Raqamli iqtisodiyot va axborot texnologiyalari



Download 154,4 Kb.
bet9/14
Sana19.12.2020
Hajmi154,4 Kb.
#53589
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
KURS ISHI 107 ISROILOV M

Keyingi rivojlanishlar

Vaqtlar o`tishi bilan quyidagi qo`shimcha konsepsiyalar qo`shilganiga qaramay, Adam Smit rivojlantirgan soliqqa tortishning 4 asosi hatto bugun ham soliq nazariyasining har qanday muhokamasining ahamiyatli qismida saqlab qolindi:



  • Neytrallik(xolislik). Ya’ni, soliq tizimining o`zi iqtisodiy faoliyat olib boriladigan yo`lda iloji boricha kamroq ta’sir etishi kerak. Bu ba’zan iqtisodiy samaradorlik va samardorlik tushunchasining keyingi rivojlanishi deb yuritiladi.

  • To`g`rilash/nazorat. Neytrallikka qarama-qarshi ravishda, ba’zi nazariyachilarning taklif etishicha, soliq tizimi munosabatlarga ta’sir etish uchun foydalanilishi kerak. Bu jamiyatda o`zini tutish borasida foydali bo`lishi mumkin, masalan chekishni rag`batlantirmaslik uchun tamaki mahsulotlariga katta soliq solish yoki ishchilarga mehnatni/soliq to`lovchilarga jamg`arma yoki pensiya ta’minotini rag`batlantirish uchun soliq cheklovlari yoki imtiyozlarini berish.

  • O`zgaruvchanlik. Boshqachasiga aytganda, iqtisodiy vaziyatlarda o`zgarishlarni uddalash uchun tizim ortiqcha qiyinchiliksiz o`zgartirilishga qodir bo`lishi.

  • Oddiylik. Tizim shug`ullanish va tushunish uchun nisbatan odddiy.

  • Adolatlilik. Kimga soliq solinganiga qarab tizimning adolatliligi bilinadi.

  • Javobgarlik. Hukumat javogar bo`lgan saylovchilar miqdori.

Mos keladigan munosabat. Bu chegaradan tashqaridagi qaysi xatti-harakat umuman olganda axloqiy jihatdan to`g`ri kelmasligini aniqaydi. Bu qonuniy deb topilgan jinoyat solig`idan farq qiladi.

Ushbu keyingi tushunchalarni yozib borish qiyin, chunki ular 1800-yillardan buyon soliq tizimining yuksak g`oyasi haqida kengroq fikrlash mahsulidir. Tarixchi Martin Danton “Yuksak ishonch: 1799-1914-yillarda Britaniyada soliqqa tortish siyosati” asarining 6-7-boblarida aytishicha, soliq g`oyalari haqidagi bahsda XX asrning boshlarigacha yuqorida keltirilgan tushunchalar boshlanmagan. Pil va Gladston davlat har qanday iqtisodiy foydani ma`qullamasligi hamda soliqlar chek va balanslarning ehtiyotkorona o`ylab topilgan tizimi bo`lishi kerak degan prinsipni yaratganiga qaramay, Alfred Marshal, Fransis Edjvors va Artur Pigu kabi nazariyachilar bunga ishonishgan (Danton, 2001, 177-b.).

So`nggi paytlarda yaxshi soliq siyosatining asosini tashkil qilgan g`oyalar muhokamalarning markazida bo`ldi va shu sababdan barcha mutafakkirlar ham yuqoridagilarni ma`qullashmaydi. Amerikaning Tasdiqlangan Xalq Hisobchilari Instituti (ATXHI) yaxshi soliq siyosati uchun yuqoridagilarning ba’zilarini o`z ichiga olgan 10 ta yo`lboshlovchi prinsiplarni taklif qiluvchi hujjatni ishlab chiqdi. “Yaxshi soliq siyosati bo`yicha” deb nomlangan Angliya va Uelsdagi Malakali Hisobchilar Instituti(AUMHI)ning Soliq Fakulteti tomonidan 1999 -yilning oktabrida nashr etilgan muzokara hujjati buning qo`shimcha isbotlarini beradi. Bu hujjat Buyuk Britaniyada soliq tizimi haligacha saqlanib qolgan muammolarini tahlil qiladi. Bu tizim “ancha chigal”, “umuman qoniqtirmaydigan”, “demokratik nazoratning yetishmasligi”dir (AUMHI, 1999, 3-b.). Soliq Fakulteti hujjatning qismi sifatida yaxshi soliq tizimining 10 nazariyasini taklif qildi, ya`ni soliqlar qonun nazoratida, aniq, oddiy va yig`ish, hisoblash, to`g`ri nishonga olish uchun oson, doimiy, to`g`ri maslahatga sababchi bo`lishi, muntazam qayta ko`riladigan, adolatli va xolis hamda raqobatbardosh bo`lishi kerak.

