Po’latlarni inert gazlar yordamida tozalash.
Qolipdagi suyuq metalldan
birorta inert gaz, masalan argon gazi u qadar katta bo’lmagan bosim ostida
o’tkaziladi. Natijada metall yaxshi aralashib gaz va metallmas qo’shimchalardan
tozalanadi.
Po’latlarni sintetik shlak bilan tozalash.
Metallni kovshga chiqargunga
qadar unga metall massasining 3 – 5% miqdorida 700ºC li shlak (55% CaO, 40%
Al
2
O
3
, va oz miqdorda SiO
2
, MnO, FeO) quyiladi. So’ngra uning ustiga pechdan
po’lat quyiladi. Bunda po’lat shlak bilan tez aralashib kontakt yuzalar ortib shiddat
bilan boruvchi reaksiyalar hisobiga gaz va metallmas qo’shimchalardan deyarli (50
– 70%) tozalanadi.
Yuqori sifatli po’latlar olish
Po’latlar sifatiga talabning tobora ortib borishi sababli ulardan an’anaviy
usullarda olingan po’lat sterjenlarni vakuum sharoitida turli pechlarda qayta eritib
sifat ko’rsatkichlari oshiriladi. Bu usullarning ba’zilari bilan tanishib chiqamiz.
Po’latlarni elektr – shlak usulida olish (3.6 - rasm). Bu usul E. O. Paton
nomli metallarni elektr payvandlash institute kollektivi tomonidan 1960 yilda
yaratilgan bo’lib, bunda an’anaviy usullarda olingan po’lat sterjenlar shlak
qatlamida erib metall kristalizator (qolip) ga o’tishida gaz va metallmas
qo’shimchalardan tozalanadi. Sxemadan ko’rinadiki, bu qurilmaning suv bilan
sovitib turiladigan kristallizatori 1 ga metall taglik 7 o’rnatilgan. Unga qayta
eritiluvchi po’lat sterjenlar (elektrod) 3 tushirilib elektr yoy hosil qilinishi bilan
flyus (CaF
2
, Al
2
O
3
, CaO va boshqalar) kiritiladi. Yoy issiqligi hisobiga flyus erib,
43
shlak ajrala boshlaydi. Ajralayotgan shlak ma’lum miqdorga yetgach yoy o’chadi.
To’kning shlak qatlamidan o’tishi hisobiga shlak qizib elektrod sterjenlarni erita
boshlaydi.
Shlak orqali kristallizatorga o’tayotgan metall tomchilari gaz va metall mas
qo’shimchalardan deyarli tozalanadi. Suv bilan jadal sovitib turiladigan
kristallizatorda yig’ilayotgan metall pasdan yuqoriga qarab kristallanib boradi,
natijada mayday donali zich, juda yuqori sifatli quymalar olinadi. Bunday
quymalarning massasi 10 – 12 t bo’lib, ko’ndalang kesimi kvadrat, to’g’ri
to’rtburchakli bo’lishi mumkin. Jarayonning oxirida taglik tushirilib undan quyma
ajratib olinadi.
3.6 – rasm. Elektr – shlak pech sxemasi:
1
– kristallizator;
2
– suyultirilayotgan metall;
3
– elektrodlar;
4
– roliklar;
5
–
dozator;
6
– shlak;
7
– metall taglik;
8
– quyma.
Suv
Suv
44
Do'stlaringiz bilan baham: |