnomasi", ilmiy – amaliy iqtisodiy jurnal 2018-2019 yil sonlari.
"Iqtisodiyot va ta`lim", ilmiy jurnal 2018-2019 yil sonlari.
www.soliq.uz
www.lex.uz
www.norma
www.lex.uz
www.gov.
Do'stlaringiz bilan baham: |