Richard Murfy “Soliqqa tortishishni boshqarish nizomi” asarida BMTning Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasiga asoslangan xatti-harakatning ixtiyoriy nizomini quyidagicha ishlashni nazarda tutadigan rivojlantirish orqali buni yanada yuqori darajaga ko`tardi:



  • Shaxsning huquq va burchlari, hukumatning majburiyat va ma’suliyatlari prinsipining umumiy qabul qilingan bayonoti.

Nizomning umumiy maqsadi “soliqdan qochish”ga global darajada e`tibor qaratish:

  • Prinsiplar Adam Smit tomonidan e’lon qilingan soliqqa tortish boshqaruvi kabi eskirgan iboralarni almashtirishga harakat qilishi kerak.

Murfyning fikricha, Smitning 4 prinsipi eskirgan, chunki:

  • davlat mahsulotlari ta’minoti hamda soliqni qo`llab-quvvatlovchi prinsipdan ko`ra soliq amaliyoti bilan aloqa bog`lashni hisobga olgan holda davlatning fuqarolari oldidagi majburiyatini tan olishi uchun muvaffaqiyatsizlikka uchrash.

Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasining soliq solishga hech qanday aloqasi bo`lmasa-da, u shunday deydi:

29-modda shuni nazarda tutadiki, fuqarolarning o`zlari yashayotgan jamiyatda ommaviy burchlari bor, qaysiki ularga yuklatilgan va qabul qilingan soliqlarni demokratik yo`l bilan to`lash majburiyatini o`z ichiga olishi bilan izohlanadi. Biroq, quyidagi soliqqa tortish prinsiplari Inson Huquqlari Umumjahon Deklaratsiyasi (qavs ichida berilgan moddalari) asosida kelib chiqqan bo`lishi mumkin:



  • davlatning o`z fuqarolarini himoya qilish majburiyati bor;

  • davlatning o`z fuqarolarni davlat mahsulotlari bilan ta’minlash majburiyati

bor.

  • davlat o`z fuqarolarini mudofaa yoki ta’minot borasida ajratishi mumkin

emas.

  • davlat tomonidan beriladigan ta’minot hajmi demokratik usulda saylangan hukumat tomonidan aniqlanadi .

  • davlatning xohishlarini aniqlash huquqlari boshqa davlat harakatlari bilan cheklanmasligi kerak.

  • davlatning soliq solish huquqi bor;

  • soliq to`lovi xususiy mulkka egalik huquqining muhimligini tan olishi kerak;

  • soliq to`lovi ixtiyoriy emas;

  • soliq solish qonunan amalga oshirilishi kerak;

  • davlatning barcha fuqarolari uchun bir xil soliq qonuni bo`lishi kerak;

  • har bir fuqaroning o`zi to`lshi kerak bo`lgan soliq majburiyati bor;

  • fuqaro har qanday soliq to`loviga qarshi murojaat qilish huquqiga ega;

  • davlat fuqarolarni faqatgina qonun tomonidan talab etilgan ma’lumotni bilishga majburlashi mumkin;

  • har bir fuqaro davlatni va uning himoyasini tashlab chiqish va uning ta’minotidan voz kechish huquqiga ega, lekin oilasini boqish uchun yordam berish majburiyati tugatilishi kerak.5

Bu prinsiplarning yaratilishi Adam Smit tushuntirgandan ko`ra uzoqroq bo`lgan.

Mamlakatda, umuman olganda, soliqlarning joriy qilinishining sabablari iqtisodiyotni rivojlantirish va davlat majburiyatlarini kamaytirishdir.

Odatda soliq nima o’zida nimalarni ifoda etishi borasidagi bilimlarni olish murakkab masala hisoblanadi. Boshqacha qilib aytganda bu fanni filga qiyoslash mumkinki, uni tasvirlab bergan taqdirda ham u haqida yetarli tasavvur hosil bo’lmaydi, magaramki bu filni o’z ko’zingiz bilan ko’rmaguningizgacha.



5 Jane Fracknall-Hughes. The Theory, Principles and Management of Taxation: An introduction, Routledge Taylor and Francis Group. 2015

Bugungi kungacha soliqlarning mohiyatini belgilab beruvchi turli xildagi urinishlar bo’lgan va quyida biz tomonimizdan ularning ayrimlarini keltirib o’tamiz va shu o’rinda eslatib o’tish joizki, ushbu ta’riflar yakuniy ta’riflar emas.


  • Soliq bu - davlatni qo’llab-quvvatlash uchun aholidan, mol-mulklardan va tovar aylanmasidan olinadigan majburiy to’lov.



Download 154,4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish