ITT) bo‘lgan «Intellektual transport fazasi №1» loyihasini misol sifatida keltirish mumkin. ITTni tatbiq etish natijasida bir yil davomida tezlik oshirilishi bilan bog‘liq jiddiy yo‘l transport hodisalari soni 50%ga kamaydi. Shuningdek, tizim aholi ta’minoti sohasidagi ko‘pgina muammolarni hal etishda ko‘makdoshga aylandi. Bu esa, insonlarning o‘zlariga bo‘lgan ishonchini orttirdi va hukumatga bo‘lgan fikrlarini ijobiy tomon o‘zgartirishga sabab bo‘ldi. Intellektual idrok katta hajmlarga erishayotgan olamda mamlakatimiz olimlariko‘pdan beri raqamli iqtisodiyot infratuzilmasi rivoji uchun maqbul muhit yaratishga harakat qilib keladilar.
Bunday muhit biz band bo‘lgan jarayonlar va bizga daxldor bo‘lgan hamkorlar tomonidan taqdim etiluvchi ishonchli kontent o‘sishini ta’minlashning yanada «raqamlashtirilgan», avtomatlashtirilgan va aniqroq bo‘lishiga yordam berishi mumkin. Bu bizlarning ko‘proq suhbatlashishimiz va ertangi kunimizning aqlli hayotini tezroq qurish uchun kelajakdagi texnologiyalar izlab topishdek buyuk ishlar g‘oyasiga asoslanib hamkorlik qilishimiz kerakligini anglatadi. Bu holda oldimizdagi barcha hurmatga sazovor kompaniyalar, universitetlar va ilmiy tadqiqot institutlari bizning hamkorlarimizga aylanadilar.
Iqtisodiyotning raqamli segmenti mamlakat iqtisodiyoti va jamiyatda ro‘y bergan sifat o‘zgarishlari tufayli dolzarb ahamiyatga ega bo‘ladi. Yangi raqamli texnologiyalar va platformalar jismoniy shaxslar va korxonalar menejmentiga tobora katta ko‘lamda o‘zaro aloqalarda transaksiya harajatlarini qisqartirish hamda davlat tuzilmalari va xo‘jalik yurituvchi subyektlar bilan yaqin aloqalarni amalga oshirishga imkon beradi. Bularning natijasida tarmoq servislariga asoslangan raqamli yoki elektron iqtisodiyot shakllanadi.
Raqamlashtirish tushunchasining o‘zi buyumlar internetidan tortib, elektron hukumat texnologiyalarigacha bo‘lgan zamonaviy axborot texnologiyalarini «yoppasiga» qo‘llash asosida tovar va xizmatlar ishlab chiqarishni boshqarish va ishlab chiqarishning o‘zini takomillashtirishning yangi bosqichidan dalolat beradi. Iqtisodiyotning raqamli segmentini kengaytirishning asosiy sababi, transaksiya sektorining o‘sishi hisoblanadi, va u rivojlangan mamlakatlarda milliy YIMning 70 % dan ortig‘ini tashkil qiladi.
Texnologik jihatdan, raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratning rivojlanishini to‘rtta asosiy trend belgilab beradi: bular, mobil texnologiyalar, biznes-modellar, bulutli texnologiyalar va ijtimoiy media vositalari. Bu esa o‘z navbatida shuni anglatadiki, milliy segmentni shakllantirishda ularning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish muhim ahamiyat kasb etadi.
Shu bilan bir vaqtda, milliy raqamli iqtisodiyot va elektron tijoratga ichki va tashqi investitsiyalarni samarali jalb etish va undan dividendlar olish uchun qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, salmoqli inson kapitalini tayyorlash, boshqaruv jarayonini ham rivojlantirish zarurdir. Bularning barchasi iqtisodiy o‘sishning poydevori hisoblanadi va xuddi shu sababli, ularni rivojlantirish chora-tadbirlari majmuini aniqlash lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |