Blockchain texnologiyasidan foydalanish mumkin:
moliyaviy operatsiyalarni pul bilan amalga oshirishda;
shartnomalar va bitimlar tuzishda;
turli xil tijorat operatsiyalari jarayonida;
tovar va xizmatlarni sotib olishda;
maxfiy ma'lumot almashish paytida;
sug'urta polisini ro'yxatdan o'tkazish uchun;
mulk huquqlarini himoya qilish, shuningdek ularni yangi egasiga o'tkazish;
shaxsiy ma'lumotlarni boshqarish;
intellektual mulk xavfsizligini ta'minlash;
hujjatlar arxivlarini yaratishda yordam berish.
Gap shundaki, blokcheyn texnologiyasi maxsus Bitkoin uchun ishlab chiqilgan va ma’lum vaqt davomida boshqa hech qayerda qo‘llanilmagan, hozir esa holat bunday emas. Blokcheyn texnologiyasi asosida bitkoin kriptovalyutasi ixtiro qilingan va uni emissiya qilish boshlangan. Blokcheyndan pul nominali nuqtai nazaridan emas, balki davlat reyestrlari yuritish sohasida foydalanish umuman boshqa gap. Davlat sektorida blokli zanjirlar bilan amalga oshiriladigan tajribalar butun dunyo bo‘ylab tarqalib bormoqda. AQShda sog‘liqni saqlash tizimi va boshqa bir qator tarmoqlarda, Shvetsiyada mulk huquqini ro‘yxatdan o‘tkazishda, Buyuk Britaniyada pensiya ta’minoti sohasida ham aynan shu yo‘lni, ya’ni blokcheyndan foydalanishni tanlagan. Bunday loyihalarda davlatning risklari kriptovalyutalar yaratish bilan taqqoslaganda, ancha pastroq darajada bo‘ladi. Shu bilan birga, ulardan olinadigan ijtimoiy samara, raqamli va oddiy iqtisodiyotga qo‘shiladigan hissa yuqori bo‘ladi. Masalan, hisob-kitoblarga ko‘ra, faqat AQShning o‘zida mulk huqiqini ro‘yxatdan o‘tkazish sohasida blokcheyn joriy qilish yiliga 2-4 mlrd dollar tejashga imkon bergan bo‘lardi. Quyida blokcheyn texnologiyasining boshqalaridan ajralib turadigan asosiy xusuyatlarini ko‘rsatib o‘tamiz:
ma’lumotlar ko‘p marta takrorlangan bo‘lib, barcha qatnashchilar tomonidan yaratilgan va qo‘llab-quvvatlanadigan taqsimlangan tarmoqda saqlanadi, bu esa uni buzishni yoki o‘zgartirishni amalga oshirishni imkonsiz qilib qo‘yadi;
har bir qayd etilgan axborot o‘z tarixiga ega bo‘lib, bu axborotning kelib chiqishi va uning haqiqiyligini tekshirish imkonini beradi;
ma’lumotlar to‘plamini tuzish xususiyatlari uni xakerlar hujumlariga yoki g‘ayri qonuniy harakatlarga nisbatan chidamli qilib qo‘yadi.
Blokcheyn texnologiyasining mazkur xususiyatlari kriptovalyutalarning asosiy xususiyati – ishonchlilikni ta’minlab beradi, ya’ni:
1. Qalbakilashtirish imkonsizligi.
2. O‘g‘irlash imkonsizligi.
3. Umumiy emissiya markazi yo‘qligi.
4. Ochiq dasturiy kod mavjudligi.
5. Tashqi tartibga solish yo‘qligi (dasturiy kodga kiritilganidan tashqari).
6. Transchegaraviylik mavjudligi.
Do'stlaringiz bilan baham: |