40
3.10.2. Qo’shimchalarni qisman oksidlab va oksidlamasdan
po’lat ishlab chiqarish
Agar shihta tarkibida qo’shimchalar miqdori yo’l qo’yilgan darajadan ortiq
bo’lmasa, qisman oksidlash usuli qo’llaniladi. Qisman oksidlashda shihta
materiallar suyuqlanib Si, P, Mn, C lar oksidlanishi bilanoq shlak ajrala boshlaydi,
so’ngra metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchilar yordamida qaytariladi.
Tajriba shuni ko’rsatadiki, uglerodli po’latlar olishda ajralgan shlak pechdan
chiqarilganda metalldagi fosforning miqdori 50% gacha kamayadi.
Qo’shimchalarni oksidlamasdan turib po’lat olishda faqat metall
chiqindilarigina eritiladi. Ba’zan qayta ishlanadigan materiallardagi C, N, va H
2
larning miqdorini kamaytirish maqsadida vannaga bir necha minut kislorod
haydaladi.
Kislotali elektr yoy pechlarda po’lat ishlab chiqarishning xususiyatlari
Kislotali elektr yoy pechlardan yuqori sifatli konstruksion va legirlangan
po’latlar ishlab chiqarishda foydalaniladi. Bu pechlarning devorlari kislotali o’tga
chidamli materialdan ishlanganligi sababli jarayonda flyus sifatida qum va kislotali
shlaklardan foydalaniladi.
Shixta materiallar tarkibida S va P ning miqdori 0,03% dan kam bo’lishi
kerak.
Yuqorida ko’rilganidek, shixta materiallarning suyuqlanishida undagi Fe, Si,
Mn lar pech muhitining kislorodi hisobiga oksidlanib metall oksidlari qumtuproq
bilan birikib shlak ajrala boshlaydi. Bu shlakda 40 – 60% SiO
2
, 20 – 25% FeO, 200
– 25% MnO, bo’lib rangi qoramtir bo’ladi. Jarayonni tezlatish maqsadida pechga
ma’lum miqdorda temir rudasi kiritiladi yoki kislorod haydaladi. Bunda vannada
erigan FeO kislorodi uglerodni shiddatli oksidlay boshlaydi:
C + FeO = CO + Fe – Q.
Ajralayotgan is gazi CO metallni aralashtirib, uni gaz va metallmas
materiallardan tozalay boshlaydi. Uglerod miqdori kutilgan tarkibga kelgach,
dastlabki shlak chiqarilib, pechga ma’lum miqdorda shlak ajratuvchi aralashma
(80% kvarts qumi, 10% maydalangan hamot va 10% so’ndirilgan ohak) kiritiladi.
Keyin esa metalldagi FeO dan Fe qaytaruvchi moddalar vositasida qaytariladi.
Ko’pincha shlakdagi SiO
2
dan Si ni qaytarish maqsadida unga ma’lum
miqdorda pista ko’mir kukuni kiritiladi. Bunda SiO
2
dan qaytarilgan Si qo’shimcha
ravishda FeO dan Fe ning qaytarilishini ta’minlaydi. Bu po’latlar tarkibida
oltingugurt va fosfor miqdorining ozligi FeO dan Fe ning to’laroq qaytarilganligi
va unda gazlar va metallmas qo’shimchalarning kamligi tufayli, ularning sifati
asosli elektr pechlarda olingan po’latlarga qaraganda yuqori bo’ladi.
Do'stlaringiz bilan baham: