Mavzu: “Resource-based view” metodi asosida biznes modellar yaratish
Kirish
I Bob. Raqobat biznes modellari va rivojlanishi
1.1. Raqobat biznes modellari. Biznes modelining tavsifi
1.2. Biznes modellarining rivojlanishi
II Bob. . Resource-based view” metodining ahamiyati va bu metid orqali biznes modellar yaratish
2.1. Resource-based view” metodining ahamiyati
2.2. “Resource-based view” metodi asosida biznes modellar yaratish
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati
Kirish
Hozirgi zamonda ko’pchilik yangi bozorlarning hosil bo’lishini, biznesmodellarning transformatsiyasini va yangi mahsulot hamda xizmatlar yaratilishini ko’rib va kuzatib turibdi. Zamonaviy raqamli iqtisodiyotning eng asosiy ko’rsatgichlariga ishlab chiqarishning yangi turlariga (peer-to-peer production), ommaviy hamkorlik (mass coollaboration), intellektual mulkka ommaviy egalik (public property), taqsimlangan iste’mol modellar (sharing economy) ochiq mejnat bozori (free lancing) kabilar kiradi. Onlien retailing Europe ma’lumotlariga ko’ra hozirgi davrda rivojlangan mamlakatlarda chakana savdoning umumiy hajmida elektron tijoratning ulushi o‘rtacha 9,7% ni tashkil qiladi va bu ulush yil sayin ortib bormoqda (Euromonitor, BCG tahlil ma’lumotlari).
YMD ning 2,2% ni tashkil qiladi, internetga bog‘liq bozorlar esa YMD ning 16% ni tashkil qiladi (Rossiyadagi internet servislar va kontentlar iqtisodi, RAEK, NIU BSHE, Ekonomika Runeta RF, c.5) va bu bozorlar salmog’i yil sayin o’rtib
bormoqda. Bunga sabablar orasida to’rtinchi sanoat inqilobini, 4.0 Industriya
texnologiyalarini, ommaviy robotizatsiyani, virtual va qo’shimcha reallik
texnologik platformalarini, 3D-printerlar kabilarni ko’rsatishimiz mumkin. 4.0
Industriya atamasi 2011 yilda Gannover yarmarkasida paydo bo’ldi va u qiymat
hosil qilinishining global zanjiridagi tub o’zgarishlarni aniqlab bergan edi. Bunday
industriya ishlab chiqarish jarayonlarida hosil bo’layotgan munosabatlarning
majmui bo’lib, raqamli texnologiyalarning biznesning va mamlakatning
raqobatbardoshligini oshirishga yo’naltirilishi bilan bog’liqdir. O’zbekitonda 4.0
Industriya atamasi iqtisodiyot va ishlab chiqarish bilan bog’liq barcha
tarmoqlarning raqamli transformatsiyasini anglatadi deyishimiz ham mumkin.
Agarda bu atamani tizimlar nazaruyasi tilida ifodalasak, uni quyis=dagicha
ta’riflash mumkin: 4.0 Industriyaishlab chiqarish zanjirlaridan tashkil qilingan
tizim bo’lib, uning ajralmas tarkibiy qismi sifatida online texnologiyalar (insonlar,
mashinalar, bulutlar va data-markazlar) vositasida yaratilgan tizim elementlari
orasida raqamli ko’rinishdagi ma’lumotlar almashinish amalga oshiriladi. Ushbu
industriyadagi innovatsion texnologiyalarga big data, mobil texnologiyalar, sun’iy
intellekt, neyron texnologiyalari, kvant texnologiyalari, taqsimlangan reestr
texnologiyalari, ishlab chiqarish interneti (IioT), buyumlar interneti (IoT),
robototexnika va sensorika, virtual va qo’shimcha voqe’lik (VR va AR) larni
kiritishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |