Kurs ishining obyekti. Mamlakatimizda raqamli texnologiyalardan keng foydalanish va Raqamli biznes modellar yaratish
Kurs ishining nazariy va uslubiy asoslari Bu borada amaliy ishlanmalar va rivojlanishi uchun bir qancha qaror va qonunlar ishlab chiqish ko’zda tutiladi.
1. Raqamli texnologiyalar Raqamli iqtisodiyotning asosi
XX asrning oxirida internet tarmog`i jamiyat hayotining turli sohalariga kirib kelishi bilan “Elektron hukumat”, “Elektron savdo”, “Raqamli Iqtisodiyot”, “Raqamli biznes” kabi atamalar paydo bo`ldi. So`ngi davrda “Raqamli Iqtisodiyot” atamasi juda ham ko`p qo`llanilmoqda va ushbu atama iqtisodiyotga yangi, zamonaviy texnologiyalarni olib kirishi kutilmoqda, ammo bu yangi atama kechagina dunyo yuzini ko`rgan emas.Ayniqsa “Covid-19” pandemiyasi davrida Raqamli iqtisodiyot ancha rivojlandi
“Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilk bor 1995 yilda Massachusets universitetida faoliyat olib borgan amerikalik informatik olim, Nikolas Negroponte tomonidan o`z hamkasblariga zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalariga asoslangan iqtisodiyotning eski iqtisodiyotdan ustunligiga bag`ishlangan ma`ruzasida tilga olingan.
Raqamli iqtisodiyot nazariyasi o‘z rivojlanishining boshlang‘ich davridadir, chunki sivilizatsiyaning raqamli axborot bosqichiga o‘tishi bir necha o‘n yil avvalgina boshlangan. “Raqamli iqtisodiyot” atamasi ilmiy amaliyotga ispaniyalik va amerikalik sotsiolog, axborotlashgan jamiyatning yetakchi tadqiqotchisi Manuel Kastels tomonidan kiritilgan. Bu borada u o‘zining “Axborot davri: iqtisod, jamiyat va madaniyat” nomli uch jildli monografiyasini chop etgan. Hozirgi vaqtga kelib, raqamli iqtisodiyot nazariyasi to‘laligicha hali shakllanmagan va ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan keng miqyosda o‘rganilmoqda.Ilmiy adabiyotlarda hozirgi zamon “Yangi raqamli iqtisodiyoti” turli xil atamalar bilan nomlanadi. Masalan,
“Postindustrial iqtisodiyot” - D.Bell,
“Axborotlashgan iqtisodiyot” - O.Toffler
“megaiqtisodiyot” - V.Kuvaldin
“axborot va aloqaga asoslangan iqtisodiyot” - I.Niniluto
“texnoiqtisodiyot yoki raqamli iqtisodiyot” - B.Geyts
“bilimlarga asoslangan iqtisodiyot” - D.Tapskott
Hozirgi kunga qadar “Raqamli Iqtisodiyot”ga turli adabiyotlarda turlicha ta`rif berib kelinmoqda. Ya`ni uning aniq va mukammal ta`rif vujudga kelmagan.Ammo ko`plab manbaalardan foydalangan holda shunday ta`riflash mumkin:
Raqamli iqtisodiyot bu – axborot, jumladan, shaxsiy axborotdan foydalanish hisobiga barcha qatnashchilarning ehtiyojlarini maksimal darajada qondirish uning o‘ziga xos xususiyati bo‘lgan iqtisodiyotdir. Bu axborot kommunikatsiya va moliya texnologiyalarining rivojlanganligi, shuningdek, birgalikda gibrid dunyoda barcha iqtisodiy faoliyat sub’ektlari – tovarlar va xizmatlar yaratish, taqsimlash, ayirboshlash va iste’mol qilish jarayoni ob’ektlari va sub’ektlarining to‘laqonli o‘zaro aloqa qilish imkoniyatini ta’minlaydigan infratuzilma ochiqligi tufayli mavjud bo‘lishi mumkin.. Raqamli iqtisodiyotda raqamli ko`rinishdagi ma`lumotlar barcha ijtimoiy-iqtisodiy sohalardagi ishlab chiqarishning asosiy elementi hisoblanadi va bunday iqtisodiyot tizimiga bosqichma-bosqich o`tish mamlakatimizning global miqyosdagi raqobatbardoshliligi oshirib, fuqarolarning hayot sifatini yanada oshiradi, yangi ish joylarini yaratadi, jadal iqtisodiy o`sishga imkon yaratadi va milliy mustaqillikni ham ta`minlab beradi.
1-jadval
Do'stlaringiz bilan baham: |