Po’latlarni vakuumli elektr pechlarda olish.
Bu usulda qayta
suyuqlantiriladigan po’lat elektrod sterjenlar 5 odatdagi elektr pechlarda avval
suyuqlantirilgan, kimyoviy tarkibi esa suyuqlantiriladigan metall tarkibiga yaqin
po’lat zagtovka bo’lib, qayta suyuqlantirishda u tarkibidagi qo’shimchalardan
tozalanadi.
Elektrod tutqich 2 ga o’rnatilib, suv bilan sovutilib turuvchi krisstallizatorga
tushiriladi. Keyin kristallizatordan havo 0,00133 kPa bosimgacha so’rib olinib,
elektrod va metall taglik o’zgarmas tok zanjiriga ulanadi. Bunda elektrod sterjen
katod, metall taglik anod vazifasini bajarib ular orasida elektr yoy hosil bo’ladi.
Yoy issiqligi ta’sirida elektrodning uchi erib, tomchilar yoy razryadi zonasidan o’ta
borib,
gazlardan
va
metallmas
qo’shimchalardan
tozalanadi. So’ngra
kristallizatorga o’tib u yerda kristallanib tekis tarkibli juda yuqori sifatli, zich
quyma 7 olinadi. Bunday qiymalarning massasi 50 t ga yetadi. Odatda 1 t bunday
po’lat quyma olish uchun 400 – 500 kVt – soat elektr energiyasi sarflanadi. Bu
usullardan tashqari po’latlarni elektron nur plazmali yoy pechlarda ham qayta
suyuqlantiriladi.
3.13. KUYDIRISH PECHLARI XAQIDA TUSHUNCHA
Metallurgiyada eritishga uzatilayotgan ruda, boyitma (konsentrat) va shixta
tarkibini tashkil etuvchi flyuslarni namligini kamaytirish maksadida uni 110-120
0
S
haroratda maxsus pechlarda kuritiladi. Bu maqsadda metallurgik zavodlarda truba
aylanmali pechlar keng qo’llaniladi (3.1-rasm). Pechning asosi metalldan
tayyorlangan silindr shaklida bo’lib uzunligi 30 m gacha va diametri 1,5-2 m etadi.
Pech gorizontga nisbatan 1-2
0
burchak ostida o’rnatiladi va uning aylanish tezligi
3-5 ayl/min tashkil etadi. Bu o’z navbatida pechdagi quriyotgan materialni pech
uzunligi bo’lib xarakatlanishini ta’minlaydi.
Pechning ichki kismi uning aylanasi buyicha 300 mm gacha issiqlikni
o’tkazmaydigan asbest va issiqlikka chidamli konusli g’ishtlar bilan qoplangan.
Pechdagi materialni aralashtirish maqsadida pechning ishchi qismining parametri
buylab lapaklar mahkamlangan. Pechni isitish uchun qizigan yoqilg’i gazidan yoki
tabiiy gazni va mazutni yoqish xisobiga amalga oshiriladi. Metallargiyada truba
aylanmali pechlar dastlabki xom-ashyoni kuydirish va oraliq maxsulotlarini qayta
ishlashda ham qo’llaniladi.
Metallurgiyada qayta ishlanayotgan xomashyoga qo’yiladigan texnologik
talablarga asosan oksidlovchi, sulfidlovchi va xlorlovchi kuydirishlar mavjud. Bu
jarayonlarni amalga oshirishda metallurgik zavodlarda ko’p tubli va qaynar
qatlamli pechlar xamda aglomerasion mashinalardan foydalaniladi. Qaysi bir
turdagi kuydirish dastgoxini tanlash, xom ashyoning turiga, moddiy tarkibiga,
olinadigan tayyor mahsulotning keyingi qayta ishlash jarayonidagi kerakli
xususiyatlariga, dastgohning kam energiya sarf qilishiga va ishlab chiqarish
unumdorligiga asoslangan.
Do'stlaringiz bilan baham: |