Rangli va qora


 Shixtani eritishga tayyorlash



Download 10,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet59/168
Sana01.07.2022
Hajmi10,3 Mb.
#725825
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168
Bog'liq
rangli va qora metallarni ishlab chiqarish

 
4.6.2. Shixtani eritishga tayyorlash 
 
Shixtani eritishga tayyorlashga flyusni maydalab yanchish, shixta tayyorlash 
va uni quritish kiradi. 
KMP shixtasiga yallig’ pechga nisbatdan qattiqroq talablar qo’yiladi. 
Bunday talablarni qo’yish KMP eritish jarayonining texnologiyasi va xaroratni 
boshqarish qiyinchiliklari bilan bog’liqdir. Dunyoda taniqli shixta tayyorlashdan 
eng yaxshi sistemalardan biri - bu beding - sistema. shixta komponentlari qatlam-
qatlam shaklda bir-biri ustiga yuklanadi va vertikal kesimda konveyerga ortiladi. 
Bunda shixta moddalari yaxshi aralashtiriladi. 
Beding - sistema yaponiya zavodlarida keng qo’llaniladi. Masalan, "Xitachi" 
zavodida 8 xil maxalliy boyitma, 10 xil xorijiy boyitma, 4 xil xorijiy tsementli mis 
ishlatiladi. Materiallarda misning miqdori 2 % dan 37 % gacha o’zgaradi. Shu 
moddalardan beding-sistema tarkibi deyarli o’zgarmaydigan shixtani olishga 
imkon beradi. Masalan, shixtada misni o’zgarishini hisoblaganda nisbatdan 0,49 
%, temir bo’yicha 0,56 % va oltingugurt bo’yicha 0,68 % farq qiladi. Moddalarni 
taqsimlanishini har kuni EXM yordamida hisoblanadi. Shixtaning hajmi uch kun 
ishlashga mo’ljallangan.
Olmaliq kombinatida xo’l shixta tayyorlash sistemasi qo’llaniladi. Bu 
sistema bo’yicha yanchilgan flyus bo’tanasi bilan boyitma bo’tanasi aralashtiriladi.
 
4.6.3. Shixtani quritish
KMP eritish jarayonini amalga oshirilishining qat’iy sharti - shixtani o’ta 
quritilishidir. Quritilgandan keyin shixtani namligi 0,1 - 0,15 % dan oshmasligi 
kerak. Undan namroq shixta yirikroq bo’lib, KMP eritish jarayoni printsipiga javob 
bermaydi, chunki shixta tarkibidagi moddalar pechni ichida bir - necha soniya 
davomida muallaq holatda bo’lishi kerak. Muallaq holatidagi zarrachaning butun 
sirti bo’yicha oksidlanish reaktsiyasi o’tib, KMP eritish jarayoni amalga oshiriladi. 


79 
Shixtani o’ta quritish uchun doira shakldagi pech yoki vertikal joylashgan quritish 
trubalar qo’llaniladi (4.10- rasm). 
Olmaliq mis zavodida vertikal quritish trubalari qo’llaniladi. Hammasi 
bo’lib 2 truba o’rnatilgan. Quritish jarayoni ishlash printsipi quyidagiday: trubani 
past tomonidan katta tezlik bilan issiq gaz yuboriladi (30 - 40 m/s). Issiq gazning 
oqimiga nam (7-8 % H
2
O) bo’lgan shixta yuklanadi. Shixta moddalari uchib turgan 
holatda quritiladi, namsizlangan kukun esa trubani yuqori qismiga uchib chang 
ilish sistemalariga yuboriladi. 
Quritish trubalari mahsus pechlarda yoqiladigan tabiiy gaz bilan isitiladi. 
Haroratni boshqarish uchun mahsus pechga ikkilamchi sovuq havo beriladi. 
Moddalarning bir soatli sarfi: tabiiy gaz 600 - 800 m
3
, birlamchi (gaz yoqish 
uchun) havo 6000 - 8000 m
3
. Birlamchi va ikkilamchi xavolarning nisbatligi 
sharoitlarga qarab 1:1 dan 1:1,3 gacha o’zgaradi. Truba bo’yicha gazning harorati: 
trubaga kirish qismida 300 - 450 
0
C. Moddani trubada bo’lish davri 1,3 soniyadan 
oshmaydi. Jarayon kat’iyan boshqarilishi kerak va ishlash tizimi o’zgarmasdan 
saqlanishi kerak. Masalan, modda kamroq kelib qolsa, trubani xarorati oshib ketadi 
va sulfidlar alanga oladi. Agarda shixta ko’prok yuklansa xarorat pasayib ketadi 
va modda tula qurimaydi. Nazoratga muxtoj bo’lgan nuqtalar: nam shixtani sarfi
issiq gazning xarorati, trubadagi xaroratlar, birlamchi va ikkilamchi xavolarning 
nisbatligi. Bunday nazoratni avtomatik tizimi boshqarish kerak. 
Quritish trubalari bir soatda 60 - 80 t shixtani quritishga doir, quritilgan 
moddani namligi 0 - 1 % tashkil qiladi. Shartli yoqilgini nisbatiy sarfi 20 - 22 kg/t 
yoki 280 - 320 kg/t namlikga. Trubalarni oqilona ishlash shartlaridan biri bir tekis 
moddalarni yuklash va atmosfera xavosini ortiqcha pechga kirishidir. 
Trubani ishlashini takomillashtirish uchun gazni qaytadan, ikkilamchi 
havoni o’rniga, pechga qaytarishdir. Bu tadbir yoqilgini sarfini kamaytirishga 
yordam beradi. 

Download 10,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   168




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish